14.06.2002 yildagi 9-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 14.06.2002 yildagi 9-son
Date of entry into force
14.06.2002
Hujjat 14.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyotida qonunlarning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tushuntirilsinki, bezorilik jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat boʻlib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-doʻpposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki oʻzganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bogʻliq holda sodir etiladi. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun yuqorida koʻrsatilgan oqibatlarning barchasi bir vaqtda mavjud boʻlishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik deganda, qonunlarga, axloq-odob normalariga, jamiyatda mavjud boʻlgan urf-odat va anʼanalarga hurmatsizlik tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun mazmuniga koʻra aybdor oʻzining harakatlari bilan jamoat tartibini buzayotganligini anglashi lozim. Bunda mazkur xatti-harakatlar bilan jamoat tartibini buzish oʻrtasida sababiy bogʻlanish boʻlishi shart. Sababiy bogʻlanish aniqlanmagan holda qilmish shaxsga yoki mulkka qarshi qaratilgan jinoyat deb baholanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlar bezorilik jinoyati bilan maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanmish mayda bezorilikni bir-biridan farqlashlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayda bezorilik tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasida berilgan boʻlib, uning mazmuniga koʻra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli soʻzlar aytish yoki shunday soʻzlar bilan soʻkinish, behayo qiliqlar koʻrsatish yoxud odamlarga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini ochiqdan-ochiq mensimaslik harakatlarida ifodalanadi. Bunda Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy oqibatlar mavjud boʻlmasligi kerak. Guruh tomonidan sodir etilgan mayda bezorilikni, basharti, ularning harakatida Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi alomatlari boʻlmasa, Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan mayda bezorilik ham oʻz-oʻzidan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda mayda bezorilik harakatlari davom etib, aybdorning keyingi harakatlari shaxsni urish-doʻpposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki mulkka ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud nobud qilish bilan sodir etilgan boʻlsa, shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilmasdan, faqat jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik zamirida shaxsning badaniga yengil darajada shikast yetkazilganligi kifoya. Bunda shaxsning badaniga yetkazilgan tan jarohati uning sogʻligʻini buzilishiga olib kelgan-kelmaganligining ahamiyati yoʻq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urish-doʻpposlash deganda, aybdor tomonidan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, shaxsning badaniga shikast yetkazmagan holda bir necha zarba berish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik zamirida sovuq qurol yoki shaxsning sogʻligʻiga amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa narsalarni namoyish qilish (koʻrsatish)ning oʻzi yetarlidir. Bunda ularni qoʻllashga nisbatan tahdid boʻlgan-boʻlmaganligining ahamiyati yoʻq, biroq bu holat sud tomonidan jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sovuq qurol yoki shaxsning sogʻligʻiga amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa narsalarni qoʻllash deganda, aybdorning ular vositasida bezorilik harakatlari davomida jabrlanuvchiga nisbatan tan jarohati yetkazgan yoki yetkazishga harakat qilgan hollar tushunilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, sovuq qurol deganda, oʻz mohiyatiga koʻra insonning hayoti va sogʻligʻiga qarshi ishlatish uchun moʻljallangan, sud-kriminalistik ekspertizasi xulosasiga muvofiq sovuq qurol deb topilgan narsalar tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning sogʻligʻiga amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa narsalar turkumiga aybdor tomonidan oʻsha maqsadlarda bezorilik harakatlari davomida foydalanilgan har qanday narsalar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bezorilik harakatlarini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda sud aybdorning aynan qaysi harakatlari oʻtaketgan behayolik deb baholanayotganligini hukmda koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bezorilik harakatlari oʻtaketgan behayolik bilan sodir etilgan deb topish masalasini hal etish chogʻida sud ishning muayyan holatlari majmuidan kelib chiqishi hamda sodir etilgan jinoyatning xususiyati, vaqti, joyi va shart-sharoitlarini inobatga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Aybdorning qilmishini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “d” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik harakatlari yosh bolani, qariyani, nogiron yoki ojiz ahvoldagi boshqa shaxslarni xoʻrlash shaklida sodir etilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻrlash deganda, shaxsga jismoniy jihatdan azob berish yoki uni qiynash tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun mazmuniga koʻra, yosh bola deganda 14 yoshga toʻlmagan shaxs, qariya deganda 55 yoshdan oshgan ayol va 60 yoshdan oshgan erkak, nogiron deganda esa, belgilangan tartibda I, II, III guruh nogironi yoki bolalikdan nogiron sifatida tan olingan shaxs tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ojizlik, jabrlanuvchining jismoniy yoki ruhiy nosogʻlomligi tufayli jinoyatchiga qarshilik koʻrsata olmasligida, oʻz huquqlari, manfaatlari va qadr-qimmatini himoya eta olmasligida, shuningdek kutilayotgan xavfdan saqlana olmasligida namoyon boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy harakatni ushbu band bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdor shaxs jabrlanuvchining yosh bolaligi, qariyaligi, nogironligi yoki ojiz ahvolda ekanligini anglab yetgan boʻlishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻp miqdorda zarar yetkazish, birovning mulkini nobud qilish yoki unga shikast yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etilgan bezorilik Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “e” bandi bilan qamrab olinadi va shuning uchun ham ushbu holatni Jinoyat kodeksining 173-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab qilinmaydi. Xuddi