Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022 17.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1795
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 17.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1795
Date of entry into force
27.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022
Hujjat 27.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

Birja savdolarida mazut yoqilgʻisini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 17-aprelda 1795-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 8-iyuldagi 56-sonli va Moliya vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 30-sonli ““Birja savdolarida mazut yoqilgʻisini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1795-1, 25.07.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 57-sonli qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan Birja savdolarida mazut yoqilgʻisini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftegaz” MXK, Tovar-xomashyo birjasining 2004-yil 29-martdagi “Birja savdolarida yoqilgʻi mazutini sotish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 23, 01/24-14, 50, 03-183, 01/AA-214-M, 42-01/139-sonli qarori (2004-yil, 6-may, roʻyxat raqami 1348 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 18-son, 211-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2008-yil 2-aprel,

48-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 2-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-son

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 2-apreldagi 48, 30-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birja savdolarida mazut yoqilgʻisini sotish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) muvofiq mazut yoqilgʻisini Tovar-xomashyo birjalari (bundan keyingi oʻrinlarda Birja deb yuritiladi) birja savdolarida sotish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom mazut yoqilgʻisi ishlab chiqaradigan, yetkazib beradigan va undan foydalanadigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan korxona va tashkilotlarga (davlat budjetidan moliyalanadigan tashkilotlar, “Oʻzbekenergo” DAK, NKMK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK korxonalari, “Issiqlik manbai” mintaqaviy ishlab chiqarish birlashmalari, “Toshissiqliksentral” birlashmasidan tashqari) tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan mazut yoqilgʻisi faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishi mumkin, uni eksportga chiqarish va qayta sotish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazut yoqilgʻisi sotish Birjalarda birja savdolari elektron tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot — respublikada neft mahsulotlari resurslari va ularni taqsimoti tasdiqlangan balansga muvofiq birja savdolarida isteʼmolchilarga sotiladigan mazut yoqilgʻisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja savdolari elektron tizimi — Birja aʼzolariga respublikaning har bir geografik nuqtasidan aniq vaqt rejimida uzoq masofadan turib birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan keyingi oʻrinlarda HKKP deb yuritiladi) — Birja bitishuvlari boʻyicha kliring, hisob-kitoblar va oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilishini taʼminlovchi Birjaning tuzilmaviy boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilar — mahsulotni birja savdolariga chiqarish va sotishni amalga oshiruvchi unitar korxonalar (“Oʻzneftmahsulot” AK tizimidagi neft bazalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorlar — mahsulotni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatuvchi yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitishuv bayonnomasi — xaridor va sotuvchiga birja savdolarini oʻtkazish yakunlari boʻyicha beriladigan, sotuvchi, xaridor va birja brokeri tomonidan imzolangan, taraflarni belgilangan muddatda talab va taklif narxi boʻyicha birja savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan hajmda mahsulotning oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini yuklaydigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zakalat — Birjada amalga oshiriladigan bitishuvlar bajarilishi kafolatini taʼminlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi depozit hisobvaragʻiga kiritiladigan bitishuvlarni kafolatli taʼminlash mablagʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada oʻtkazilgan savdo sessiyalari natijalari boʻyicha aniqlangan mahsulotga oʻrtacha narx;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha belgilangan narx — bir haftalik birja savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan mahsulotning oʻrtacha narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlangan bitishuvlar reyestri — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq qoplanilishini taʼminlaydigan miqdordagi mablagʻlarning xaridorning HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Mazut yoqilgʻisi hajmini shakllantirish va uni sotish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mahsulotni sotish hajmlari har yili tasdiqlanadigan neft mahsulotlarini resurslar va taqsimlanish balansidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzneftmahsulot” AK kelgusi yilga moʻljallangan mahsulot sotish miqdorlaridan kelib chiqqan holda, har oyda, keyingi oyning boshlanishidan 3 kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan tarzda tasdiqlangan mahsulotni sotish uchun birja savdolariga bir meʼyorda qoʻyishning oylik miqdorlarini Birjaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzneftmahsulot” AK mahsulot resurslari bilan taʼminlanganlik hamda birja savdolarida yuzaga keladigan talabni inobatga olgan holda, birja savdolariga mahsulot qoʻyishning oylik miqdorlari doirasida neft bazalari kesimida aniqlik kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sotuvchilar har yili Birja bilan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisida sotuvchilarning birja savdolarida ishtirok etish shartlari, shartnoma tuzgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilangan shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdolar ish kunlarida muntazam oʻtkazib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Birja savdolari Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va birja savdolari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Birja