Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021 01.06.2001 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 01.06.2001 yildagi 4-son
Date of entry into force
01.06.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FUQAROLIK IShLARINI APELLATSIYA, KASSATSIYA VA NAZORAT TARTIBIDA KOʻRISh AMALIYOTI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 14-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida sudlarning ixtisoslashuvi, sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish, sud ishlarining adolatli va oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlash yoʻlida qoʻyilgan muhim qadam boʻldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga fuqarolik sudlovini yuritishda apellatsiya institutining kiritilishi hamda kassatsiya instansiyasi vakolatlarining kengaytirilishi yuqori bosqich sudlari tomonidan sud qarorlari, shikoyat va protest vajlarini har tomonlama sinchiklab tekshirish, qoʻshimcha dalil, hujjat va holatlarga baho berish imkoniyatlarini yaratib, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda yuqori instansiya sudlari fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrishda birinchi bosqich sudlari tomonidan moddiy huquq normalari buzilgan holda qabul qilgan qarorlarini toʻldirish, oʻzgartirish, bekor qilib yangi qaror qabul qilish vakolatlaridan toʻla foydalanmayaptilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud qarorlarini har tomonlama sifatli va adolatli boʻlishini taʼminlash, ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri tatbiq qilish, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini yanada samarali himoya qilish va amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasida koʻrishda sudlar ish holatlari hamda berilgan shikoyat va keltirilgan protest vajlarini har tomonlama, sinchiklab tekshirishlari, birinchi bosqich sudlari tomonidan toʻplangan dalillar va hujjatlar bilan chegaralanmasdan qonunda belgilangan vakolatlar doirasida ishni qonuniy va adolatli hal qilinishiga qaratilgan barcha harakatlarni bajarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishni apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasida koʻrayotgan sudlar nizo yuzasidan birinchi instansiya sudlari tomonidan hal qiluv qarori chiqarilayotganda, ishning haqiqiy holatlari toʻla aniqlanganligini, taraflarning barcha vajlari xolisona va toʻla tekshirilganligini, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan dalillarga tegishli huquqiy baho berilganligini, hal qiluv qarorlaridagi xulosalar ishning haqiqiy holatlariga muvofiqligini, moddiy va protsessual qonun normalariga qay darajada amal qilinganligini, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorida bayon etilgan dasturiy tushuntirishlarga rioya qilinganligini har tomonlama toʻla tekshirib, baho berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudning hal qiluv qaror va ajrimlariga nisbatan berilgan shikoyat va keltirilgan protestlarni tegishli sud instansiyalarida koʻrilishi protsessual huquq normalarida koʻrsatilgan boʻlib, sud qarorlari chiqqan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 320, 346-moddalariga muvofiq berilgan shikoyat va keltirilgan protestlar apellatsiya instansiyasi sudlarida, qonuniy kuchga kirgan va apellatsiya tartibida koʻrilmagan sudning hal qiluv qaror va ajrimlari ustidan ular chiqarilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3481, 34816-moddalariga muvofiq bir yillik muddat ichida berilgan shikoyat va keltirilgan protestlar kassatsiya instansiyasi sudlarida, barcha sudlarning hal qiluv qaror, ajrim va qarorlariga nisbatan ular qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 350-moddasiga muvofiq uch yillik muddat ichida berilgan shikoyat va keltirilgan protestlar nazorat instansiyasi sudlarida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 20-moddasida koʻrsatilganidek har bir sud majlisi toʻgʻrisida, shuningdek sud majlisidan tashqari har qanday alohida hollarda ham protsessual harakat toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni birinchi bosqich sudi majlisi jarayonida boʻlgani kabi apellatsiya, kassatsiya na nazorat instansiyasi sudlarida koʻrishda ham Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 21-22-moddalarida belgilangan tartibda sud majlisi bayonnomasi yuritilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Barcha sudlarning hal qiluv qaror, ajrim va qarorlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 33-moddasi talabiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat berish huquqiga ega ekanliklarini (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 34-moddasi) inobatga olgan holda taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 54-moddasi 2-qismida belgilangan tartibda maxsus izoh