Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2025 05.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1963
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi, 05.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1963
Date of entry into force
02.09.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2025
Hujjat 09.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARINING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-4, 25.03.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 469-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 2009-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 1996-yil 26-apreldagi 106-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom (1996-yil 2-may, roʻyxat raqami 242) mazkur buyruq kuchga kirgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 22-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160-son

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartiga muvofiq oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy taʼlim muassasasidagi har bir taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruvchining bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari oʻz faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

5. Yakuniy davlat attestatsiyasi taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) oʻquv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi bir yoki bir necha attestatsiya sinovlaridan iborat:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim fan boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ayrim fan boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning muvofiq davlat taʼlim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi ayrim fanlar mazmuniga qoʻyiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha davlat taʼlim standartida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yakuniy davlat attestatsiyasiga albatta bitiruv malakaviy ishning (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi kiritiladi. Ayrim yoʻnalishlar uchun bu tartibga istisno kiritish faqat Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda oʻtkaziladi. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan, turdosh yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari yetakchi professor-oʻqituvchilarini jalb etgan holda, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni baholash tartiblari ishlab chiqiladi va tayanch oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli oliy taʼlim muassasalariga belgilangan tartibda yetkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar oliy taʼlim muassasalari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy taʼlim muassasasining idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, ushbu taʼlim muassasasida ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning yetakchi mutaxassislaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir kishi ketma-ket bir oliy taʼlim muassasasida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oliy taʼlim muassasasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan raislar rahbarligida taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi bilan ayrim fanlar boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlari, taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovlari va bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasini oʻtkazish boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 50 foizigacha), shuningdek mazkur soha kadrlarining isteʼmolchilari boʻlgan korxona, tashkilot va muassasalarning yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli soha olimlaridan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yakuniy attestatsiya sinovlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda attestatsiya sinovlarining biri boʻyicha bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining davlat attestatsiyasidan oʻtmagan yoʻnalish va mutaxassisliklari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi Davlat test markazi vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy taʼlim muassasasi rektori shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va aʼzolarining vazifalari, bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talablar, tartib-intizom toʻgʻrisida seminar-kengash oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki ogʻzaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashi qarori asosida taʼlim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy ilgari talabalar eʼtiboriga yetkaziladi. Talabalar dasturlar bilan taʼminlanadilar, ularga tayyorgarlik koʻrish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar qoʻyiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari tegishli taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishlari majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida ularga taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha bakalavr (magistr) darajasi berish haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, majlisda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan attestatsiya sinovlarining barcha turlaridan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga muvofiq daraja va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining har biri boʻyicha kamida 86 ball oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan (attestatsiya sinovlari turlarining biri boʻyicha) oʻta olmagan shaxs oʻqish muddati tugagandan soʻng, uch yil ichida arizasiga muvofiq tegishli sinovni (oʻta olmagan attestatsiya sinovlarining har bir turi boʻyicha bir marta) qayta topshirish huquqiga ega. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini qayta topshirishga qoʻyish boʻyicha buyruq chiqarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatli harbiy xizmatda boʻlgan vaqt, uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan taʼtil vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan ikkinchi marta ham oʻta olmagan yoki uch yil ichida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilmagan shaxsga sinovlarni qayta topshirish uchun ruxsat berish masalasi uning arizasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan hal etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan (yoki attestatsiya sinovlari turlaridan biri boʻyicha) qayta oʻta olmagan talabaga akademik maʼlumotnoma beriladi va u oʻrnatilgan tartibda, toʻlov-kontrakt asosida tegishli kursga oʻqish uchun qayta tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ayrim fan (yoki fanlararo sinovlar) boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidagi qoniqarsiz koʻrsatkich (55 balldan kam) talabani boshqa fanlar (yoki fanlararo sinovlar) boʻyicha attestatsiya sinovlaridan oʻtish huquqidan mahrum etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar rektorning buyrugʻi bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun rektor buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Apellyatsiya komissiyasi oʻz xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida maʼlum qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi boʻyicha yillik hisobot oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashida koʻrib chiqiladi. Mazkur Ilmiy kengashga yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari taklif qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ushbu Nizom Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Badiiy akademiya, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-aprel

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi A. RAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Badiiy akademiya raisi T. QOʻZIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Bosh direktori Q. SANAQULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. SHOUMAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV