Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2009 26.03.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1779
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining qarori, 26.03.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1779
Date of entry into force
05.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2009
Hujjat 05.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARINING 9-SINF BITIRUVChILARINI AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA OʻQIShGA QAMRAB OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-martda 1779-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2009-yil 20-maydagi 16/QQ, 22,155 va 25 Q/Q-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1964, 11.06.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 473-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56/1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
09/QQ-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2008-yil 4-martdagi 6, 56/1, 09/QQ-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINChALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabridagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 473-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2003-yil 20-son, 199-modda) muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini (bundan keyingi oʻrinlarda bitiruvchilar deb yuritiladi) ularning oʻzlari va ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlangan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Bitiruvchilarning hujjatlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga topshirish hamda qabul qilishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalq taʼlimi tizimida oʻtkazilgan tashxis natijalariga muvofiq, bitiruvchilarning oʻzlari va ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlangan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishni davom ettirishlari toʻgʻrisidagi arizalari asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari tomonidan hujjatlar yigʻma jildi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Joylarda oʻn ikki yillik majburiy taʼlim tizimiga toʻliq oʻtish masalalarini hal etish, bitiruvchilar va ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va mehnat bozorida talab etilayotgan mutaxassisliklar (kasblar) toʻgʻrisida aniq maʼlumotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda ular uchun barcha qulayliklar yaratish maqsadida har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi maslahat markazi (shtabi) tashkil etiladi. Ushbu maslahat markazlariga joylardagi manfaatdor idora va jamoat tashkilotlari vakillari jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari bitiruvchilarning toʻliq hujjatlar yigʻma jildini bitiruvchi hamda ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning bevosita ishtirokida tegishli akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlariga topshiradilar. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlari oʻrtasida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi va toʻrt nusxada rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Dalolatnomaning nusxalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va xalq taʼlimi boshqarmalarida, umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari direktorlarida saqlanadi. Hujjatlar yigʻma jildini bitiruvchi yoki uning ota-onasiga berib yuborish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining oʻz hududlaridagi bitiruvchilarni muayyan taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) boʻyicha qamrab olish imkoniyatlari doirasida oʻqish istagini bildirgan bitiruvchilar arizalariga koʻra akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari safiga toʻgʻridan toʻgʻri qamrab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xalqaro, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bosqichidagi fan olimpiadalari, tanlov va musobaqa gʻoliblari (yoʻnalishlariga koʻra), aʼlo darajadagi umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan, I va II-guruh nogironlari, ota-onasining qarovisiz qolgan va chin yetim bitiruvchilar taʼlim muassasasi imkoniyatlari doirasida imtiyozli ravishda qamrab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining qamrab olish imkoniyatidan ortiq bitiruvchilar oʻqish istagini bildirgan holatlar quyidagicha tartibga solinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shahodatnomaning oʻrtacha bali boʻyicha, ushbu ballar teng boʻlib qolgan hollarda tanlagan akademik litsey va kasb-hunar kolleji taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha bitiruvchining tegishli fanlardan (mazkur bandning “b” kichik bandida belgilangan fanlardan) olgan ballar yigʻindisi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha quyidagi fanlardan toʻplagan ballar yigʻindisi hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylarning — aniq fanlar, kasb-hunar kollejlarining — taʼlim, fan hamda muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari: matematika, fizika, ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), tarix;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylarning — ijtimoiy gumanitar fanlar hamda madaniyat va sanʼat, kasb-hunar kollejlarining — ijtimoiy fanlar, biznes va huquq hamda gumanitar fanlar va sanʼat: tarix, ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), matematika;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylarning — tabiiy fanlar, kasb-hunar kollejlarining — qishloq va suv xoʻjaligi hamda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot: kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), tarix, matematika;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylarning — xorijiy filologiya, kasb-hunar kollejlarining — xizmatlar: umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan chet tili, ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), matematika, tarix.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining tegishli taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha shu yoʻnalishdagi boshlangʻich maxsus maʼlumotga ega boʻlganlar ustunlikka ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Imkoniyatlari cheklangan bitiruvchilar Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari qoshidagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosa va tavsiyasi hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalarining, tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining yoʻllanmalari asosida qamrab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan quyidagi hollarda masalalar koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) taʼlim muassasasiga bitiruvchilar va ularning ota-onalari (yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar)dan kelib tushgan arizalar soni taʼlim muassasasining qamrab olish imkoniyatlaridan ortiq boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻquvchilar turar joyi boʻlmagan taʼlim muassasasiga boshqa hududlardan bitiruvchilar kelganda, shuningdek, ularning soni taʼlim muassasasining oʻquvchilar turar joyidagi oʻrinlar sonidan koʻp boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayonida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida nizoli hollar vujudga kelganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan holatlar boʻyicha qamrab olinmagan bitiruvchilarning hujjatlari, ularning oʻzlari va ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning bevosita ishtirokida hududiy Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi tomonidan qamrab olish imkoniyati mavjud boʻlgan boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu borada oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari direktorlari tomonidan hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi va toʻrt nusxada rasmiylashtiriladi. Nusxalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda xalq taʼlimi hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari barcha maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yozma axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bitiruvchilar akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olinganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bitiruvchilarning akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bitiruvchilarning hujjatlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishiga umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlari shaxsan javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olishni rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish yakuniga koʻra 10 kun muddatda ularni oʻquvchilar safiga rasmiylashtirish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Majburiy oʻqishni davom ettirish uchun bitiruvchilarga toʻsqinlik qilayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining mansabdor shaxslari, shuningdek oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2008-yil 7-martdagi majlisi 1-son bayoni bilan maʼqullangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Vaqtinchalik nizom 2010-yil 1-yanvargacha amal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 3-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 79-modda)