savdolarining oʻtkazilishi, birja sessiyalarining davomiyligi, sotuvga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmi hamda mahsulot turgan joy, ishlab chiqaruvchi korxona, shuningdek boshlangʻich narxi toʻgʻrisidagi axborot Birja tomonidan xaridorlarga majburiy tartibda brokerlar, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa axborot kanallari, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Birja barcha savdo ishtirokchilariga, ularning hududiy joylashganligidan qatʼi nazar, elektron savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkonini taʼminlab berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Savdolarni oʻtkazish, qoʻyilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, elektron birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish elektron birja savdolari tizimi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazish kuni Birja brokerga bitishuv bayonnomasi va namunaviy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasida nazarda tutilgan shartlarda u olingan kunda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitishuv bayonnomasi shartlarining bajarilishi tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Savdoda sotilmay qolgan mahsulot hajmi keyingi savdolarga koʻchiriladi. Bunda, sotuvchilar mahsulotni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan oʻrtacha narxlar boʻyicha sotish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar haqi sotuvchi va xaridorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Birja xizmatlari tariflariga muvofiq oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mahsulotni tuzilgan oldi-sotdi shartnomalar boʻyicha sotish oldindan toʻlovni toʻliq toʻlash yoki yetkazib beriladigan mahsulotning har bir partiyasi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish sharti bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, sotuvchi mahsulotni qayta savdoga qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mazut yoqilgʻisi narxini aniqlash va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mahsulotning boshlangʻich narxi neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan deklaratsiya qilingan baholari darajasida, ularga neft bazalarning deklaratsiya qilingan cheklangan ustamalari va temir yoʻl xarajatlarini qoʻshib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Birja savdolarida shakllangan mahsulot narxi uning boshlangʻich narxidan oshishi natijasida sotuvchi tomonidan olingan qoʻshimcha daromad uning ixtiyorida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatini taʼminlash uchun birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar Birja HKKP orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida, HKKP Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablagʻlarini saqlash va birja bitishuvlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochadi. Ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda birja tomonidan ikkilamchi depozit hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi arizaga muvofiq ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sotuvchi va xaridorlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi mablagʻlari harakatini nazorat qilish uchun HKKP har bir sotuvchi va xaridorga foydalanuvchining shaxsiy raqamiga (bundan keyingi oʻrinlarda FShR deb yuritiladi) mos keluvchi alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchilar va xaridorlarning mablagʻlari ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha hisobvaragʻi doirasida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. HKKP birja savdolari ishtirokchilarini ularga xizmat koʻrsatish shartlari, ularning mablagʻlari holati toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilib turishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HKKP tomonidan mijozning shaxsiy hisobvaragʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Birja mijozlarning soʻrovlariga koʻra ularni birja kliringi natijalari, ular mablagʻlarining holati va joriy kunida belgilangan savdolari uchun belgilangan mablagʻ limitlari toʻgʻrisida xabardor qilib turishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sotuvchi va xaridorlar Birjaga xizmat qiluvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga birja savdolariga qoʻyilgan mahsulot umumiy qiymatining va moʻljallanayotgan bitishuv hajmining 10 foizigacha boʻlgan miqdoridagi zakalatni depozitga qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xaridorlar Birjada deponentga qoʻyilgan zakalat hisobga olingan holda toʻlash moʻljallanayotgan mablagʻ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi sotuvchilar va xaridorlarning mablagʻlaridan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitishuvlar boʻyicha majburiyatlar bajarilishi, xarajat qismida va ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan muddat davomida, bitishuv amalga oshirilmagan yoki bekor qilingan taqdirda, oʻrnatilgan tartib asosida HKKPdagi hisobvaraqning egasi — mijozning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qaytarish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deponentga qoʻyilgan mablagʻlar hisobidan Birja xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Birja bitishuvi roʻyxatga olinganidan keyin besh bank ish kunida xaridor tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qoʻshimcha mablagʻlarni oʻtkazishi shart. Bunda, mablagʻni oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasining “toʻlov maqsadi” ustunida xaridorning FShRi majburiy tartibda koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. HKKP xaridordan mablagʻ kelib tushgan vaqtdan boshlab bir bank ish kunida sotuvchiga toʻlangan bitishuvlar reyestrini taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Agar xaridor ushbu Nizomning 27-bandida belgilangan muddatda birja shartnomasiga muvofiq mablagʻlarni toʻliq hajmda oʻtkazilishini taʼminlamasa, HKKP koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin sotuvchi hamda Birjaga bitishuv bekor qilinganligi toʻgʻrisida darhol maʼlum qiladi va Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun sotuvchining hisobvaragʻiga jarima chorasi sifatida zakalat miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qoʻyiladi.

