O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN VALYUTA OPERATSIYALARI AMALGA OShIRILIShINING ASOSLANGANLIGI YuZASIDAN MONITORING OLIB BORISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-dekabrda 1281-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2467, 12.06.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2008-yil 6-oktabrda “O‘zaro ma’muriy hamkorlik va soliq sohasida ma’lumot almashinuvi to‘g‘risida”gi Bitimning imzolanishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 12-sentabrdagi 2003-67, 01-02/19-36 va 240-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (2003-yil 4-oktabr, ro‘yxat raqami 1281 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 19-20 son) 1-sonli ilovasining 47-bandi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-dekabr,
2008-45-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-dekabr,
01/02/19-58-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-dekabr,
240-V-2-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 534-modda)