05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1895
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huziridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlantirish va nazorat qilish markazi bosh direktoriningning buyrugʻi, 05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1895
Date of entry into force
15.02.2009
Hujjat 15.02.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1895]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyul 160-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 298-modda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi Bosh direktorining 2003-yil 11-sentabrdagi 2003-15-sonli “Investitsiya institutlari faoliyatining iqtisodiy normativlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (2003-yil 30-sentabr, roʻyxat raqami 1280 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 9-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-02-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 9-yanvardagi 2009-02-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-y. 28-iyuldagi 160-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 31-32-son, 298-modda) qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimini oʻrnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi (keyingi oʻrinlarda — majburiy normativlar tizimi) — qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishda rioya etish uchun majburiy boʻlgan oʻz mablagʻlarining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat (keyingi oʻrinlarda — professional faoliyat) — qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish boʻyicha litsenziyalanadigan faoliyat turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda — professional ishtirokchi) — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomning majburiy normativlar tizimiga rioya etish va oʻz mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha talablari Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, fond birjalari va fond boʻlimlarini tashkil etgan boshqa birjalar, shuningdek tijorat banklari va sugʻurtalovchilar boʻlgan professional ishtirokchilarga tatbiq qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Majburiy normativlar tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Professional faoliyatning har bir qismi uchun oʻz mablagʻlarining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Majburiy normativlar tizimi professional faoliyatning har bir qismi uchun belgilangan oʻz mablagʻlarining eng kam miqdorlarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional faoliyatning bir qismini amalga oshirish niyatidagi shaxsning (litsenziya talabgorining) oʻz mablagʻlari miqdori litsenziyani olishga ariza berish paytida oʻz mablagʻlarining muvofiq eng kam miqdoriga, professional faoliyatni birga qoʻshib olib borish niyati boʻlgan taqdirda — majburiy normativlar tizimiga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Professional ishtirokchining oʻz mablagʻlari miqdori butun professional faoliyat davomida oʻz mablagʻlarining muvofiq eng kam miqdoriga, professional faoliyatni birga qoʻshib olib borgan taqdirda — majburiy normativlar tizimiga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agarda professional ishtirokchining tashkiliy-huquqiy shakl uchun ustav kapitalining (fondi) eng kam miqdoriga talablar qonun hujjatlarida mazkur Nizomda belgilangan majburiy normativlar tizimi va oʻz mablagʻlari eng kam miqdorlariga boʻlgan talablardan farqli belgilangan boʻlsa, ulardan koʻprogʻi qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Professional ishtirokchi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan vakolatli davlat organiga oʻz mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional ishtirokchi tomonidan oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vakolatli davlat organi belgilangan tartibda professional ishtirokchining oʻz mablagʻlarining hisoblangan miqdorini toʻgʻriligi va ular taqdim etgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Professional faoliyatni birga qoʻshib olib borish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qonun hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq professional faoliyatning birga qoʻshib olib boriladigan (qoʻshimcha) qismi professional faoliyatning amalga oshirilayotgan qismi bilan birga qoʻshib olib borilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni mazkur Nizomning IV-boʻlimida belgilangan holatlardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) investitsiya vositachisini (brokerni, dilerni) investitsiya maslahatchisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, depozitariy, transfer-agent professional faoliyati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) investitsiya maslahatchisini investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, depozitariy, transfer-agent professional faoliyati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisini investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, depozitariy, transfer-agent professional faoliyati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) depozitariyni investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, transfer-agent professional faoliyati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) hisob-kitob-kliring palatasini qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi professional faoliyati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) transfer-agentni investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, depozitariy professional faoliyati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisini hisob-kitob-kliring palatasi professional faoliyatlarni birga qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Professional ishtirokchi professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishda birga qoʻshib olib borilayotgan professional faoliyatning har bir qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning yakka hisobini tashkil etishi, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan professional faoliyatni qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi ustidan ichki nazoratni tashkil etishi va amalga oshirishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Professional ishtirokchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda professional faoliyatga taalluqli boʻlmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Professional ishtirokchilarga mazkur Nizomning 10-bandi bilan nazarda tutilmagan professional faoliyatni birga qoʻshib olib borish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Transfer-agent va depozitariyning professional faoliyatlarini birga qoʻshib olib boruvchi professional ishtirokchi investitsiya vositachisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Investitsiya fondining investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi depozitariy boʻla olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi faqat trasfer-agent va (yoki) hisob-kitob-kliring palatasining professional faoliyatini birga qoʻshib olib borishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Professional ishtirokchining ushbu shaxslar nomidan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi va (yoki) qimmatli qogʻozlar bozorida ishlarni bajaruvchi rahbari va xodimlari boshqa professional ishtirokchilarda lavozimlarni egallashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 61-modda; 2010-y., 26-27-son, 223-modda; 2013-y., 51-son, 672-modda; 2015-y., 37-son, 496-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2019-y., 10/19/1895-4/2797-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)