14.09.2001 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 14.09.2001 yildagi 22-son
Date of entry into force
14.09.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UY-JOY NIZOLARI BO‘YICHA SUD AMALIYOTI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining qabul qilinishi fuqarolar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini aniq chegaralab berdi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur kodeks normalarini sud amaliyotida tatbiq qilish, uy-joy bilan bog‘liq nizolarni to‘g‘ri va adolatli hal etish hamda kelib chiqayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida tushuntirishlar berish zarurati vujudga kelganligini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasiga ko‘ra, har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega ekanligi, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi belgilanganligi, uy-joy qonunchiligi normalariga rioya qilish fuqarolar, shuningdek, uy-joy fondini hisobga olish, saqlash, foydalanish va ta’mirlashni ta’minlash vakolati yuklatilgan davlat organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning uy-joyga bo‘lgan huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun sudlar bunday toifadagi ishlarni hal etishda mas’uliyatni yanada oshirishlari, nizolarning qonuniy ko‘rilishini to‘liq ta’minlashlari lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlar uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha da’vo arizalarini qabul qilishda avvalo da’vo talabining sudga taalluqlilik masalasini hal etishlari, da’vo qo‘zg‘atayotgan shaxsning vakolatini tekshirishlari lozim. Xususan, sudlar quyidagi uy-joy nizolarini hal etish vakolatiga ega:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy va davlat uy-joy fondlariga qarashli turar-joylarni ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchilar o‘rtasidagi uy-joy munosabatlari bo‘yicha vujudga kelgan nizolar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi bilan fuqarolar o‘rtasidagi kelib chiqadigan nizolar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat uy-joy fondining turar-joyiga berilgan hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi nizolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy kodeksining 71—74, 79, 85-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha turar-joydan ko‘chirish bilan bog‘liq nizolar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadigan uy-joy nizolari;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan vujudga keladigan nizolar.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, yordamchi xonalarni qayta qurish va o‘zgartirishga rozilik berish masalalarini hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organi va ijaraga beruvchilarning vakolatiga tegishli ekanligidan kelib chiqib, bunday masalalar bo‘yicha da’volar sudga taalluqli emasligi sudlarga tushuntirilsin. Biroq, fuqarolar mahalliy davlat hokimiyati va ijaraga beruvchilarning qayd etilgan masalalarni hal qilishi bilan bog‘liq harakatlaridan norozi bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda tegishli shikoyat bilan sudga murojaat qilishlari mumkin.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlar uy-joy nizolarini hal qilishda uy-joyning huquqiy holatini, uning xususiy yoki davlat uy-joy fondiga tegishliligini aniqlashlari lozim.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning mulki bo‘lgan uy-joy fondi (yakka tartibdagi turar-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda sotib olingan kvartiralar va uylar, uy-joy hamda uy-joy qurilish kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari to‘liq miqdorda to‘langan kvartiralar, hadya, ayirboshlash shartnomalari hamda meros huquqi va O‘zbekiston Respublikasi FKning 187-moddasi asosida olingan kvartiralar va uylar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan hamda ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan yoki kim oshdi savdosida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda (oldi-sotdi, hadya, meros, va h.k. shartnomalar) olingan kvartiralar va uylar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joylar fondi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartnomalari asosida foydalanilayotgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlarning to‘la xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan idoraga qarashli bo‘lgan uy-joy fondi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Uy-joy fondi tarkibiga kirmaydigan binolardan (ishlab chiqarish binolari, sexlar, yig‘ma inshootlar, palatkalar, o‘tovlar, vagon uycha va h.k.lardan) ko‘chirishda yoki ularni bo‘shatishda sudlar mulk ijarasi shartnomalarini tartibga soluvchi fuqarolik kodeksining normalarini tatbiq etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy uy-joy fondidan foydalanish, tasarruf etish, egalik qilish bilan bog‘liq nizolar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 