Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022 24.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1860
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining qarori, 24.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1860
Date of entry into force
04.10.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
Hujjat 06.06.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 24-sentabrda 1860-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/07-sonli qarori (roʻyxat raqami 1860-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shakli 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shaklini toʻldirish boʻyicha qoidalar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 15-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01/19-18/12-son

Davlat mulki qoʻmitasining 2008-yil 15-avgustdagi 01/19-18/12-sonli qaroriga
1-ILOVA

“Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shakli
‎20___ yil __________ uchun

Baholovchi tashkilotining nomi‎
Pochta manzili‎
Litsenziya raqami va berilgan sanasi, hamda baholash faoliyatining yoʻnalishi‎
Ustav kapitali‎
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami‎
Professional baholovchilar birlashmalariga aʼzoligi‎
Telefon/faks, e-mail‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Baholovchi tashkiloti rahbari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatkichning nomi‎ Satr raqami
Rahbarning familiyasi, ismi va sharifi‎ 01‎
Rahbarning lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning raqami va sanasi‎ 02‎
Pasport maʼlumotlari, yashash joyi‎ 03‎
Rahbarga berilgan baholovchi malaka sertifikatining raqami va sanasi‎ 04‎
Malaka oshirish kursini oʻtgan joyi va sanasi‎ 05‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tashkilot xodimlari soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatkichning nomi‎ Satr raqami‎ Hisobot davridagi holati‎
1‎ 2‎ 3‎
Xodimlar soni – jami,‎ 06‎
ulardan baholovchilar‎ 07‎
Shu jumladan:‎
a) shtatdagi baholovchilar‎ 08‎
b) fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlayotgan baholovchilar‎ 09‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Baholovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilingan baholovchilar)

Baholovchining familiyasi, ismi va sharifi ‎ Lavozimga tayinlangan sana‎ Baholovchining malaka sertifikati raqami va berilgan vaqti‎ Malaka oshirish kursidan oʻtgan sanasi va joyi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatkichning nomi‎‏ Satr raqami Hisobot davrida‎‎
shartnomalar soni‎ xizmatlar summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
Xizmatlar hajmi — jami,‎ 10‎
shu jumladan:‎
Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona (obyekt)ni baholash‎ 11‎
Bankrotlik tartibotlarini ijro etish maqsadida oʻtkazilgan baholash ishlari‎ 12‎
Moliya hisobini yuritish maqsadidagi baholash va/yoki asosiy fondlarni qayta baholash‎ 13‎
Xatlangan mol-mulkni baholash‎ 14‎
Garovga berilayotgan mulkni baholash‎ 15‎
Ustav kapitaliga hissa sifatida kiritilayotgan mulkni baholash‎ 16‎
Boshqa maqsadlardagi baholash‎ 17‎
Baholash faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan professional xizmatlarini koʻrsatish‎ 18‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholangan mulk turiga qarab koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
Koʻrsatkichning nomi‎‏ Satr raqami Hisobot davrida Oʻtgan yilning mos davrida
shartnomalar soni‎ xizmatlar summasi‎ shartnomalar soni‎ xizmatlar summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Baholash xizmatlari hajmi — jami,‎ 19‎
shu jumladan:‎
a) transport vositalarini baholash‎ 20‎
b) mashina va uskunalarni baholash‎ 21‎
v) intellektual mulkni baholash‎ 22‎
g) qimmatbaho, yarim qimmatbaho va mayda zebu ziynat buyumlari yasashga yaraydigan toshlarni, qimmatbaho metallarni, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlarni baholash‎ 23‎
d) koʻchmas mulkni baholash‎ 24‎
e) biznesni (mulkiy majmua sifatidagi korxonani) baholash‎ 25‎
j) ulushlar, aksiya paketlarini baholash‎ 26‎
z) boshqa turdagi mulklarni baholash‎ 27‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Baholash hisobotlari va ekspert xulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash natijalari nomi Satr raqami‎‏ Hisobot davrida
tuzilganlar soni‎ tuzishni rad etish
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
Baholash hisobotlari‎ 28‎
Ekspert xulosalari‎ 29‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Baholovchi tashkiloti rahbari ________________‎ ________________‎

(familiyasi)‎

(imzosi)‎

‎‎20___ y. ___ ______________________

M.Oʻ.‎

(maʼlumotlar toʻldirilgan sana)‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasining 2008-yil 15-avgustdagi 01/19-18/12-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaklini toʻldirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALAR

