30.10.2008 yildagi 235-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.10.2008 yildagi 235-son
Date of entry into force
30.10.2008
Hujjat 23.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HAKAMLIK SUDLARI HISOBINI YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-oktabrdagi 235-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish hakamlik sudi maqomini va uning vakolatlarini rasmiy tasdiqlash usuli hisoblanadi, Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari kitobiga hakamlik sudi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish muvaqqat hakamlik sudi maqomini va vakolatlarini rasmiy hisobga olish usuli hisoblanadi, Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga hakamlik sudi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va ularga hisobga olinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazishda va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishda hakamlik sudini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilmaydi, uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishning maqsadi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudlari tashkil etilganligini va ularning faoliyati tugatilganligini tasdiqlash, hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudlari faoliyatini tashkil etish va tugatish, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiradigan hakamlik sudyalari toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshirish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs uning hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida hakamlik sudining joylashgan joyi boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha adliya organiga ariza yuboradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda). Hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi kerak;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari mehnat daftarchalari (mavjud boʻlganda).
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarda koʻrsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs taqdim qilingan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Taqdim qilingan hujjatlarga asosan adliya organi belgilangan tartibda hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda adliya organi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish oʻn besh kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish toʻgʻrisida tegishli adliya organi Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga hakamlik sudi hisobi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi. Hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki arizachi tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi faoliyati tugatilgan, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomiga yoki ish tartibiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda yuridik shaxs oʻn ish kuni mobaynida adliya organiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Adliya organi barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini amalga oshirish uchun muvaqqat hakamlik sudining raislik qiluvchisi (nizo hayʼatda koʻrib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka koʻrib chiqilayotganda) hakamlik muhokamasi boshlangunga qadar hakamlik sudi joylashgan joydagi adliya organiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik bitimi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari roʻyxati (nizo hayʼatda koʻrib chiqilayotganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda). Hisobga olish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi kerak;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari mehnat daftarchalari (mavjud boʻlganda).
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Beshinchi va oltinchi xatboshilarda koʻrsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Adliya organi taqdim qilingan hujjatlarga asosan belgilangan tartibda hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda adliya organi muvaqqat hakamlik sudini hisobga olishni amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish besh kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisida tegishli adliya organi Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga va hakamlik bitimi tomonlariga yozma xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Hakamlik sudi tarkibini oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Hakamlik sudi tarkibi oʻzgartirilgan taqdirda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxs yoki mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan shaxslar bu toʻgʻrida adliya organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda). Bunda kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi toʻgʻrisidagi talabga rioya qilinishi kerak;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudyalari mehnat daftarchalari (mavjud boʻlganda).
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarda koʻrsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Adliya organi hakamlik sudyalarining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudyalari koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda adliya organi Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agar adliya organi hakamlik sudlari hisobi roʻyxatdan oʻtkazilgandan yoki hisobga olingandan keyin tegishli ravishda Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritilgan, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan hakamlik sudyalarini aniqlagan taqdirda u doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxsga yoki muvaqqat hakamlik sudi tashkil etgan hakamlik bitimi tomonlariga nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Adliya organi taqdimnomasi bajarilmaganda “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi talablariga muvofiq boʻlmagan hakamlik sudyalari Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestri yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestridan chiqarib tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida adliya organi bu toʻgʻrida vakolatli sudga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yoki Muvaqqat hakamlik sudi tegishli ravishda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisida xabarnoma olgandan keyin hakamlik ishini koʻrishga kirishadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil etish, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari haqidagi axborot hududiy adliya organlari tomonidan davriy ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta umumlashtirish va tizimlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu axborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tizimlashtiriladi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”da nashr etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiradigan hakamlik sudyalari toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Nizom qoidalarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎‎____________________________________________

(hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi adliya organ nomi)

____________________________________________


Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
‎ARIZA

___________________________________________________________________

‎‎(doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan

‎___________________________________________________________ huzurida

yuridik shaxsning toʻliq nomi, davlat tilida)

doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman.

‎Pochta manzili: ________________________________________
‎Pochta indeksi: ____________ Bogʻlanish telefoni: _____________

‎Taqdim qilinayotgan hujjatlar:

‎doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;

‎yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori nusxasi;

‎yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi;

‎hakamlik sudyalari roʻyxati;

‎hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari;

‎hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda) nusxalari;

‎hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud boʻlganda) nusxalari.

‎Men taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligini va qonun hujjatlariga muvofiqligini tasdiqlayman.

‎‎__________________________‎

‎‎____________________________‎

(toʻldirilgan sanasi va vaqti) ‎

(vakolatli shaxs — arizachi imzosi)

__________________________‎‎‎

____________________________‎‎‎

(qabul qilingan sanasi va vaqti)‎‎‎

(adliya organi masʼul xodimining imzosi)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Ariza tushgan sana va vaqt‎ Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning nomi‎ Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtgan tartib raqami va sanasi‎ Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarorning tartib raqami va sanasi ‎ Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami va sanasi‎ Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi sudyalari (F.I.O.)‎ Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi faoliyatini tugatish yoki uning hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartib raqami va sanasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎‎____________________________________________

(hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi adliya organining nomi)

____________________________________________


Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida
‎XABARNOMA

Sizga shu toʻgʻrida xabar qilamizki, ____________________________________
va ________________________________________________________________

(hakamlik bitimi tomonlarining davlat tilidagi toʻliq nomi)

oʻrtasidagi nizoni hal qilish uchun ____________________________________

‎‎(tashkil etilgan sanasi)‎

‎‎muvaqqat hakamlik sudi tashkil etildi.

‎Muvaqqat hakamlik sudi joylashgan joy: ___________________

‎Taqdim qilinayotgan hujjatlar:

‎hakamlik bitimi nusxasi;

‎hakamlik sudyalari roʻyxati (nizo hayʼatda koʻrilayotganda);

‎hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari;

‎hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda) nusxalari;

‎hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud boʻlganda) nusxalari.

‎‎__________________________‎

‎‎____________________________‎

‎‎(toʻldirilgan sanasi va vaqti)

(hakamlik sudi tarkibiga raislik qiluvchining yoki hakamlik sudyasining imzosi)

__________________________‎‎‎

____________________________‎‎‎

(qabul qilingan sanasi va vaqti)

(adliya organi masʼul xodimining imzosi)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat hakamlik sudlari reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎‏ Xabarnoma tushgan sana va vaqt‎‏ Hakamlik bitimi tomonlarining nomi‎‎‎ Muvaqqat hakamlik sudini tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarorning sanasi‎‏ Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olishni amalga oshirish tartib raqami va sanasi‎‏ Muvaqqat hakamlik sudlari sudyalari (F.I.O.)‎‏‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-oktabrdagi 235-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi “i” kichik band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“i) hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalardan‎ — eng kam oylik ish haqining 2 baravari;‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“j) hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalardan‎ — eng kam oylik ish haqining 2 baravari”.‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 443-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)