19.12.2003 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 19.12.2003 yildagi 18-son
Date of entry into force
19.12.2003
Hujjat 26.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish yakunlarini koʻrib chiqib, qonunlarni toʻgʻri va bir xilda qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisidagi”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat, Fuqarolik protsessual kodekslari va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan toʻlash qoidalari” (bundan buyon matnda Qoidalar), Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini, boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinishi sudlarga tushuntirilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlar xodimga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplashga oid quyidagi nizolar boʻyicha ishlarni koʻradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ish beruvchi tomonidan xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ish beruvchi tomonidan xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash va qoʻshimcha xarajatlarni qoplash haqidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash va yetkazilgan zararni qoplash haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) zararni qoplash miqdorini yoki boquvchisi vafot etganligi natijasida zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar sonini oʻzgartirish haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Qoidalar shartlari va normalari boʻyicha qayta hisoblab chiqish haqidagi;
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining oshirilishi munosabati bilan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirish haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) jabrlanuvchining sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi oqibatida berilgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, ish haqidagi yoʻqotishni toʻliq qoplamagan yoki unga bunday nafaqa toʻlanmagan hollarda yetkazilgan zararni qoplash haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) qayta tibbiy guvohlantirishdan (nogironlikni belgilash) soʻng sogʻliqqa shikast yetkazilganligi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlovlarini toʻlash yoki qayta hisoblash haqidagi;
(2-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) maʼnaviy zararni qoplash haqidagi nizolar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan xodimga, boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan esa, uning oila aʼzolariga yetkazilgan zararni undirish bilan bogʻliq boshqa nizolar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 197-moddasiga muvofiq, zararni undirish haqidagi arizani ish beruvchiga jabrlanuvchi xodim, u vafot etgan taqdirda esa, zarar toʻlovini olishga haqli boʻlgan manfaatdor shaxslar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim yoki manfaatdor shaxs ish beruvchining zararni toʻlash boʻyicha chiqargan qaroridan rozi boʻlmasa yoki belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular mazkur nizoni hal qilib berish uchun sudga daʼvo bilan murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tibbiy guvohlantirishdan oʻtgandan soʻng yangi muddatga sogʻliqqa shikast yetkazilganligi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlovlarini toʻlash haqidagi daʼvolar ham sud tomonidan birinchi marta ariza qabul qilish uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlarga tushuntirilsinki, mayib boʻlish yoki sogʻliqqa yetkazilgan boshqa shikastlanish yoxud boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan toʻlanadigan zararni qoplash haqidagi daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 145, 241-moddalari talablariga muvofiq, daʼvogarning tanlashi boʻyicha javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudning yoxud daʼvogar yashab turgan joydagi sudning sudloviga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mayib boʻlish yoki sogʻliqqa yetkazilgan boshqa shikastlanish yoxud boquvchisi vafot etganligi natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash haqidagi daʼvo arizalarini berishda daʼvogarlar sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etiladilar. Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, sud xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 163-moddasi talabiga muvofiq, xodimning mehnat vazifalarini bajarish vaqtida ularga yetkazilgan shikastlar yoki boquvchining vafot etganligi munosabati bilan toʻlanadigan zararni undirish haqidagi talablarga daʼvo muddati tatbiq qilinmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilganlarga koʻra, daʼvo qilish muddati oʻtkazib yuborilgan degan asos bilan arizani qabul qilmaslikka, shuningdek daʼvoni rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat jarohati tufayli kasb layoqati yoʻqotilgandan yoki boquvchining vafotidan soʻng uch yildan keyin keltirilgan daʼvo talablari, ariza berilgan kunidan oldingi koʻpi bilan uch yil boʻyicha qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar yetkazilgan zarar summasini aniqlashda Qoidalarning 50-bandida nazarda tutilgan quyidagi tartibga amal qilishlari kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) jabrlanuvchilarga — ular mehnat jarohati oqibatida kasb boʻyicha mehnatga layoqatini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan kundan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga — boquvchining vafot etgan kunidan, ammo faqat zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlingan vaqtdan boshlab toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishni sudda koʻrishga tayyorlashda sudlarning eʼtibori nizoni hal qilish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlab, ularni talab qilib olish uchun tegishli choralar koʻrishga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, ish beruvchining yetkazilgan zararda aybdorligi va javobgarligini isbotlovchi dalil sifatida quyidagi hujjatlar ishga qoʻshilishi lozim: ishlab chiqarishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa haqida dalolatnoma, sud hukmi va qarori, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organining qarori, mehnat-texnika