O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QO‘MITASINING
Qarori
FOND DO‘KONLARINI TAShKIL QILISh, ULAR TOMONIDAN QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN BITIMLAR TUZISh VA RO‘YXATGA OLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 4-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 278-1]
O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) 63-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan 1996-yil 27-avgustda tasdiqlangan “Fond do‘konlarini tashkil qilish, ular tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (1996-yil 28-avgust, ro‘yxat raqami 278) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-dekabr,
01/23-18/21-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 1-2-son, 6-modda)