11.06.2009 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.06.2009 yildagi 160-son
Date of entry into force
11.06.2009
Hujjat 13.09.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIDA NAZARDA TUTILGAN MAʼLUMOTLARNI EʼLON QILISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining “Birja” va/yoki “Soliq info” gazetalarini (keyingi oʻrinlarda rasmiy nashrlar deb ataladi) “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar deb ataladi) eʼlon qilinadigan rasmiy nashrlar etib belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-sentabrdagi 202-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 322-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, rasmiy nashr:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida kamida 5000 nusxada tarqatiladi va bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning har haftada eʼlon qilinishini taʼminlaydi. Bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matnlari davlat tilida eʼlon qilinadi va boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular manfaatdor shaxslardan olingandan va eʼlon qilinganlik haqi toʻliq hajmda toʻlangandan keyin oʻn kun mobaynida eʼlon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning gazetaning Internetdagi saytida qoʻshimcha haq undirilmasdan joylashtirilishini, shuningdek saytda joylashtirilgan maʼlumotlardan bepul foydalanilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻz vaqtida qabul qilib olinishini hamda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish boʻyicha rasmiy nashr xizmatlari uchun toʻlovlarni, shu jumladan elektron toʻlovlar tizimi orqali taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy nashrda eʼlon qilish qiymati, shriftning yirikligi kamida 7 punkt va interlinyaji kamida 8 punkt boʻlgan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda bir kvadrat santimetr uchun eng kam oylik ish haqining 1,0 foizidan oshishi mumkin emas;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 11-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 274-modda; 2010-y., 37-son, 322-modda; 2011-y., 50-son, 518-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)