shuningdek, bezorilik oqibatida oʻzganing mulkiga shikast yetkazish yoki nobud qilish ancha miqdorda zarar yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishining oʻzi kifoyadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun uning bezorilik harakatlari davomida oʻqotar qurolni namoyish qilganligi faktining oʻzi yetarlidir. Ish boʻyicha aybdor tomonidan oʻqotar qurolni qoʻllashga tahdid qilinganligi yoki qoʻllanilganligi holatlari jazo tayinlashda eʼtiborga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqotar qurol tushunchasiga baho berishda sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarorining 2-bandida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun qurol jinoyat sodir etish paytida otishga yaroqli deb topilgan boʻlishi shart. Basharti, yaroqsiz boʻlsa, bezorilik Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bezorilik jinoyatini sodir etishda ishlatilgan yoki namoyish etilgan oʻqotar qurol tegishli ruxsatnomasiz aybdorning egaligida boʻlgan boʻlsa, qilmish Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ham qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ommaviy tadbirlar paytidagi bezorilik, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarish tahdidi bilan xavflidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbir deganda, belgilangan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan tashkil etilgan rasmiy tadbir (bayram sayllari, namoyishlar, mitinglar, majlislar, saylovlar, xalq hasharlari va hokazo)lar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bezorilik harakatlari davomida aybdor jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish (toʻxtatish) chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga faol qarshilik koʻrsatsa, shu jumladan, ularga nisbatan oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish darajasida zoʻrlik ishlatsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan toʻliq qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bezorilik harakatlarini toʻxtatish chorasini koʻrayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish paytida ishlatilgan zoʻrlik natijasida aybdor tomonidan yana boshqa ogʻir jinoyat sodir etilgan boʻlsa, bu hol bezorilik jinoyati tarkibi bilan qamrab olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bezorilik harakatlari tugagandan keyin, shu jumladan, aybdor ushlangandan soʻng koʻrsatilgan qarshilik, bezorilik jinoyatining alomatlariga xos holat deb hisoblanmasligi va bunday holda qilmish jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan mayda bezorilik davomida jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bunday harakatlarni toʻxtatish chorasini koʻrgan fuqaroga nisbatan qarshilik koʻrsatilsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bu holda aybdorning harakatlari, koʻrsatilgan qarshilikning xususiyatiga qarab, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tergov organlari shaxsni ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorida, ayblov xulosasida, sud esa hukmda qaysi alomatlarga koʻra aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksi 277-moddasining tegishli qismi va bandlari bilan kvalifikatsiya qilinganligini aniq koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud, ayblanuvchi zimmasiga ilgari qoʻyilgan ayblov bilan bogʻliq boshqa ayblovni qoʻyish uchun yoxud ayblovni ogʻirroq ayblov bilan yoki haqiqiy holatga koʻra ayblov xulosasida nazarda tutilganidan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun asoslar mavjud degan fikrga kelsa, jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritish uchun qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu oʻrinda shuni nazarda tutish kerakki, sud aybdorning harakatini mazkur moddaning muayyan qismidagi bir banddan oʻsha qismdagi boshqa bandga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismining muayyan moddalarida (Jinoyat kodeksining 277-moddasidan boshqa) bezorilik, oʻsha jinoyatni kvalifikatsiya qiluvchi alohida belgi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, bu holat qilmishni Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni istisno etadi (masalan, Jinoyat kodeksi 104-moddasi 2-qismining “e” bandi, 97-moddasi 2-qismining “l” bandi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlar aybdor qasdining mohiyati va u nimaga qaratilganligidan, sodir etilgan harakatning motivi, maqsadi va muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda bezorilikni boshqa jinoyatlardan farqlay olishlari kerak. Jumladan, oilada, uyda qarindosh-urugʻ, tanish-bilishlarga nisbatan sodir etilgan haqoratlash, urish-doʻpposlash, badanga yengil shikast yetkazish kabi harakatlar, agar ular shaxsiy kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan boʻlsa yoxud jabrlanuvchining nojoiz xatti-harakatlari oqibatida sodir etilgan boʻlsa, shaxsga qarshi jinoyat deb baholanishi va Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Basharti, shaxs oʻz xatti-harakatlari bilan ayni vaqtda jamoat tartibini buzayotganligini va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini ham yaqqol anglagan boʻlsa, qilmish bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinadi va shaxsga qarshi jinoyatlarni nazarda tutuvchi moddalar bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sudlar bezorilik jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda jinoyat qonunining umumiy asoslaridan va Oliy sud Plenumining jinoyat uchun jazo tayinlash masalalariga bagʻishlangan qarorlarida berilgan tushuntirishlardan kelib chiqishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bezorilik jinoyati aksariyat hollarda mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida sodir qilinishini inobatga olgan holda, sudlar, alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan, bu haqda ishda tegishli tibbiy xulosa mavjud boʻlganda, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarni qoʻllash masalasini hukmda muhokama qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumining, SSSR Oliy sudi Plenumining 1972-yil 16-oktabrdagi “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi va 1974-yil 19-apreldagi qarorlari hamda shu masaladagi qonunlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi 1981-yil 22-apreldagi 1-sonli qarori va shu qarorga oʻzgartirish kiritish haqidagi 1983-yil 12-dekabrdagi 8-sonli, 1985-yil 29-apreldagi 4-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son