32-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq, uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila a’zosi o‘rtasidagi turar joydan foydalanish bilan bog‘liq nizolar (uyga kiritish, uydan ko‘chirish, foydalanish tartibini belgilash, uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va h.k.) hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sud, mulkdorning oila a’zolari va u bilan birga yashayotgan fuqarolar turar joydan teng foydalanish huquqiga ega ekanligini inobatga olib, sarf qilingan xarajatlardagi ulush miqdorini uyda yashayotgan barcha shaxslarni inobatga olgan holda belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud turar joyga majburiy tartibda kiritish haqidagi nizolarni hal etishda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqi to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklashda taraflarning kelishuvga erishganligiga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday kelishuvga erishilganligi taraflar o‘rtasida tuzilgan yozma kelishuv bitimi yoki mulkdor va kiritilayotgan shaxsning yozma arizalari bilan tasdiqlanadi. Kelishuvga qanday usulda erishilganligiga qarab sud ishni kelishuv bitimini tasdiqlab, ish yuritishni tugatadi yoxud hal qiluv qarori qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar joyning mutanosib sharoitlarga ega ekanligi fuqaroning normal turmush kechirishi uchun yetarli bo‘lgan shart-sharoitlar (kommunal tarmoqlarga ulangan, sanitariya va gigiyena talablariga javob beradigan va h.k) mavjudligi bilan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqi to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklash masalasini hal etishda ijara shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 539 va 574-moddalari talablariga muvofiq tuzilganligi va tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi yoxud soliq organida hisobga qo‘yilganligini tekshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara shartnomasi bekor qilingan holatda turar joyga kiritishni talab qilayotgan shaxs mulkdorga nisbatan uyga kiritish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, mulkdorga nisbatan uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’voni qanoatlantirish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, sobiq mulkdor va uning oila a’zolari uy-joyni oldi-sotdi shartnomasiga asosan begonalashtirganda, shartnomada ko‘rsatilgan kundan, agar shartnomada ularning ro‘yxatdan chiqish muddati kelishilmagan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 15-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ulushli mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda mulkdorlar o‘zaro kelisha olmagandagina sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulushli yoki umumiy mulkda bo‘lgan uy-joylarni bo‘lishda sudlar, nizoli uy-joyda mavjud bo‘lgan xonalar va foydalanishda bo‘lgan umumiy maydonni hisobga olib, hissa bo‘yicha teng yoki hissadan uncha ko‘p, uncha kam bo‘lmagan holda bo‘lishni, yoxud ayrim xonalarni qayta qurish hisobidan uy-joyni bo‘lish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida tegishli ekspertiza xulosalarini inobatga olishlari zarur. Sud bunday mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda taraflarga ajratilgan barcha xona hamda qo‘shimcha va yordamchi imoratlarni o‘z qarorida aniq ko‘rsatishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulushli mulkdagi turar-joy mulkdorlariga ularning ulushini asl holda ajratib berish o‘rniga kompensatsiya to‘lanishiga ularning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Mulkdorning turar-joydagi ulushi boshqa mulkdorlarning ulushidan ancha kam bo‘lsa, ulushlarga teng taqsimlashning imkoni bo‘lmasa, mulkdor nizoli uyda yashamayotgan bo‘lsa, u boshqa uy-joy bilan ta’minlangan bo‘lsa, mulkdan foydalanishda katta manfaatga ega bo‘lmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi turar-joyni ishtirokchilar o‘rtasida ularning ulushlariga mos ravishda bo‘lishda alohida yashash xonasidan tashqari yordamchi xonalar, alohida kirish-chiqish yo‘llari mavjud bo‘lganda yoki uy-joyning bir qismini tegishlicha qayta jihozlash yo‘li bilan ajratish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirdagina da’vo qanoatlantirilishi lozim. Bunday imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, sud da’vogarning iltimosiga ko‘ra, taraflarga turar-joydan foydalanish tartibini belgilab berishi yoki ushbu turar-joyni taraflar tegishli tartibda almashtirish yoxud ikkinchi tarafga hissasiga teng boshqa turar-joy olib berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi lozim.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 107-moddasi talabiga muvofiq turar-joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila a’zolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila a’zolari, hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi va pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uning oila a’zolari o‘rtasida turar-joyni almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, ulardan har biri egallab turgan joyini turli uylar, kvartiralardagi turar-joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar-joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha ishlarni ko‘rishda almashtirilayotgan turar-joylarda yashayotgan voyaga yetgan barcha shaxslarning ishga tegishliligicha jalb qilinib, almashtirish tartib qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilganligini, turar-joyni almashtirishga monelik qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 109-moddasida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan-bo‘lmaganligini, almashtirishni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 112-moddasi talabi asosida amalga oshirilganligini har tomonlama tekshirishlari lozim. Ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilmaganlik almashtirish shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, turar-joylarni almashtirish haqiqiy emas deb topilganda, taraflarga ilgari egallab kelgan turar-joylariga ko‘chib o‘tish majburiyati yuklatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar-joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab almashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qo‘yilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 114-moddasi).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda esa, ushbu farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 6-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 6-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bog‘liq nizolar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqarolarni qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha (Uy-joy kodeksining 71 — 73-moddalari) boshqa uy-joy bergan holda uy-joydan ko‘chirish to‘g‘risida da’vo arizasini qabul qilishda, sudya da’vo arizasida uydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga taqdim etilayotgan uy-joyning aniq manzili ko‘rsatilganligini tekshirishi shart. Agar da’vo arizasida manzil ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holat FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq da’vo arizasini qaytarish haqida ajrim chiqarish uchun asos bo‘ladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sud, ishni ko‘rishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur da’voga oid barcha dalil hamda e’tirozlarini va ishni kelishuv bitimi tuzish yo‘li bilan hal etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ish sudda ko‘rilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi tuzish yo‘li bilan tugatishni taklif qilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlarga tushuntirilsinki, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar-joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq ajratiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 42-moddasiga muvofiq uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravalarda harakatlanayotgan nogironlar uchun esa yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida davlat uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar-joy berilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o‘n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 43-moddasi talabiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo‘shayotgan turar-joylar, shuningdek, bu idoralarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag‘lariga qurilgan uylarda bo‘shayotgan turar-joylar birinchi navbatda ushbu korxona, muassasa, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga ko‘chib kirish uchun berilishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qonun talablariga rioya qilinmagan holda berilgan order hokimiyat, korxona, tashkilot va muassasalarning da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Turar-joy berish navbatining buzilishi sababli hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda, sud, quyidagi holatlarni: turar-joy berish navbati haqiqatdan ham buzilganligini; javobgar mehnat shartnomasi tuzishda ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lgan asoslarda navbatidan tashqari yoki birinchi navbatda turar-joy olish huquqiga ega ekanligini; belgilangan tartibda turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar ro‘yxatida javobgardan oldin turgan fuqarolar hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan uyga da’vogarlik qilmaganligini (masalan, kattaroq, kengroq uy olish istagini bildirganligi) yoki ishni ko‘rib chiqish davriga kelib javobgarga turar-joy berishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar bekor bo‘lganligini (masalan, turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar ro‘yxatida javobgardan oldin turgan fuqarolar turar-joy olgan bo‘lib, nizo kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, da’vogarlikdan voz kechgan hollar) aniqlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 50-moddasi talabiga ko‘ra ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar-joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqqa egadir va bu shaxslar ijaraga berish shartnomasi majburiyatlari yuzasidan ijaraga beruvchi oldida javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxslarni oila a’zosi deb topish masalasini hal etishda (xotini, eri, bolalari, ota-onalaridan tashqari) sud ularning ijarachi va uning oila a’zolari bilan munosabatlarini, umumiy xo‘jalik yuritganliklarini, bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatib kelganliklari va oilaviy munosabatlari mavjudligini guvohlantiruvchi holatlarni aniqlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar-joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganlarida (agar, turar-joy bo‘yicha uzoq muddat saqlanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) turar-joy olti oy muddat davomida uning hisobida saqlanadi. (Shu moddaning ikkinchi qismida bayon qilingan holatlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davr mobaynida uyda bo‘lmasligi oqibatida turar-joydan foydalanish huquqi manfaatdor shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud yo‘li bilan yo‘qotgan deb topilishi mumkin. Agar, sud, shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davrda yashamasligini uzrli sabablar oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblasa, da’voni qanoatlantirmasdan rad etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida ijaraga oluvchi va uning oila a’zolarining talabi bo‘yicha turar-joy ijara shartnomasini (turar-joyni bo‘lish) o‘zgartirish mumkin. Bunday nizolarni ko‘rishda, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasi talabi mavjud bo‘lgan sharoitdagina ijara shartnomasini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ijaraga beruvchi turar-joyni ijaraga berish shartnomasi shartlaridan kelib chiqadigan nizolar (kvartira haqi, xonalar va obodonlashtirish obyektlariga yetkazilgan shikast natijasida keltirilgan zararni qoplash va h.k.) bo‘yicha taraf sifatida ishtirok etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat uy-joy fondini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi organlar esa, turar-joy berish, turar-joylarni almashtirish, turar-joylarni saqlash (bron qilish) kabi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha taraf sifatida qatnashishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat uy-joy fondidagi turar-joyning kapital ta’mirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar-joy berib ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, sud, fuqarolarni ko‘chirmasdan ta’mirlash mumkin yoki mumkin emasligini, kapital ta’mirlash vaqtida taqdim qilinadigan turar-joy sanitariya, texnik, yong‘inga qarshi talablarga javob berishligini hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashganligini, ko‘chirilayotgan fuqarolarning yoshi, sog‘lig‘i va boshqa e’tiborga sazovor holatlarni hamda kapital ta’mirlash muddatini e’tiborga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijarachilar fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uydan kapital ta’mirlanishi sababli chiqarilayotgan bo‘lsalar, sud, uy kapital ta’mirlash ehtiyojiga muhtojligini, mulk egasi ta’mirlash imkoniyatiga ega ekanligini (masalan: mablag‘, qurilish materiallarining mavjudligi), shuningdek ta’mirlash ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘lgan vaqtni inobatga olib, ijarachi va uning oila a’zolarini ma’lum muddatga ko‘chirib chiqarilayotganligini hal qiluv qarorida ko‘rsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sudlarga tushuntirilsinki, munitsipal va idoraviy uy-joy fondiga qarashli turar-joyni hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, o‘zgartirish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda bunday qurilishlarni amalga oshirish uchun ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila a’zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning, ijaraga beruvchining roziligi olinganligini aniqlash lozim.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, bunday qurilishlar ijaraga beruvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda, ijaraga oluvchi hisobidan bu qurilishlar buzib tashlanishi lozimligi sudlarga uqtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga qarashli uylardagi turar-joylarni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, bunday nizo fuqarolarga shaxsiy mulk sifatida tegishli bo‘lgan turar-joylarda yashovchi ijarachilar o‘rtasida kelib chiqadigan bo‘lsa, bu holatda sud nafaqat mahalliy hokimiyat, balki uyga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan mulkdorning ham roziligini hisobga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat uy-joy fondiga tegishli turar-joy uchun kommunal xizmat haqlarini undirish haqidagi da’volar bo‘yicha ishga faqat ijaraga oluvchi javobgar sifatida jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy uy-joy fondiga tegishli turar-joylarga ko‘rsatilgan xizmat xarajatlari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha esa, mazkur turar-joyning barcha voyaga yetgan mulkdorlari ishga javobgar sifatida jalb qilinishi, basharti, bu turdagi da’volar qanoatlantirilgan taqdirda, to‘lov ulardan solidar tartibda undirilishi mumkinligi masalasiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan ijarachi yashayotgan uyi (kvartirasi) buzilishi oqibatida uydan ko‘chirilayotganda, sud, yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish haqidagi tegishli hokimlikning qarori mavjudligini tekshirishi lozim. Bunday qarorning mavjud emasligi da’voni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, davlat uy-joy fondiga tegishli turar joy jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilgan taqdirda, shu uy-joylardan ko‘chirilayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa obod turar joy beriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sud xizmat turar-joylaridan ko‘chirib chiqarish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, avvalo, nizoli turar-joy xizmat turar-joyi maqomiga ega ekanligini aniqlashi lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar-joy bo‘lib, ko‘chirilishi lozim bo‘lgan fuqaro xizmat vazifasini bajarishi sababli olganligi va uy-joy berilayotgan vaqtda egallab turgan lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xizmat turar-joylari olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan xizmatchilar toifasiga tegishli bo‘lganligini e’tiborga olib da’voni hal etish lozim bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga qarashli bo‘lgan turar-joyga xizmat turar-joylari olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro‘yxatiga kirmaydigan shaxs berilgan hujjat (order) asosida joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur hujjat (order) haqiqiy emas deb topiladi va javobgar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 47-moddasi talabiga muvofiq turar-joydan ko‘chiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasi talabiga muvofiq xizmat turar-joylarida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar boshqa turar-joy ajratilmasdan ko‘chirilishi mumkin bo‘lmaganligidan kelib chiqib, sud, bunday fuqarolar mazkur moddada ko‘zda tutilgan imtiyozlarga ega ekanligini aniqlashi zarur. Bunday imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolar xizmat turar-joylaridan faqat boshqa sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar-joy berilishi bilan ko‘chirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Sud yotoqxonalardan ko‘chirish to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda javobgar egallab turgan xona yotoqxona maqomiga ega ekanligini tekshirishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud, xizmat lavozimi bilan bog‘liq ravishda berilgan yotoqxonadan ko‘chirishda da’vogar va javobgar o‘rtasida qanday mehnat shartnomasi tuzilganligi va u qanday asoslarga ko‘ra bekor qilinganligini aniqlashi zarur. Bunda, sudlar, shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 85-moddasiga muvofiq ishni tugatgan mavsumiy-vaqtinchalik ishchilar, muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchilar, shuningdek, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z ixtiyori bilan yoki mehnat intizomini buzganligi sababli yoki jinoyat sodir etganligi sababli mehnat shartnomasi bekor bo‘lib ishdan bo‘shaganlar hamda o‘quv yurtida o‘qishni tugatganlar, o‘quv yurti talabasi safidan chiqarilganlar boshqa turar-joy berilmasdan ko‘chirilishi lozim.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslar bo‘yicha mehnat munosabatlarini to‘xtatgan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasida qayd etilgan shaxslar, faqat, Uy-joy kodeksining 9-moddasi talablariga javob beradigan boshqa uy ajratilgan holda yotoqxonadan ko‘chirilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda yotoqxonadan joy ajratish mumkin bo‘lmagan fuqaroga yotoqxona berilgan bo‘lsa, bunday shaxsni ko‘chirish to‘g‘risida da’vo taqdim qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 46-moddasiga muvofiq yotoqxonadan joy berish to‘g‘risidagi hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish masalasi hal etilishi lozim. Bunda sudlar Uy-joy kodeksining 47-moddasida ko‘zda tutilgan qoidalar qo‘llanilishini e’tiborga olishlari zarur.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sudlar uy-joy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlarni aniqlaganda ularga nisbatan FPK 275-moddasiga binoan xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli munosabat bildirishlari lozim.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1984-yil 30-oktabrdagi “O‘zbekiston SSR Uy-joy kodeksini sudlar tomonidan qo‘llash amaliyoti haqida”gi 11-sonli hamda shu qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 1986-yil 25-aprel, 1988-yil 27-dekabrdagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 14-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-son