berilgan alohida vakolatnomaga ega boʻlgan taqdirdagina oʻz tashabbuslari bilan tegishli instansiya sudlariga shikoyat berishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3481 va 34816-moddalari talabidan kelib chiqqan holda qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan eʼtiboran bir yil ichida tegishli tuman, viloyat va unga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan kassatsiya tartibida protest yoki xususiy protest kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari shikoyat yoki protestlar bilan kelgan fuqarolik ishlarini qabul qilib olishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protest nusxalari yuborilganligi, mazkur ishning apellatsiya, kassatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida ularga tegishli tartibda maʼlum qilinganligi holatlariga eʼtibor berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga binoan (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 326, 327, 3487, 3488-moddalari) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning berilgan shikoyat yoki protestlar bilan tanishishi va unga nisbatan oʻz eʼtirozlarini bildirishi ularning huquqidir. Garchand, shikoyat yoki protestlarga nisbatan eʼtirozlarni bildirish qonunda majburiy qilib belgilanmagan boʻlsada, eʼtirozlarni bildirilishi ishning haqiqiy holatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 322, 3483-moddalariga asosan apellatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyat va keltirilgan protestlar tegishli instansiya sudi nomiga yozilsa-da, hal qiluv qarori chiqarilgan sudga taqdim qilinadi. Shu oʻrinda, sudlarga tushuntirilsinki, bevosita ishni koʻrish lozim boʻlgan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga bu shikoyatlarning berilishi yoki protestlarning keltirilishi ularni koʻrmay qoldirish yoki qaytarishga asos boʻla olmaydi. Bunday tartibda kelib tushgan shikoyat va protestlar hal qiluv qarori yoki ajrim chiqargan sudga tegishli tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori instansiya sudlari, prokuratura va boshqa idoralarga bir yillik muddat davomida taraflardan kelib tushgan shikoyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3483, 3484, 3485, 3486, 3487, 3488-moddalari talablariga koʻra hal qiluv qarori chiqargan sudga kassatsiya tartibida rasmiylashtirish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi bosqich sudi berilgan kassatsiya shikoyati yoki protesti asosida hal qiluv qarorining ijrosini zudlik bilan toʻxtatish haqida ajrim chiqaradi va Fuqarolik protsessual kodeksining 325, 3486-moddalarida belgilangan protsessual harakatlarni amalga oshirib, darhol ishni tegishli instansiya sudiga rasmiylashtirib yuborish choralarini koʻrishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Apellatsiya shikoyati berish yoki protest keltirishda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 322, 323-moddalari talablarining buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi, shuningdek, davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs tomonidan shikoyat berish uchun davlat boji toʻlanmaganligi apellatsiya shikoyati yoki protestlarni harakatsiz qoldirishga asos boʻlishi taʼkidlansin (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 324-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar bilan berilgan kassatsiya shikoyati yoki protesti Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3485-moddasiga asosan, nazorat tartibidagi shikoyat esa, shu kodeksning 350-moddasiga asosan harakatsiz qoldiriladi. Bu haqda ajrim chiqarilib, tegishli taraflarga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya tomonidan belgilangan muddatda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan holda sudyaning asoslantirilgan ajrimi bilan shikoyat yoki protest ularni bergan taraflarga, qonuniy vakillar va protest keltirgan shaxslarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qiluv qarori bilan yakunlangan sud majlisi jarayonida chiqarilgan ajrim yuzasidan shikoyat berilgan yoxud protest keltirilgan taqdirda ular hal qiluv qaroriga shikoyat berish yoki protest keltirish uchun belgilangan muddat tugagandan soʻng ish bilan apellatsiya instansiya sudiga yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 343, 345, 347, 348, 34814, 15, l6-moddalari talablariga muvofiq, apellatsiya va kassatsiya instansiya sudlarida ishni koʻrishda ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan, ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishlicha xabardor qilinmagan yoki xabardor qilingan boʻlsa ham sudga kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan taqdirda, sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi hamda keyingi sud majlisi haqida taraflarni xabardor qiladi. Keyingi muddatda taraflarning yoki