Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.09.1999 14.06.1991 yildagi 298-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.06.1991 yildagi 298-XII-son
Date of entry into force
29.06.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.09.1999
Hujjat 29.06.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OITS BILAN KASALLANIShNING OLDINI OLISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-avgustdagi 817-I-son “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (oiv kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalar fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini) aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtish, shu jumladan ismi-sharifini sir saqlagan holda oʻtish huquqi taʼminlanadi. Sogʻliqni saqlash idoralari va muassasalari tekshiriluvchi uchun ham, shuningdek tibbiyot xodimlari uchun ham bunday tekshiruvlarning xavfsizligini taʼminlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, mazkur shaxslarga odamning immunitet tanqisligi virusi yuqqan boʻlishi mumkin deb yoki yuqqan deb taxmin qilish uchun tibbiy yoki huquqiy ruhdagi yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalarining qaroriga muvofiq tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Virus yuqqanligi aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy istiqomat joylarida profilaktika maqsadida kuzatib borilishi, ajnabiy fuqarolar esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish hamda profilaktika maqsadida kuzatib borish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq belgilanadi hamda matbuotda eʼlon qilinishi va tanishish uchun ochiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalari maʼlum bir shaxs xususida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish yoki uni profilaktika maqsadida kuzatib borish haqida qaror qabul qilgan boʻlsalar, oʻsha shaxs yozma chaqiruvga binoan sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalariga kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tekshiruvdan oʻtish yoki profilaktika maqsadidagi kuzatish uchun uzrli sababsiz kelmaganlari taqdirda prokurorning ruxsati bilan sogʻliqni saqlash muassasalarining xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa oʻzlari yashayotgan yoki turgan joydagi militsiya idoralari xodimlari tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalariga keltiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiriluvchi kishi sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalarining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda u yuqori turuvchi sogʻliqni saqlash idorasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqtirilganligini (OITS bilan kasallanganligini) biladigan hamda profilaktika maqsadidagi kuzatuvdan va davolanishdan ataylab boʻyin tovlab yurgan shaxslar jinoiy javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda belgilab qoʻyiladigan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgan shaxslarning odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqtirilganligi (OITS bilan kasallanganligi) haqida maʼlumot olingan taqdirda bunday shaxslar sogʻliqni saqlash idoralari va muassasalari tomonidan ushbu kasallik tarqalishining oldini olish choralariga rioya qilish zarurligi, hamda ataylab boshqa shaxsni virus yuqtirish xavfi ostiga qoʻyganlik va virusni yuqtirganlik uchun jinoiy javobgar boʻlishlari haqida yozma ravishda ogohlantiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzida OITS kasalligi mavjudligini bilgan shaxsning boshqa shaxsni ataylab shu kasallik virusini yuqtirish xavfi ostiga qoʻyishi yoki uni yuqtirishi jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajnabiy fuqarolar OITS bor-yoʻqligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtishdan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar esa kasallikni yuqtirganligi yoki kasallik mavjudligi tufayli profilaktika maqsadidagi kuzatuvdan boʻyin tovlaganlari taqdirda “SSSR dagi ajnabiy fuqarolarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi 1981-yil 24-iyunda qabul qilingan SSSR Qonunining 31-moddasi birinchi qismi 2-bandiga muvofiq SSSRdan chiqarilib yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida diplomatiya imtiyozlari hamda daxlsizlikdan foydalanuvchi chet el diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining diplomatiya xodimlari hamda boshqa shaxslar faqatgina oʻz roziliklari bilan odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallanganligi yoki kasallanmaganligini) aniqlash maqsadida tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bunday shaxslarga tibbiy tekshiruvdan oʻtishni taklif qilishdan avval bunday taklif xususida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamning orttirlgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallanganligi yoki kasallanmaganligini) aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar va uning natijalari tibbiy sir hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday maʼlumotlarni berish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish hamda profilaktika maqsadida kuzatish qoidalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu maʼlumotlarni oshkor qilishda aybdor boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kasbiy vazifalarini yaxshi bajarmaganligi oqibatida shaxsga odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqishiga (OITS bilan kasallanishga) sabab boʻlganligi uchun tibbiyot va dorishunoslik xodimlari, shuningdek xizmat koʻrsatish sohasining tibbiy va kosmetik ishlarni amalga oshiruvchi mutaxassislari jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirganlari (OITS bilan kasallanganlari) taqdirda tibbiy va ijtimoiy yordam olish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularning davolash joyiga bepul borishi va u yerdan bepul qaytishi taʼminlanadi, shuningdek ularga ambulatoriya sharoitida davolanish uchun bepul dorilar beriladi. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalar bilan kasalxonalarda birga boʻlish huquqiga ega boʻlib, davolanish muddatida ishdan ozod etiladilar va bu vaqt uchun ularga ish joyidan mehnat qilish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan shaxslar uchun boshqa imtiyozlar ham belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat virus tashuvchilar boʻlganliklari yoki OITS bilan kasallanganliklariga asoslanib, shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tasdiqlagan ixtisoslar roʻyxatidan tashqari) ishdan boʻshatilishiga yoki ularni ishga qabul qilishdan bosh tortishga, davolash va oʻquv muassasalariga qabul qilishdan bosh tortishga, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilishdan bosh tortishga, shuningdek ularning boshqa huquqlarini kamsitishga va qonuniy manfaatlarini cheklashga, shuningdek kasallik yuqtirgan kishining qarindosh-urugʻlari va yor-birodarlarining uy-joylari va boshqa huquq hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy muolaja natijasida kasallik yuqqan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlarning fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan tartibda pensiya taʼminoti belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot va dorishunoslik xodimlariga, xizmat vazifasi bajarish chogʻida odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virus yuqishi kasb kasalliklari jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OITS bilan kasallangan bemorlarni va odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan shaxslar kasalligini aniqlashni, davolashni va ularga bevosita xizmat qilishni taʼminlaydigan tibbiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda) quyidagi mazmunda boʻlgan 101-2, 101-3, 101-4-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“101-2-modda. Odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini oʻziga yuqtirgan shaxsning kuzatuvdan va davolanishdan ataylab boʻyin tovlashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini oʻziga yuqtirganligini (OITS bilan kasallanganligini) biladigan shaxsning profilaktika maqsadidagi kuzatuvdan, davolanishdan ataylab boʻyin tovlashi, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101-3-modda. Vrachlik sirini oshkor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz vazifasini bajarishi tufayli odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan-yuqtirmaganlikni (OITS bilan kasallanganlik yoki kasallanmaganlikni) aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish haqidagi maʼlumotlar va uning natijalaridan xabar topgan tibbiyot xodimlari yoki boshqa shaxslar tomonidan vrachlik sirining oshkor etilishi, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— bir yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish, yoki xuddi shu muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm etish yoki lavozimidan ozod qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101-4-modda. Tibbiyot va dorishunoslik xodimlarining, shuningdek xizmat koʻrsatish sohasi mutaxassislarining oʻz vazifasini yetarlicha bajarmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot va dorishunoslik xodimlari, shuningdek xizmat koʻrsatish sohasining tibbiyot va kosmetikaga doir ishlarni amalga oshiruvchi mutaxassislari oʻzlarining vazifalarini yetarlicha bajarmasliklari shaxsga odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusni yuqishiga (shaxsning OITS bilan kasallanishiga) sabab boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— bunday xatti-harakatlar bir yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki xuddi shu muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm etish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shunday xatti-harakatlar oqibatida ikki nafar va undan ortiq shaxsga odamning immunitet tanqisligi virusi (*OITS kasalligi) yuqsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ikki yildan besh yilgacha muddatgacha ozodlikdan mahrum etish yoki ikki yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm etish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 3-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 78-moddaning 2-qismi “101-1” raqamidan soʻng “101-2” raqami bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 108-moddaning 4-qismi “101-1” raqamidan soʻng “101-2, 101-3, 101-4” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda) quyidagi mazmunda boʻlgan 50-1-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“50-1-modda. OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolaja oʻtkazishda xavfsizlikni yetarli darajada taʼminlamaganlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolaja oʻtkazishda xavfsizlikni yetarli darajada taʼminlamaslik, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— mansabdor shaxslarga ming soʻmgacha jarima solinishiga sabab boʻladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasining 1970-yil 23-dekabrdagi “Sogʻliqni saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1970-yil, № 6, 428-modda; 1979-yil № 33, 456-modda) 19-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vrachlar va boshqa meditsina xodimlari, shuningdek dorishunoslik kasblari bilan bogʻliq burchlarini bajarishlari tufayli grajdanlarning kasalligi, meditsina tekshiruvdan oʻtganligi, shaxsiy va oilaviy hayoti haqidagi oʻzlariga ayon boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emaslar. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda vrachlik sirini oshkor etish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
298-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 196-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; 1997-y., 2-son, 69-modda)