Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 1-yanvariga qadar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga moslashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
1992-yil 1-aprelga qadar:
nogiron deb hisoblash uchun asoslar roʻyxatini ishlab chiqsin;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish respublika jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin;
quyidagi masalalarni:
salomatlikni tiklash markazlarini tashkil etish tartibi va muddatlariga, pul bilan taʼminlashga, ularning moddiy-texnikaviy va kadrlar taʼminotiga doir;
nogironlarning jamoat birlashmalariga ixtisoslashtirilgan korxonalar barpo etish hamda ularning moddiy bazasini mustahkamlashda yordam berish haqidagi;
tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash boʻyicha mutaxassislar, shu jumladan chet elda mutaxassislar tayyorlash haqidagi;
nogironlar uchun maxsus ish joylari yaratish haqidagi masalalarni hal etsin;
1992—1994-yillarda ijtimoiy infrastruktura obyektlarini, birinchi navbatda transport vositalari va kommunikatsiyalarni, vokzal komplekslarini, aeroportlar, shuningdek nogironlar yashaydigan turar joy binolarini nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda qayta jihozlash choralarini koʻrsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 18-noyabr,
423-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 79-modda)