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (bundan keyingi oʻrinlarda — Maʼlumotlar) taqdim etish baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼlumotlar pochta yoki Internet tarmogʻi orqali 31-dekabr holatiga koʻra keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etiladi. III va IV-boblarning koʻrsatkichlari 31-dekabr holatiga yil boshidan buyon jamlangan holda toʻldiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/07-sonli qarori (roʻyxat raqami 1860-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maʼlumotlarda barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar toʻldirilishi lozim. Baholovchi tashkilotda tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli u yoki bu satr (ustun) toʻldirilmagan taqdirda, ushbu satr (ustun) chizib qoʻyiladi. Maʼlumotlardagi yozuvlar yozuv mashinkalari, mexanizatsiya vositalari yoki axborot texnologiyalari yordamida bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maʼlumotlarning manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Baholovchi tashkilotining nomi”da — belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilotining toʻliq nomi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pochta manzili”da — belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq pochta manzili (pochta indeksi bilan birgalikda) koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Litsenziya raqami va berilgan sanasi, hamda baholash faoliyatining yoʻnalishi”da — berilgan litsenziyaning raqami va sanasi koʻrsatilgan holda baholash faoliyatining yoʻnalishi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ustav kapitali”da — amalda shakllantirilgan ustav kapitalining summasi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami”da — baholovchi tashkilotning identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Professional baholovchilar birlashmalariga aʼzoligi”da — baholovchi tashkilot aʼzo boʻlgan baholovchilar jamoat birlashmasining nomi qayd etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Telefon/faks, e-mail”ida — baholovchi aloqa telefoni raqami, elektron pochtasi (e-mail)ning manzili koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Baholovchi tashkiloti filiallarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar baholovchi tashkilotning Maʼlumotlariga kiritilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maʼlumotlar baholovchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, tashkilot muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/33-sonli (roʻyxat raqami 1860-2, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 22-son, 254-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maʼlumotlarda boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda rahbar tomonidan tasdiqlangan tegishli izohlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maʼlumotlarda qiymatda ifodalangan koʻrsatkichlar ming soʻmda, boshqa koʻrsatkichlar — birlikda keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Baholovchi tashkilot amalda faoliyat koʻrsatgan vaqtidan qatʼi nazar, maʼlumotlar har yarim yilda toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Baholovchi tashkilot rahbari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Baholovchi tashkiloti rahbari bobida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarning familiyasi, ismi va sharifi (toʻliq) (01-satr);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarning lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning raqami va sanasi (02-satr);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport maʼlumotlari, yashash joyi (pasport boʻyicha) (03-satr);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarga berilgan baholovchi malaka sertifikatining raqami va sanasi (04-satr);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslarini oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar: kurslarni oʻtgan sanasi, kurslarni oʻtagan oʻquv markazining nomi (05-satr).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tashkilot xodimlari soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 06-satrda hisobot sanasi holatiga baholovchi tashkilotda ishlayotgan xodimlarning umumiy soni koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 07-satrda hisobot sanasi holatiga baholovchi tashkilotda ishlayotgan baholovchilarning soni koʻrsatiladi. Qayd etilgan son shtatdagi baholovchilar (08-satr) va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga (09-satr) asosan ishlayotgan auditorlar boʻyicha taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
07-satr koʻrsatkichi 08 va 09-satrlarning koʻrsatkichlari yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Baholovchilar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilingan baholovchilar)” jadvalida baholovchining familiyasi, ismi va sharifi (1-ustun), uning lavozimga tayinlangan sanasi (2-ustun), malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (3-ustun), baholovchi tomonidan malaka oshirilganligi sanasi va oʻtgan joyi (4-ustun) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jadvalda koʻrsatilgan baholovchilarning soni 07-satrda keltirilgan songa teng boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 10-satrning 3 va 4-ustunlarida hisobot davrida tuzilgan shartnomalarning umumiy soni va koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy summasi, mos ravishda, qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 11 — 18-satrlarning 3 va 4-ustunlarida baholashning turli maqsadlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan shartnomalar soni va koʻrsatilgan xizmatlar summasi, mos ravishda, qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 10-satr koʻrsatkichlari 11 — 18-satrlarning koʻrsatkichlari yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Baholangan mulk turiga qarab koʻrsatilgan xizmatlar hajmi” jadvalida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-satrning 3 va 4-ustunlarida hisobot davrida baholash xizmatlari boʻyicha tuzilgan shartnomalarning umumiy soni va summasi, mos ravishda, qayd etiladi. 5 va 6-ustunlarda oʻtgan yilning tegishli davri boʻyicha xuddi shunday koʻrsatkichlar aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 — 27-satrlarning 3 va 4-ustunlarida baholangan mulk turlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan shartnomalar soni va koʻrsatilgan xizmatlar summasi, mos ravishda, qayd etiladi. 5 va 6-ustunlarda oʻtgan yilning tegishli davri boʻyicha xuddi shunday koʻrsatkichlar aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-satr koʻrsatkichlari 20 — 27-satrlarning koʻrsatkichlari yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Baholash hisobotlari va ekspert xulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. 28-29-satrlardagi 3-ustunda taqdim etilgan baholash hisobotlari va ekspert xulosalarining umumiy soni koʻrsatiladi. 4-ustunda taqdim etilgan baholash hisobotlari va ekspert xulosalarini tuzishning rad etish holatlari umumiy soni koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 401-modda; 2014-y., 13-son, 145-modda; 2016-y., 22-son, 254-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1860-3/2735-son)