O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEVA-SABZAVOTChILIK VA UZUMChILIK SOHASIDA AGROSANOAT FIRMALARI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1046-son qarorini bajarish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 7-apreldagi PF-4102-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 42-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 22-bandining birinchi xatboshidagi “3 yil muddatga” so‘zlari “5 yil muddatga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-aprel,
107-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 190-modda)