Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.1998 09.12.1992 yildagi 749-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 09.12.1992 yildagi 749-XII-son
Date of entry into force
15.03.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.1998
Hujjat 15.03.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 550-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari toʻla yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonuniy hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil № 6, 3-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kodeks quyidagi mazmundagi 193-1-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“193-1-modda. Koʻp voqeali ishlarning tergovini nazorat qilishda prokurorning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari koʻp voqeali alohida xavfli ayrim jinoiy ishlar boʻyicha muayyan shaxsga nisbatan toʻplangan dalillarni ayblovning ayrim voqealari boʻyicha yetarli deb hisoblasalar, tergovni tugallash haqida yozma koʻrsatma berishga va shu voqealar boʻyicha ishni sudga yuborishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 17, 78-1, 79, 186, 343-1, 347, 350, 360, 404, 421-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17-modda. Jinoyat-sudlov ishlarini yurgizishda prokurorning oʻrni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari surishtiruv va dastlabki tergov idoralari tomonidan aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar. Prokuror qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek oʻzi yoki sud zarur deb topgan taqdirda, ishlarning sudda qarab chiqilishida ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror jinoyat-sudlov ishlari yurgizishning hamma bosqichlarida har qanday qonunbuzarlikni kim tomonidan sodir qilinishidan qatʼi nazar, qonunda belgilangan choralarni oʻz vaqtida koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror jinoyat-sudlov ishlarini yurgizishda oʻz vakolatini davlat hokimiyati mahalliy idoralari va boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalariga bogʻliq boʻlmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) asoslanib mustaqil amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning qonunga muvofiq chiqargan qarori barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaxslar va fuqarolik tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78-1-modda. Hibsga olish uchun ruxsat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarni hibsga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar ruxsat (sanksiya) berish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda koʻzda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokuror gumon qilinayotgan shaxsni yoki ayblanuvchini hibsga olishga ruxsat (sanksiya) beradi. Hibsga olishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish chogʻida prokuror qamoqqa olib turish asoslari koʻrsatilgan barcha materiallar bilan puxta tanishib chiqishi va zarur hollarda gumon qilinayotgan shaxsni yoki ayblanuvchini shaxsan soʻroq qilishi, voyaga yetmagan gumon qilinayotgan shaxsni yoki ayblanuvchini esa albatta soʻroq qilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79-modda. Qamoqda olib turish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy ishlar yuzasidan jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda olib turish muddati ikki oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu muddat tergovni tugatish imkoni boʻlmagan va ehtiyot chorasini oʻzgartirish uchun asoslar boʻlmagan holda tuman, shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan uch oygacha uzaytirilishi mumkin. Ishning alohida murakkab ekanligi sababligina Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan bu muddat olti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqda olib turish muddatini olti oydan ortiq uzaytirishga alohida hollarda va faqat ogʻir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan yoʻl qoʻyiladi. Chunonchi, muddatni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari — toʻqqiz oygacha va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori — bir yilgacha uzaytirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatni yana uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qamoqda olib turilgan ayblanuvchi darhol ozod etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergov qilish tugallangan jinoiy ish materiallari ayblanuvchiga va uning himoyachisiga tanishib chiqish uchun ushbu moddaning uchinchi qismida koʻzda tutilgan qamoqda olib turishning eng oxirgi muddati tugashiga kamida bir oy qolganda taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchi va uning himoyachisi jinoiy ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun ketgan vaqt ehtiyot chorasi sifatida qamoqda olib turish muddatini hisoblashda eʼtiborga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini qamoqda olib turish muddati tugagan, ishni sud yangidan tergov qilishga qaytargan, ishning holatlariga koʻra esa qamoqda olib turish tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmagan hollarda tergov ustidan nazoratni amalga oshirayotgan prokuror qamoqda olib turish muddatini ish unga kelib tushgan paytdan boshlab bir oy atrofida uzaytirishi mumkin. Koʻrsatilgan muddatni yana uzaytirish aybdorning ishi sudga yuborilgunga qadar qamoqda oʻtirgan vaqtini hibsga olish ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida belgilangan tartib va doirada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186-modda. Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari qonunlarning ijro etishlari ustidan nazorat olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish vaqtida qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruv va dastlabki tergov idoralarining qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat olib borar ekan prokuror oʻz vakolati doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv va dastlabki tergov idoralaridan tekshirish uchun jinoyat ishlarini, sodir qilingan jinoyatlar toʻgʻrisida, operativ-qidiruv faoliyatining, surishtiruv va dastlabki tergovning borishi toʻgʻrisidagi hamda jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlashning holati haqidagi hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni talab qiladi, sodir qilingan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar va maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hal etish xususidagi qonun talablari ijro etilishini oyida kamida bir marta tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergovchilar va surishtiruv olib boruvchi shaxslar chiqargan gʻayriqonuniy va asossiz qarorlarni bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish va bekor qilish, jinoyatni kvalifikatsiyalash, ayrim tergov harakatlarini olib borish va jinoyat sodir qilgan shaxslarni qidirib topish haqida yozma koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv idoralariga jinoyat sodir qilgan shaxslarni ushlash, tutib keltirish, qamoqqa olish, tintuv qilish, izlanayotgan ashyoni ixtiyoriy tarzda topshirish, qidirib topish haqidagi qarorlarni ijro etishni, boshqa tergov harakatlari olib borishni topshiradi, shuningdek jinoyatlarni fosh qilish va ularni sodir qilgan shaxslarni aniqlab topish uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida, prokuror yoki prokuratura tergovchisi qoʻlida mavjud boʻlgan ishlar boʻyicha koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv va dastlabki tergov olib borishda qatnashadi, zarur hollarda ayrim tergov harakatlarini shaxsan oʻzi bajaradi yoki har qanday ish yuzasidan toʻla hajmda tergov oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeksda koʻzda tutilgan hollarda tintuv oʻtkazish, pochta-telegraf xat-xabarlarini xatlab qoʻyish va ularning ixtiyoriy tarzda topshirilishi gumon qilinayotgan shaxs ayblanuvchining telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib borayotgan suhbatlarini eshitish, ayblanuvchini mansabidan chetlashtirish haqida va tergovchi hamda surishtiruv idorasi boshqa harakatlar qilishi xususida ruxsatnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda tergov muddatini hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqda olib turish muddatini uzaytiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy ishlarni surishtiruv va dastlabki idoralariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish haqidagi oʻzining koʻrsatmalari bilan qaytarib yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv olib boruvchi idoradan har qanday ishni olib, uni tergovchiga topshiradi, ishni dastlabki tergov idorasining biridan boshqasiga olib beradi, shuningdek ishni nihoyatda toʻla va xolis tergov qilish maqsadida bir tergovchidan boshqa tergovchiga olib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv olib boruvchi shaxs yoki tergovchi ishni tergov qilish vaqtida qonunning buzilishiga yoʻl qoʻysa, ularni bundan keyin surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borishdan chetlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy ish qoʻzgʻatadi yoki jinoiy ish qoʻzgʻatishni rad etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy ishlar boʻyicha ish yuritishni yotqizadi yoki toʻxtatib qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchi yoki surishtiruv idorasiga ish yuritishni toʻxtatish uchun rozilik beradi, ayblov xulosasi (qaror)ni tasdiqlaydi, jinoiy ishlarni sudga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
343-1-modda. Mahkumni tergov izolyatoriga yoki turmaga joylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxs sodir qilgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlarini olib borish zarur boʻlganda, axloq tuzatish mehnat yoki tarbiya-mehnat koloniyasida jazoni oʻtash sharti bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxs Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar roziligi bilan — ikki oygacha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosarlarining roziligi bilan—toʻrt oygacha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan olti oygacha muddatga yoki ish sudda koʻrilishi munosabati bilan sud ajrimiga binoan, ish koʻrilib boʻlguncha, tergov izolyatori yoki turmaga joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
347-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi va qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi va qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida shu huquq berib qoʻyilgan prokuror, sud raisi va ularning oʻrinbosarlari protestiga binoangina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protestni quyidagilar kiritishga haqlidirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qaroridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasidagi har qanday sudning hukmi, ajrimi va qarori ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va ularning oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tuman (shahar) sudlarining hukmlari va ajrimlari, ishni kassatsiya tartibida koʻrgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining jinoiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati ajrimlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat prokurori, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpogʻiston Oliy sudi raisi, viloyat va Toshkent shahar sudlari raislari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protest kiritgan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Prokuror keltirilgan protest yuqori turuvchi prokuror tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
350-modda. Sud hukmining, ajrimining va qarorining ijrosini toʻxtatib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasidagi har qanday sudning protest kiritilgan hukmi, ajrimi va qarori ijro etilishini ish nazorat tartibida hal qilinguniga qadar toʻxtatib turishga haqlidirlar. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur shaxslar jinoiy ishni talab qilib olish bilan bir vaqtda hukm, ajrim va qarorning ijrosini to ular yuzasidan protest kiritilganga qadar uch oydan oshmaydigan muddatga toʻxtatib qoʻyishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
360-modda. Yangi ochilgan holatlarga asosan jinoiy ishga protest kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi ochilgan holatlarga asosan hukmni bekor qilish xususidagi protest Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha sudlarning hukmlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
404-modda. Dastlabki qamoq joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki qamoq joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
421-modda. Ushlanganlar saqlanadigan joylarda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan shaxslar saqlanadigan joylarda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 26-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi prokurori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 93-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi prokurori”, “Qoraqalpogʻiston ASSR” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 108-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir qilingan jinoyatlar haqidagi jinoiy ishlar boshqa chet el davlatlarining tergov idoralari tomonidan xalqaro va davlatlararo bitimlar asosida tergov qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 109-moddaning ikkinchi qismi “Ayblanuvchi tariqasida” soʻzlaridan keyin “ehtiyot chorasini qoʻllash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, “rozi boʻlmagan taqdirda” degan soʻzlardan keyin esa “shuningdek prokuror ayblanuvchini hibsga olish uchun ruxsat berishni rad qilgan taqdirda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 121-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoyat ishlar boʻyicha dastlabki tergov ikki oylik muddatdan kechikmay tamomlanishi lozim. Dastlabki tergov muddati ish qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab, ish ayblov fikri bilan prokurorga yuborilgan, ish boʻyicha oʻtkazilayotgan tergov yotqizilgan yoki toʻxtatilgan paytgacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. Bu muddat tergovni tugatish imkoni boʻlmagan taqdirda tuman, shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokuror tomonidan uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergov qilish alohida murakkab boʻlgan ishlar boʻyicha ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlab tergov muddati Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokuror yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan — olti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat alohida hollarda dastlabki tergovning bu muddati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan yanada uzaytirilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 200-moddaning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston SSR prokurori, SSSR Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston SSR Prokurori, SSSR Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 227-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Prokuror sudlar tomonidan ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar qarab chiqilayotganda, shuningdek prokurorning oʻzi yoki sud zarur topgan ishlarni koʻrishda ishtirok etadi. Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, dalillarni tekshirishda qatnashadi; sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga va ayblov xulosasiga ilova qilingan roʻyxatga asosan yoki oʻz iltimosi boʻyicha sudga chaqirilgan shaxslarga savollar beradi; jinoiy harakatlarni kvalifikatsiya qilish boʻyicha jinoyat qonuni qoʻllash va unga jazo turi va meʼyorini tayinlash hamda sud hal qilishi lozim boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan sudda oʻz fikrini bayon etadi; jinoyat sodir etilishiga sabab boʻlgan vaziyatlar va shart-sharoitlar hamda ularni yoʻqotish choralari haqida oʻz mulohazalarini taqdim etadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 302-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Prokuror, uning oʻrinbosari gʻayriqonuniy yoki asossiz chiqarilgan har bir hukm ustidan kassatsiya tartibida protest kiritishi shart. Protest uni kiritgan prokuror yoki yuqori turgan prokuror tomonidan chaqirib olinishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 332-modda birinchi qismining 1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) Ushbu Kodeksda koʻzda tutilgan hollarda pul tovoni toʻlash, toʻlatish yoki jarima solish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan bu ajrim kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs tomonidan shikoyat berilishi yoki prokuror, uning oʻrinbosarlari tomonidan protest kiritilishi mumkin. Sudyaning ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan jabrlanuvchi va uning vakili shikoyat berishi yoki prokuror, uning oʻrinbosarlari tomonidan protest kiritilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Ushbu Kodeksning 215, 216, 235, 236, 238-moddalari, 286-moddalarining 3-qismi, 297, 340 va 341-moddalarida nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilishi mumkin emas, lekin prokuror, uning oʻrinbosarlari protest kiritishlari mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 352-moddaning yettinchi, sakkizinchi qismlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi prokuroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin; “SSSR Bosh prokurori” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 358-moddaning beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuroriga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻzbekiston Respublikasining Vedomostlari 1963-yil 23-martdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kodeks quyidagi mazmundagi 24-2-bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“24-2-BOB. HUQUQIY HUJJATNI GʻAYRIQONUNIY DEB TOPISh HAQIDA PROKURORNING SUDGA ARIZA BILAN MUROJAAT QILIShI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264-8-modda. Prokurorning sudga ariza bilan murojaat qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻayriqonuniy huquqiy hujjatni chiqargan idora yoki yuqori turgan idora tomonidan prokurorning protesti rad qilinganda yoki protest qonunda koʻrsatilgan muddatda koʻrilmagan taqdirda ariza bilan prokuror sudga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264-9-modda. Prokurorning ariza bilan sudga murojaat qilish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protest rad qilinganligi haqidagi xabar olinganidan soʻng yoki protest qarab chiqish uchun qonunda belgilangan muddat tugagandan keyin bir oy ichida prokuror sudga ariza berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264-10-modda. Protest kiritish huquqiy hujjatni harakatdan toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning sudga murojaati protest kiritilgan huquqiy hujjatning harakatini ish sudda koʻrilguncha toʻxtatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264-11-modda. Prokuror arizasini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror arizasi sud tomonidan 10 kun muddat ichida maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni qarab chiqish boʻyicha ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning arizasi uning ishtirokida va protest rad qilish haqida qaror chiqargan yoki uni muddatida koʻrib chiqmagan idora rahbari yoxud ularning qonuniy vakillari ishtirokida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protestni rad qilgan yoki uni muddatida koʻrmagan idora rahbari yoxud ularning qonuniy vakillari sud majlisiga uzrsiz sabab bilan kelmasliklari prokuror arizasining koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi, lekin sud ushbu shaxsning kelishini majburiy deb topishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264-12-modda. Prokurorning arizasi boʻyicha sud qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud prokurorning arizasini asosli deb topsa, uni qanoatlantirish va huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topish haqida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud protest kiritilgan hujjatni qonunga muvofiq holda uni chiqargan idoraning vakolat doirasida qabul qilingan deb topsa, arizani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy hujjatning qonuniy deb topish haqidagi prokurorning arizasi boʻyicha sudning chiqargan qarori protestni rad qilgan idora boshligʻiga yuboriladi. Sud qarorining ijrosi umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 13 va 349-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13-modda. Fuqarolik-sudlov ishlarini yurgizishda prokurorning oʻrni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek oʻzi yoki sud zarur deb topgan taqdirda, ishlarning sudda qarab chiqilishida ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror fuqarolik-sudlov ishlari yurgizishning hamma bosqichlarida har qanday qonunbuzarlikni bartaraf qilmoq uchun, bunday qonunbuzarlik kim tomonidan sodir qilinishidan qatʼi nazar, qonunlarda belgilangan choralarni oʻz vaqtida koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror fuqarolik-sudlov ishlarini yurgizishida oʻz vakolatini davlat hokimiyati mahalliy idoralari va boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalariga bogʻliq boʻlmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va davlatlararo shartnomalarga, bitimlarga asoslanib mustaqil amalga oshiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“349-modda. Protest kiritish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) sudlarining, Toshkent shahar sudining, viloyat sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va ularning oʻrinbosarlari protest kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat prokurori, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudining raisi, viloyat sudining raisi, Toshkent shahar sudining raisi tuman (shahar) sudlarining qarorlari, ajrimlari ustidan hamda tegishli boʻlishiga qarab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudining, viloyat sudi va Toshkent shahar sudining ishni kassatsiya tartibida koʻrgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov xayʼatlari chiqargan ajrimlari ustidan protest kiritishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 251-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4) Huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topish haqidagi prokurorning arizasi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi band beshinchi band deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1970-yil 24-iyundagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining axloq tuzatish-mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1970-yil, № 18, 168-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ozodlikdan mahrum etish, surgun, badargʻa va ozodlikdan mahrum etmasdan axloq-tuzatish ishlariga jalb etish haqidagi hukmlarni ijro etishda qonunlarning aniq bajarilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiradilar. Qonunlarning bajarilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirar ekan, prokuror qonunning har qanday buzilishini oʻz vaqtida topish va bartaraf qilish choralarini koʻrishga, bu qonunning kim tomonidan buzilishidan qatʼi nazar, buzilgan huquqlarni tiklashga va aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga majburdir”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 15-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borish zarur boʻlgan hollarda axloq-tuzatish-mehnat yoki tarbiya mehnat koloniyalarida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkum Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurori, ularga tenglashtirilgan boshqa prokuror ruxsati bilan—ikki oygacha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosarining ruxsati bilan — toʻrt oygacha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan esa — olti oygacha qamoqda yoki tergov izolyatorida qoldirilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 20-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilishi munosabati bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurori va ularga tenglashtirilgan boshqa prokurorlarning ruxsati bilan — ikki oygacha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosarlari ruxsati bilan — toʻrt oygacha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan esa — olti oygacha”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kodeks quyidagi mazmundagi 187-6-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“187-6-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik va talabini bajarmaganlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktlar va boshqa zarur hujjatlarni, materiallar va axborotlarini berishdan, tekshiruv, taftish oʻtkazishdan, mutaxassislarni ajratishdan, prokuraturaga kelishdan, qonun buzilishi munosabati bilan tushuntirish berishdan bosh tortish hamda prokuror yuborgan hujjatlarni koʻrib chiqmaslik yoki ularni toʻla hajmda bajarmaslik, shuningdek prokurorga uning gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida biron-bir tarzda taʼsir koʻrsatganlik,—
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir barobaridan uch barobarigacha miqdorida, mansabdor shaxslarga esa eng kam oylik ish haqining uch barobaridan yetti barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 232-modda “187-5” raqamlaridan keyin “187-6” raqamlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 288-moddaning ikkinchi qismi “171” sonidan keyin “187-5” raqamlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Belgilab qoʻyilsinki, Maʼmuriy-huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining “187-6-moddasida koʻzda tutilgan maʼmuriy-huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatish haqidagi qarorni (protokol) va boshqa materiallarni prokuror sudga yoʻllaydi, sud esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ishni koʻrib chiqadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
749-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 32-modda)