Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2019 29.05.2008 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.05.2008 yildagi 114-son
Date of entry into force
29.05.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududida sanoat va radiatsiya xavfsizligiga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga sanoat xavfsizligi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ekspert tashkilotlarni akkreditatsiya qilish vazifasi yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 29-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 22-23-son, 202-modda; 2011-y., 19-son, 191-modda)