31.07.2008 yildagi PQ-934-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.07.2008 yildagi PQ-934-son
Date of entry into force
31.07.2008
Hujjat 25.01.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATINING IQTISODIY HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH FONDI (YEDSF) IMTIYOZLI KREDITI MABLAGʻLARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq eng maqbul tarzda butlash hisobiga oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari sonini koʻpaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining umumiy kredit summasi doirasida oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari sonini loyihaga muvofiq xarid qilinadigan uskunalar roʻyxatidan bir-biriga oʻxshashlarini, shuningdek oʻquv jarayonida toʻliq hajmda ishlatilmaydiganlarini chiqarib tashlash hisobiga 60 tadan 150 tagacha oshirish, koʻrsatilgan roʻyxatda nomi yozilgan uskunalarni 138 tadan 43 tagacha qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning kiritiladigan oʻzgartishlarni hisobga olgan holda yangilangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tender savdolari natijalariga koʻra, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan barcha tartib-qoidalar oʻz vaqtida bajarilishining aniq muddatlarini belgilasin va uning ijro muddati asossiz choʻzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlaydigan qatʼiy nazoratni oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (EDCF) imtiyozli krediti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyiha doirasida quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya davrida bevosita yetkazib beruvchi hamda pudratchilardan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlatning maqsadli fondlariga va budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning xorijiy qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-934-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 396-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda)