Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.08.2008 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.08.2008 yildagi 178-son
Date of entry into force
11.08.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON-KOREYA “UZ-SHINDONG SILICON” MASʼULIYATI ChEKLANGAN JAMIYAT QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda geologiya-qidiruv ishlarini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuqori texnologiyalar industriyasini rivojlantirish uchun xomashyo bazasi hisoblangan qattiq foydali qazilmalar qazib olishni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining “Shindong Enercom Inc.” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan birgalikda Jizzax viloyatining Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlarida kvars va kvarsitlar konlarini aniqlash va keyinchalik qazib olish maqsadida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “Uz-Shindong Silicon” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Uz-Shindong Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining ustav kapitali miqdori 2430 ming AQSh dollariga teng ekanligi, undan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shindong Enercom Inc.” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) ulushi 50 foiz miqdorida ekanligi — pul mablagʻlari va asbob-uskunalar hisobiga shakllanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi ulushi 50 foiz miqdorida ekanligi — Jizzax viloyatining Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlarida tarkibida kvars mavjud boʻlgan xomashyoga ilgari oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlari davomida olingan geologiya, geofizika axboroti va boshqa axborot hisobiga shakllanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi va “Uz-Shindong Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyatining Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlari uchastkalari doirasida texnik kremniy ishlab chiqarish uchun yaroqli boʻlgan kvars va kvarsitlar, shuningdek kremniyning poli- va monokristallari konlarini aniqlash boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlari natijalari boʻyicha texnik kremniy, shuningdek kremniyning poli- va monokristallari korxonasi va soʻngra u asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borish davomida aniqlangan konlar bazasida mikroelektronika elementlari, shu jumladan quyosh elementlari fotoelektrik modullar korxonasi tashkil etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritilishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi “Uz-Shindong Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga uch yil muddatga Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlarini geologik oʻrganish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun belgilangan tartibda litsenziya bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jizzax viloyati hokimligi “Uz-Shindong Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlarida yer osti uchastkalarini geologik oʻrganish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Uz-Shindong Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha qoʻshma korxona faoliyatida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, shu jumladan koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uz-Shindong Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha qoʻshma korxona faoliyatida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishini, shuningdek ular yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Uz-Shindong Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 11-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 316-modda)