Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.05.2009 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.05.2009 yildagi 139-son
Date of entry into force
18.05.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 05.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQ TAʼLIMI MUASSASALARI XARAJATLARINI MOLIYALAShTIRISh MEXANIZMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini bajarish yuzasidan hamda xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini yanada takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etishda maktabgacha taʼlim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalariga, ularda buxgalter lavozimini kiritgan holda ilovaga muvofiq jadvalga koʻra bosqichma-bosqich yuridik shaxs maqomi berilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1039-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda ushbu qarordan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar qabul qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda xalq taʼlimi muassasalari buxgaltyerlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-2010-yillar mobaynida maktabgacha taʼlim muassasalari malakali buxgaltyerlar bilan butlanishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil mobaynida tarbiyalanuvchilar soni kam boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini tartibga solish (qisqartirish) tadbirlarini amalga oshirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni 2009-yilgi Davlat budjetining tasdiqlangan xarajatlari doirasida “Taʼlim” boʻlimi boʻyicha budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda joriy yil oxirigacha idoraviy maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-maydagi 139-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasalariga yuridik shaxs maqomini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jadvali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar‎

Berish muddatlari‎

Guruhlarga (tarbiyalanuvchilarga) ega boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalari‎

I bosqich‎ 2009-yil 1-iyul — 2009-yil 1-oktabr ‎ 6 va undan ortiq guruh (120 va undan ortiq tarbiyalanuvchi) ‎
II bosqich‎ 2009-yil 1-oktabr — 2010-yil 1-yanvar ‎ 4-5 guruh (80—120 tarbiyalanuvchi)‎
III bosqich‎ 2010-yil mobaynida ‎ 4 guruhgacha (80 tarbiyalanuvchigacha) ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 21-son, 251-modda)