30. Sotuvchi tomonidan mahsulotni xaridorga oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda yuklab joʻnatish boʻyicha majburiyatlar bajarilmasa, HKKP shartnomada belgilangan muddat oʻtganidan keyin Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda mahsulotni yetkazib berish uchun belgilangan qiymatdan 10 foizigacha miqdordagi mablagʻni jarima chorasi sifatida xaridor hisobiga kiritadi va xaridor, sotuvchi va Birjaga bitishuv bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. HKKP tomonidan taqdim etilgan toʻlangan bitishuvlar reyestri sotuvchining mahsulotni xaridorga yuklab joʻnatishga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot sotuvchi tomonidan xaridor oʻzining majburiyatlarini bajarganligi faktini HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan joʻnatilgan taqdirda, Birja roʻyxatdan oʻtkazilgan birja shartnomasi boʻyicha xaridor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mahsulot joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi fakti xaridor va sotuvchi imzolari bilan tasdiqlangan tovar-transport yuk xatlari nusxalari tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot temir yoʻl transporti orqali joʻnatilganda mahsulot joʻnatilganligi faktini temir yoʻl yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk xati nusxasining taqdim etilishi HKKP uchun bir bank ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq ochilgan ikkilamchi talab qilib olgungacha hisobvaraqdan sotuvchining unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy talab qilib olingungacha depozit hisobvaragʻiga, sotuvchining shaxsiy hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda oʻtkazish, shuningdek bitishuvni yopish uchun asos va majburiyat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot tranzit meʼyori boʻyicha yetkazib berilganda, sotuvchi mahsulotning yetkazib berilmay qolgan miqdorlari toʻgʻrisida HXKPga yozma xabar beradi va HXKP yetkazib berilmagan mahsulot summasiga teng mablagʻni xaridorga qaytarib beradi. Etkazib berilmagan mahsulot miqdori bekor qilinib, qayta savdoga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mahsulotni birja savdolari gʻoliblariga yuklab joʻnatish oldi-sotdi shartnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda sotuvchining naryadlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Tomonlarning javobgarligi va nizolarning hal etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Birja aʼzolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari oʻrtasidagi birja savdo qoidalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha yuzaga keladigan nizolar Birja arbitraj komissiyasi yoki sud orqali hal qilinadi. Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar undirilishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Xaridor bilan sotuvchi oʻrtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Axborot taʼminoti va mazkur Nizom bajarilishi yuzasidan monitoring
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Birja kotirovka hayʼati oʻtkazilgan birja savdolari natijalari boʻyicha Birjaning birjada sotilgan mahsulot narxlarining birja kotirovkalarini aniqlaydi va ularni har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi sahifalarida eʼlon qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. “Oʻzneftmahsulot” AK va Birja hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasiga mahsulotning birja savdolariga chiqarish, sotish va ushbu Nizomga muvofiq sotilgan mahsulotning haqiqatda yetkazib berilgan hajmlari toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Birja har kuni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga savdoga qoʻyilgan va sotilgan mahsulot miqdorlari, shuningdek savdolarda shakllangan oʻrtacha narxlar toʻgʻrisida axborotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftegaz” MXK va “OʻzRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 28-mart

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 28-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi R. ShERALIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 28-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruvi raisi N. AHMEDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 28-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzRMXB” OAJ Boshqaruvi raisi T. TOʻXTABOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 28-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 127-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)