16.09.2008 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.09.2008 yildagi 209-son
Date of entry into force
16.09.2008
Hujjat 16.09.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QASHQADARYO VILOYATIDA GʻALLACHILIK VA PAXTACHILIKNING ILMIY BAZASINI YANADA MUSTAHKAMLASH VA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻallachilik va paxtachilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada chuqurlashtirish, Qashqadaryo viloyati ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, qattiq va yumshoq bugʻdoyning yangi raqobatbardoshli navlarini, shuningdek mintaqalarning tabiiy-iqlim sharoitlariga javob beradigan tezpishar, qurgʻoqchilikka chidamli gʻoʻza navlarini yaratish ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzurida Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq va yumshoq bugʻdoyning yuqori sifat koʻrsatkichlariga ega boʻlgan, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli raqobatbardoshli yangi navlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalarning tabiiy-iqlim sharoitlariga javob beradigan xorijiy va mahalliy navlarni tanlab olish va joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaratilayotgan boshoqli don ekinlari navlarining boshlangʻich urugʻchiligi tizimini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv bilan yetarli taʼminlanmagan va qurgʻoqchilik sharoitlarida boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil olish boʻyicha ilgʻor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi hamda xodimlarining 62 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlgan cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bir oy muddatda institutni yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda — tashkil etilayotgan institutga viloyatning uchta zonasida 1000 gektar ishlov beriladigan, shu jumladan 300 gektar sugʻoriladigan va 700 gektar lalmi yerlar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — institutni maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, shuningdek aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyat koʻrsatayotgan Qashqadaryo filialini tarkibiy boʻlinmalar tashkil etish, uning ilmiy-ishlab chiqarish bazasini kengaytirish hamda kadrlar tarkibini yetakchi olimlar va mutaxassislar bilan mustahkamlash asosida yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya, urugʻchilik, navlarni yangilash, tolasining sifati yuqori boʻlgan tezpishar yangi gʻoʻza navlarini yaratish va ularni mintaqaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida oqilona joylashtirish sohasidagi ishlarni takomillashtirish va jadallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv bilan yetarli taʼminlanmagan va qurgʻoqchilik sharoitlarida gʻoʻza oʻstirishning zamonaviy agrotexnologiyalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻzaning yangi va istiqbolli navlari boshlangʻich urugʻchiligi tizimini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining tuzilmasi va xodimlarining 38 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlgan cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qashqadaryo viloyati hokimligi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining tashkil etilayotgan Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali faoliyatini tashkil etish uchun 3-ilovadagi jadvalga muvofiq mablagʻlarni bosqichma-bosqich ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali tomonidan ishlab chiqiladigan ilmiy-amaliy va innovatsiya ishlarini 2009 — 2011-yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish dasturlari boʻyicha budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish yuzasidan tanlovlar oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda boshoqli don ekinlari urugʻi yetishtiruvchi xoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2009 — 2015-yillarda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalarda Qashqadaryo viloyati uchun bakalavrlar, magistrlar, aspirantlar va doktorantlar tayyorlashni tashkil etsin, bunda kelgusida ularni tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy muassasalarga yuborish va ulardan oqilona foydalanishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 16-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-sentabrdagi 209-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-sentabrdagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-sentabrdagi 209-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining faoliyatini tashkil etish uchun “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mablagʻlarini ajratish jadvali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Xarajatlar nomi 2008-yil 2009-yil 2008-2009-yillarda jami
jami shu jumladan oylar boʻyicha jami shu jumladan oylar boʻyicha
X‎ XI‎ XII‎ I‎ II‎ III‎ IV‎ V‎ VI‎ VII‎ VIII‎ IX‎ X‎ XI‎ XII‎
Hammasi 1820,57‎ 523,52‎ 623,52‎ 673,52‎ 875,65‎ 321,51‎ 174,45‎ 134,97‎ 27,16‎ 27,16‎ 27,16‎ 27,16‎ 27,16‎ 27,16‎ 27,16‎ 27,16‎ 27,41‎ 2696,22‎
1.‎ Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti boʻyicha, hammasi 1617,14‎ 455,71‎ 555,71‎ 605,71‎ 532,22‎ 253,70‎ 106,64‎ 17,16‎ 17,16‎ 17,16‎ 17,16‎ 17,16‎ 17,16‎ 17,16‎ 17,16‎ 17,16‎ 17,41‎ 2149,36‎
Maʼmuriy binoni taʼmirlash 500,00‎ 100,00‎ 200,00‎ 200,00‎ 500,00‎
Laboratoriya jihozlari va boshqa asbob-uskunalar xarid qilish 109,65‎ 36,55‎ 36,55‎ 36,55‎ 36,54‎ 36,54‎ 146,19‎
Qishloq xoʻjaligi texnikasi xarid qilish 950,00‎ 300,00‎ 300,00‎ 350,00‎ 289,48‎ 200,00‎ 89,48‎ 1239,48‎
Ajratmalar bilan birgalikda mehnatga haq toʻlash 32,74‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 130,95‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 10,91‎ 163,69‎
Malakali kadrlar tayyorlash va boshqa joriy xarajatlar 24,75‎ 8,25‎ 8,25‎ 8,25‎ 75,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,25‎ 6,50‎ 100,00‎
2.‎ Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali boʻyicha, hammasi 203,43‎ 67,81‎ 67,81‎ 67,81‎ 343,43‎ 67,81‎ 67,81‎ 117,81‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 546,87‎
Maʼmuriy binoni taʼmirlash 50,00‎ 50,00‎ 50,00‎
Laboratoriya jihozlari va qishloq xoʻjaligi texni-kasi xarid qilish 173,43‎ 57,81‎ 57,81‎ 57,81‎ 173,43‎ 57,81‎ 57,81‎ 57,81‎ 346,87‎
Malakali kadrlar tayyorlash va boshqa joriy xarajatlar 30,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 120,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 10,00‎ 150,00‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 379-modda)