02.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1782
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining qarori, 02.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1782
Date of entry into force
12.04.2008
Hujjat 12.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 255-sonli qarorining 2-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 23-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
299-V-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 23-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-05-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi hamda Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-V, 2008-05-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-dekabrdagi 255-sonli qaroriga muvofiq, banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablarni belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank — qonunchilikda bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyasi asosida amalga oshiradigan tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxsdir;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan vaqtdan boshlab qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qimmatli qogʻozlar bozorida yuqorida koʻrsatilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyati, agar ushbu Nizomda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qonun hujjatlarida ushbu faoliyat turlariga oʻrnatilgan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bankda investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq bank operatsiyalari boʻyicha javobgarlik yuklatilgan tarkibiy boʻlinma (keyingi oʻrinda — boʻlinma) boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Boʻlinmaning xodimlari oʻrnatilgan tartibda bank (filial) rahbarining tegishli qarori (buyrugʻi) asosida tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Boʻlinmaning xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi lozim. Bunda, mazkur boʻlinma rahbari boʻlgan xodim qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi I toifali malaka attestatiga egalik qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatini olish uchun oʻtkaziladigan attestatsiya tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bank tomonidan investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha hujjatlarni boʻlinma xodimlari imzolashlari (viza qoʻyishlari) lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishonchli boshqaruvdagi investitsiya aktivlarning oʻrtacha yillik qiymati miqdorini hisoblash bank tomonidan “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (2004-yil 5-mart, roʻyxat raqami 1322) qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilayotgan shartnomalarni tuzishda bir tomon boʻlib qatnashayotgan bank mazkur shartnomani roʻyxatga olish huquqiga ega emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Banklar qimmatli qogʻozlar boʻyicha birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatga olishda birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatini yuritish talablariga rioya qilishlari hamda roʻyxatga olingan bitimlar boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organiga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot taqdim etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bank tomonidan axborotni oshkor qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish bank tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Banklar investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilishlari lozim hamda xizmatda foydalaniladigan axborotga ega boʻlib, bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish va ushbu axborotni bitimlar tuzish uchun uchinchi shaxslarga berilishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bankdan, ular tomonidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar va bitimlar boʻyicha axborotni qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilish va olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Respublika hududlarida joylashgan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarni boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bank filiallari qonunchilikda koʻzda tutilgan axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organining joylardagi tegishli hududiy boʻlimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi banklarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchisi va investitsiya konsultanti sifatidagi kasbiy faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organiga investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bank tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi haqida axborot kelib tushganda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga choralar koʻrish uchun maʼlumotlar yuborish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizom talablari ijrosi boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.