ularning vakillarining sud majlisiga kelmaganligi uzrsiz deb topilgandagina ishni koʻrish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 343, 34815-moddalari talabiga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiya sudlari birinchi bosqich sudlari tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishga, oʻzgartirishga, qisman yoki butunlay bekor qilib, nizo yuzasidan yangi hal qiluv qarori chiqarishga vakolatlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi bosqich sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 314-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan protsessual qonun normalari buzilganligi aniqlangan holda, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi sud qarorini qisman yoki butunlay bekor qilib, ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrishga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlarini yuqorida koʻrsatilgan protsessual huquq normalarining buzilganligi asosida qisman yoki butunlay bekor qilib, ishni yangidan mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqida ajrim chiqarayotgan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi sud qarorini bekor qilishga sabab boʻlgan barcha asoslarni va zarur hollarda ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatishi lozim. Ammo, sud, u yoki bu dalilning ishonchliligi, bir dalilning boshqasidan ustunligi toʻgʻrisida fikr yuritishga va mavjud boshqa dalillarga huquqiy baho berishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Apellatsiya va kassatsiya instansiya sudlari birinchi bosqich sudlari tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlarini faqat protsessual qonun normalari buzilgandagina bekor qilib, yangidan koʻrish uchun yuborishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qoidadan kelib chiqqan holda, ular, birinchi instansiya sudlari tekshirmasdan qoldirib ketgan, ish uchun ahamiyatli dalillar, hujjatlar va holatlarni aniqlab, tekshirishi hamda shular asosida hal qiluv qarorini toʻldirib oʻzgarishsiz qoldirishi, oʻzgartirishi, qisman yoki butunlay bekor qilib yangi hal qiluv qarori chiqarish bilan qonuniy toʻxtamga kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrish jarayonida taraflardan birida nizoga uzviy bogʻliq qarshi daʼvo ariza keltirish huquqi mavjudligi aniqlansa va bunday qarshi daʼvo talablarini alohida koʻrish imkoni boʻlmagan taqdirda, tegishli instansiya sudi qarshi daʼvo arizani qabul qiladi, u bilan taraflarni tanishtirib, nizolarni birgalikda mazmunan hal etadi (masalan: asosiy daʼvo uy-joyga yashash uchun kiritib qoʻyish toʻgʻrisida boʻlsa, shu ish boʻyicha javobgarlar tomonidan uy-joyda yashash huquqini yoʻqotgan, deb topish toʻgʻrisidagi qarshi daʼvo yoki aksincha). Qarshi daʼvo ariza Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 314-moddasi 2-qismi 2 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida, yaʼni, ishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, lekin ishda qatnashmagan va ishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga doir masalani hal qiladigan holatlar mavjud boʻlsa, tegishli instansiya sudi bu holatlarni koʻrsatib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Apellatsiya va kassatsiya instansiya sudlari shikoyat va protestlarni koʻrish jarayonida birinchi instansiya sudi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 97 va 100-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻla turib, ishni mazmunan koʻrib chiqib hal qiluv qarori chiqarganligini aniqlagan taqdirda, hal qiluv qarorini qisman yoki butunlay bekor qilib, ish yuritishni tugatishi yoxud arizani koʻrmasdan qoldirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar tomonidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati yoki protesti berilganidan soʻng, ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyalarida koʻrilgunga qadar taraflardan biri vafot etsa va ular oʻrtasidagi nizo boʻyicha huquqiy vorislikka oʻtilishiga yoʻl qoʻyilsa, tegishli instansiya sudi uning vorislarini ishga jalb qilib, berilgan shikoyat, keltirilgan protestlarni mazmunan koʻrishi, nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa, sud Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 100-moddasi 7-bandi asosida ish yuritishni tugatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Barcha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hamda harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 349-moddasida koʻrsatilgan vakolatli shaxslarning protestiga asosan nazorat tartibida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan fuqarolik ishlari, u apellatsiya yoki kassatsiya tartibida mazkur sudda koʻrilgan yoki koʻrilmaganligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 349-moddasi 4-6-qismlarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan keltirilgan protestlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 349-moddasida koʻrsatilgan nazorat tartibida protest keltirish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari ustidan kassatsiya muddati oʻtgan yoki oʻtmaganidan qatʼi nazar uch yil mobaynida nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega. Bunday protestlar fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlarning Rayosatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha nazorat sudlov hayʼatida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, oʻzlari birinchi bosqichda koʻrib fuqarolik ishlari boʻyicha chiqargan hal qiluv qarorlari hamda shu qarorlar yuzasidan qabul qilingan apellatsiya yoki kassatsiya ajrimlari ustidan nazorat tartibida keltirilgan protestlarni koʻrishga haqli emas (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 349-moddasi 2-qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 350-moddasida koʻrsatilganidek, nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza mazmun jihatidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 323-moddasiga muvofiq boʻlishi bilan birga, unga sud hal qiluv qarorining nusxasi, apellatsiya yoki kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari ajrimi, qarorining nusxasi, apellatsiya yoki nazorat tartibida protest keltirish rad etilganligi haqidagi vakolatli shaxsning javob xati hamda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan holda tegishli yuqori sud yoki prokurorga berilishi mumkin. Bu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, nazorat tartibida protest keltirish vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 349-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan ariza harakatsiz qoldirilishi, arizachiga esa, kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddati tushuntirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nazorat instansiyasi sudi apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga berilgan vakolatlar bilan birga birinchi bosqich sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlarini, apellatsiya yoki kassatsiya bosqich sudi ajrimlarini koʻrib chiqishda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligini yoki sud aniqlangan, deb hisoblagan holatlarning isbotlanmaganligini, sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 312—314-moddalarida sanab oʻtilgan boshqa asoslarning mavjudligini aniqlagan taqdirda, sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiya sudlariga yuborish vakolatiga ham egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sudlar apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ishlarni koʻrishda berilgan shikoyat va keltirilgan protestda bayon etilgan barcha vajlarga munosabat bildirishlari, nazorat instansiyasiga berilgan shikoyatlarda koʻrsatilgan vajlarga batafsil asoslantirilgan javob berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning Rayosatlari tumanlararo fuqarolik sudlarida koʻrilgan fuqarolik ishlarini nazorat tartibida koʻrishlari uchun, mazkur ishni apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrishda qatnashgan sudyalarni hisobga olmagan holda, qolgan Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nizo yuzasidan chiqarilgan sud qarorini bekor qilayotgan yoki oʻzgartirayotgan apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi ishni mazmunan koʻrgan sudya oʻz vazifalarini bajarishga beparvolik va eʼtiborsizlik bilan qaraganligi natijasida gʻayriqonuniy va asossiz hal qiluv qaror yoki ajrim chiqarishiga yoʻl qoʻygan, degan xulosaga kelsa, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 19-moddasiga binoan oʻzining xususiy ajrimi bilan bunga tegishli munosabat bildirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudiga, Toshkent shahar va viloyatlar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga muntazam ravishda apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiya sudlari amaliyotini umumlashtirish, quyi sudlarga amaliy yordam koʻrsatish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining mazkur qaroriga barcha sudlar tomonidan amal qilinishini nazorat etish majburiyati yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan 1976-yil 28-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan SSSR Oliy sudi Plenumining 1973-yil 8-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini sudlarda kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 6-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan 1977-yil 29-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan SSSR Oliy sudining 1974-yil 13-dekabrdagi “Fuqarolik ishlarini sud nazorati tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 1-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son