inspektorining yoki mehnatni muhofaza qilish va mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini, salomatlikka yetkazilgan zarar sabablarini nazorat qilishni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar (organlar)ning xulosasi; kasb kasalligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa; aybdor shaxslarga maʼmuriy yoki intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi qaror; mehnat jarohati tufayli xodimga vaqtincha mehnat layoqatini yoʻqotganlik uchun nafaqa toʻlovi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun ish beruvchi tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurta budjetiga pul oʻtkazish toʻgʻrisidagi kasaba uyushma qoʻmitasining, tuman (shahar) soliq inspeksiyalarining qarorlari hamda ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa dalillar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmasi qoʻmitasining yoki boshqa vakil qilingan vakolatli organ tomonidan berilgan jabrlanuvchining ayb darajasini aniqlash haqidagi xulosa ish boʻyicha dalillardan biri hisoblanib, FPK 67-moddasiga muvofiq, ishda mavjud boʻlgan boshqa dalillar majmui bilan birgalikda sud tomonidan baholanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ish beruvchining aybi faraz qilinadi. Ish beruvchi oshiqcha xavf manbai tomonidan zarar yetkazilishi hollaridan tashqari, yetkazilgan zarar uchun oʻzining aybdor emasligini isbotlab bergan taqdirda zararni qoplashdan ozod qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlarga tushuntirilsinki, xodim mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasida belgilangan, yetkazilgan zararni talab qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini kengaytirib sharhlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni qoplashga boʻlgan huquq, xotin(er)ning yangidan nikoh tuzgan holatlarida ham saqlanib qoladi. Shuningdek, vafot etganning voyaga yetmagan bolalari boshqa shaxs tomonidan farzandlikka olinganda ham ularning zarar qoplanishini talab qilish huquqi saqlanib qoladi. Chunki, qonunda bunday holatlarda ushbu shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati bekor boʻlishi nazarda tutilmagan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan zarar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasiga qarab ish haqi (yoki uning tegishli qismi) miqdorida jabrlanuvchiga pul toʻlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatlikning yomonlashuvi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yoʻla beriladigan nafaqadan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻrilgan zararni toʻlash miqdori jabrlanuvchining mehnat jarohati olguniga qadar oladigan ish haqiga nisbatan foizlarda, kasb boʻyicha mehnatga layoqatsizlik darajasiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchilarning mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasi tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasi (TMEK) tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqi yoki uning bir qismi toʻlanayotganda, jarohat olish tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalari, shuningdek, mehnat jarohati olgunga qadar va undan keyin tayinlangan pensiyalarning boshqa turlari yetkazilgan zararni toʻlashda hisobga olinmaydi. Shuningdek, jabrlanuvchining jarohat olgandan keyingi ish haqi ham zararni toʻlashda hisobga olinmaydi. Bunda mehnatda mayib boʻlgan jabrlanuvchilar-nogironlarga zararni qoplash uchun toʻlanadigan summa qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zararni qoplash miqdori hisoblab chiqariladigan ish haqi tarkibiga har qanday bir martalik toʻlovlardan tashqari (foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya, ishdan boʻshatish vaqtidagi nafaqa va boshqalar) ish vaqtidan ortiqcha, dam olish va bayram kunlari hamda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik uchun toʻlovlar hisobga olinadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish munosabati bilan beriladigan taʼtil davri uchun toʻlanadigan nafaqa hisobga olinadi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetkazilgan zararni qoplash miqdorini belgilashda oʻrtacha oylik ish haqini hisoblash Qoidalarning 11—21-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoidalarning 27-bandiga muvofiq, vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun zarar miqdori vafot etgan shaxsning oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan uning oʻziga va qaramogʻidagi mehnatga layoqatli, ammo zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlmagan fuqarolarga toʻgʻri keladigan ulushni chegirib tashlagan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning har biriga beriladigan zarar toʻlovlari miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning hammasiga toʻgʻri keladigan ulushi ularning soniga taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchini yoʻqotganlik tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar uchun ularga boquvchi vafoti tufayli tayinlangan pensiya, shuningdek boshqa pensiyalar, ish haqi,stipendiyalar va boshqa daromadlar zarar toʻlovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramoqda boʻlgan har bir shaxs hisobiga beriladigan zarar toʻlovi miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onaning ikkalasi ham vafot etgan taqdirda, bolalarga toʻlanadigan zarar miqdori ota-onaning ikkalasining umumiy ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 194-moddasining 1-qismiga muvofiq, xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi bilan vakillik organi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanishi tufayli, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan holda sogʻliqqa shikast yetkazilishi yoki boquvchining vafoti tufayli yetkazilgan zararni undirish haqidagi nizolarni koʻrishda sud jamoa shartnomasini, bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi bilan vakillik organi oʻrtasidagi kelishuvni talab qilib olishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa shartnomasi yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi oʻrtasidagi kelishuvda bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlsa yoki miqdor koʻrsatilmagan boʻlsa yoxud bunday shartnoma, kelishuv tuzilmagan boʻlsa, u holda bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdorini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 194-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hal qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlishi sababli qoʻshimcha xarajatlar sarflagan boʻlsa, ular zarar yetkazilishiga javobgar boʻlgan ish beruvchi tomonidan Qoidaning 22—25-bandlarida belgilangan tartib va miqdorda qoplanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jabrlanuvchi maxsus transport vositalari (qoʻl bilan boshqariladigan avtomobil, motorli aravacha) ga muhtoj boʻlsa, ularni sotib olish natijasida yetkazilgan zarar TMEK tomonidan koʻrsatilgan transport vositasi qiymati doirasida qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus transport vositalarini kapital taʼmirlash uchun sarflangan xarajatlar ham qoplanadi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidalarning 23-bandiga muvofiq, maxsus tibbiy parvarishga hamda uy sharoitidagi parvarishga muhtoj boʻlgan jabrlanuvchiga, uy sharoitidagi parvarish bilan bogʻliq xarajatlar maxsus tibbiy parvarish xarajatlaridan tashqari qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi kim tomonidan parvarish qilinganligi va bu xarajatlar haqiqatda sarflangan-sarflanmaganligidan qatʼi nazar, bunday xarajatlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgusi vaqt uchun qoʻshimcha xarajatlar TMEK xulosasida belgilangan muddat doirasida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xodimning mehnat qobiliyati toʻliq yoki qisman yoʻqolishiga olib kelgan kasb kasalligining kelib chiqishida ish beruvchining aybi mavjud boʻlgan taqdirdagina jabrlanuvchiga zarar undirib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binobarin, sudlar kasb kasalligi aniqlanganligi holatining oʻzi ish beruvchiga zararni qoplash majburiyatini yuklash uchun yetarli asos boʻla olmasligini nazarda tutishlari lozim. Mazkur turdagi ishlarni koʻrishda xodimda bunday kasallikning mavjudligini tasdiqlovchi yozma dalil (tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) guvohlantirgan dalolatnoma, kasallik tarixidan koʻchirma va boshqa)larni tekshirish bilan bir qatorda, sudlar ish beruvchi tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish hollari bor-yoʻqligiga har bir holatda alohida eʼtibor berishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudlarga tushuntirilsinki, jabrlanuvchiga ish beruvchi tomonidan zarar yetkazilganda, uning qoʻpol ehtiyotsizligi zararni qoplash haqidagi daʼvoni toʻliq rad qilishga asos boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 191-moddasi talabiga muvofiq, agar jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki koʻpayishiga sabab boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan zarar miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga mutanosib ravishda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda zararni qoplashni rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchining ehtiyotsizligi qoʻpol ehtiyotsizlik yoki zarar miqdoriga taʼsir qilmaydigan oddiy eʼtiborsizlik masalasi har bir holda muayyan holatlardan kelib chiqib hal qilinishi kerak. Xususan, jabrlanuvchining mastlik holati yetkazilgan zarar bilan sababiy bogʻlanishda boʻlib, uning kelib chiqishiga yoki koʻpayishiga olib kelgan taqdirda qoʻpol ehtiyotsizlik deb hisoblanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zararni toʻlashning qoʻshimcha turlariga, bir yoʻla nafaqa toʻlashga, shuningdek, boquvchisining vafoti tufayli yetkazilgan zarar toʻlovlariga nisbatan aralash javobgarlik qoʻllanilmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oshiqcha xavf manbai tomonidan xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uni bartaraf qilish mumkin boʻlmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, toʻlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshiqcha xavf manbai va uning egasi haqidagi tushuncha Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 999-moddasida yoritib berilganligini sudlar eʼtiborda tutishlari lozim.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187-moddasiga muvofiq, maʼnaviy zarar (jismoniy yoki ruhiy azoblar) pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda hamda ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda vafot etgan taqdirda esa, ish beruvchi va vafot etgan xodimning oila aʼzolari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqdorda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼnaviy zararni qoplash usuli va miqdori haqida nizo vujudga kelganda, sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasiga rioya qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baxtsiz hodisa maʼnaviy zararni qoplash nazarda tutilgan qonun amalga kiritilgandan keyin sodir boʻlgan boʻlsa, bunday holda jabrlanuvchiga yetkazilgan maʼnaviy zarar qoplanadi. Chunki, bu qonun amalga kiritilgunga qadar sogʻligʻiga shikast yetkazilishi yoki boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zarar uchun qonunda bunday mulkiy javobgarlik turi belgilanmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Korxona tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda, tegishli toʻlovlarni toʻlash majburiyati Qoidalarning 42-bandiga muvofiq, uning huquqiy vorisiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona tugatilganda, zararni qoplash toʻlovlari summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilmagan taqdirda zararni undirish haqidagi daʼvo uning huquqiy vorisiga yoki yuqori turuvchi xoʻjalik organiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi ishlarni koʻrishda, sudlar, zarar yetkazilishining sabablarini aniqlashga alohida ahamiyat berishlari, zarur hollarda ularga xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudiga xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi amaliyotini umumlashtirib turishlari tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 19-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son