10.11.2008 yildagi PF-4051-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.11.2008 yildagi PF-4051-son
Date of entry into force
10.11.2008
Hujjat 10.11.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

“MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh BORASIDAGI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuvi darajasini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil eta boshlash hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda bankning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini aktivlashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandliligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining mini-texnologiyalarni va zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun imtiyozli kreditlardan keng koʻlamda foydalanishlarini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2008-2009-yillarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha 72 mlrd. soʻmga koʻpaytirib, uning umumiy miqdorini 150 mlrd. soʻmga yetkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli imtiyozli kreditlar ajratish orqali yangi korxonalar va ish oʻrinlarini yaratish uchun boshlangʻich kapitalni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, ayniqsa, qishloq joylarda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlariga oʻz faoliyatini kengaytirish hamda xomashyo va materiallarni keyinchalik qayta ishlash uchun xarid qilish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ichki bozorni respublikamizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan boyitish, shuning hisobiga qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun imtiyozli kredit mablagʻlaridan foydalanishlariga keng yoʻl ochib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari tomonidan korxonalarni texnik hamda texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy uskunalar va mini-texnologiyalarni, shu jumladan, mikrolizing shartlari asosida sotib olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer va dehqon xoʻjaliklariga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalarni, chorva mol, uy parrandalari, urugʻlik va koʻchatlar sotib olishga, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish, sugʻorish, tuproqqa ishlov berishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishga mikrokreditlar ajratish va mikrolizing boʻyicha xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan raqobatbardosh mahsulotlar koʻrgazma, yarmarkalarini tashkil etishda, reklama kompaniyalarini oʻtkazishda, shuningdek, ularni tashqi va ichki bozorlarga olib chiqishning boshqa shakllarini tashkil qilishda tadbirkorlarga yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank mijozlariga barcha turdagi bank xizmatlarini koʻrsatish, yangi bank mahsulotlarini amaliyotga joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholining shahar hamda qishloq joylardagi bank xizmatlaridan keng koʻlamda foydalanishlarini taʼminlaydigan filiallar va mini-banklar tarmogʻini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokreditlash va mikrolizing boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiyalari va grantlarini jalb etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va “Mikrokreditbank” ATBning “Mikrokreditbank” ATB tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar boʻyicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar boʻyicha — Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizidan 50 foiziga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari boʻyicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun avval olingan mikrokreditlar va unga qoʻshilgan foizlarini oʻz vaqtida va toʻliq qaytarib bergan tadbirkorlik subyektlari biznesni yanada rivojlantirish uchun keyingi mikrokreditlarni olish va “Mikrokreditbank” ATB xizmatlaridan foydalanishda ustunlik huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga zarur hollarda kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlikni keng miqyosda qoʻllab-quvvatlash uchun “Mikrokreditbank” ATBga imtiyozli shartlarda kreditlar berish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4051-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali va unga qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HAJMI

mlrd soʻm

T/r

Aksiyadorlar

Jami

shu jumladan, 2008-2009-yillarda qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

80,0

17,7

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

40,0

40

3.

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki

3,5

1,5

4.

“Asaka-bank”

2,5

1

5.

“Agrobank” ATB

2,0

1

6.

Sanoatqurilishbank

2,3

1,3

7.

“Oʻzbekinvest” MK

2,0

1

8.

“Oʻzbekneftgaz” MXK

6,0

5

9.

“Oʻzkimyosanoat” AK

2,0

1,5

10.

“Oʻzbektelekom” AK

3,0

2

11.

Boshqa aksiyadorlar

6,7

-

Jami

150

72

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3750-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3750-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2011-yilning” soʻzlari “2015-yilning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“berilgan imtiyozlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tarzda “Mikrokreditbank” ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 451-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2013-y., 14-son, 175-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)