30.07.2008 yildagi PQ-929-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 30.07.2008 yildagi PQ-929-son
Date of entry into force
30.07.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI XODIMLARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH VA ULAR MEHNATIGA HAQ TOʻLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar rahbar hamda pedagog kadrlarining mehnatini moddiy ragʻbatlantirish va unga haq toʻlashning yuksak kasb mahoratini namoyon etgan va taʼlim-tarbiya jarayoniga shaxsan katta hissa qoʻshayotgan iqtidorli pedagoglarni ragʻbatlantirishni koʻzda tutuvchi sifat jihatdan yangi mexanizmini joriy etish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj sezilayotgan malakali mutaxassislar tayyorlashda ularning masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 1-sentabrdan boshlab pedagog va rahbar xodimlarning lavozimlari va malaka toifalari boʻyicha bazaviy tarif stavkalarini belgilashga, mehnatga haq toʻlashning obyektiv, ochiq-ravshan mexanizmini tatbiq etishga asoslangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va taʼlim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan muassasalar xodimlariga bir martalik mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish yoʻli bilan ularni ragʻbatlantirish uchun Direktor jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining Direktor jamgʻarmasi barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari — kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari har bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi huzurida tegishli muassasa rahbari boshchiligida hamda Vasiylik kengashi, pedagoglar va ota-onalar jamoatchiligi vakillari ishtirokida tashkil etiladigan, oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan tasarruf etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlarining, oʻquv ishlari, kasbiy taʼlim va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari Yagona tarif tizimi boʻyicha amaldagi stavkalarga nisbatan oʻrta hisobda 1,4 baravar oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruh rahbarligi uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizidan 35,2 foizigacha;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozma ishlarni tekshirish uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan 17,6 foizigacha;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va laboratoriya kabinetlariga mudirlik uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 8,8 foizidan 17,6 foizigacha oshirilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida yuqori kasb mahoratiga ega boʻlganligi va oʻquv-tarbiya jarayoniga shaxsan hissa qoʻshganligi, taʼlim berishdagi yuqori samaradorligi hamda sifati, oʻquvchilarning kasb-hunar koʻnikmalari va bilimlarini rivojlantirganligi, tarbiyaviy va darsdan tashqari ishlar olib borganligi uchun Direktor jamgʻarmasidan ularga bazaviy tarif stavkalarining 40 foizigacha miqdorida oylik ustama haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining Direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 30-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-929-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)