Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.03.2008 yildagi 39-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.03.2008 yildagi 39-son
Date of entry into force
10.03.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 25.11.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING YaNGI TAHRIRDAGI USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 11-yanvardagi PQ-775-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining yangi tahrirdagi Ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki Ustavni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining aksiyalari chiqarilishini aksiyalar prospektini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirmasdan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy davlat hokimiyati organlari mulkida boʻlgan hamda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son va 1999-yil 22-apreldagi 189-son qarorlariga muvofiq bank muassasalari tomonidan foydalanilayotgan 2-ilovaga* binoan binolar va xonalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki balansiga tekin bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat-tijorat Xalq banki sarmoyasini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 12-dekabrdagi 474-son qarorining 3-bandi va qarorga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 77-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 10-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-martdagi 39-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI

(yangi tahriri)

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki (keyingi oʻrinlarda “Bank” deb ataladi) “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzjamgʻarmabank”ni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bankning firma nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida: toʻliq — “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki”, qisqartirilgan holda — Xalq banki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilida: toʻliq — “Gosudarstvenno-kommercheskiy Narodniy bank Respubliki Uzbekistan”, qisqartirilgan holda — Narodniy bank.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank oʻz firma nomidan mutlaq foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bank ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bankning muassislari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bank yuridik shaxs hisoblanadi hamda oʻzining filiallari va alohida boʻlinmalari bilan yagona tizimni tashkil etadi. Bank oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bank aholi omonatlarining saqlanishi va ularning oʻz vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi mulkiy, moliyaviy, boshqa majburiyatlar va talablar boʻyicha “Oʻzjamgʻarmabank”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bank oʻz firma nomi toʻliq yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan dumaloq muhrga, shuningdek shtamplarga, oʻz nomi davlat tilida va boshqa tillarda yozilgan blankalarga ega boʻladi. Bank oʻz emblemasiga (xizmat koʻrsatish belgisiga) va vizual identifikatsiyalashning boshqa vositalariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bank oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Ustavga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bank mulki yetishmaganda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash maqsadida davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki aholi omonatlarining saqlanishini kafolatlaydi hamda bankning omonatchilar — jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlari boʻyicha muassislarning ustav jamgʻarmasidagi badallariga mutanosib ravishda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bank oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha mol-mulki bilan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, majburiyatlar oladi, sudda daʼvogar hamda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bank oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bankining manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, 100096, Toshkent shahri, Qatortol koʻchasi, 46.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bankning operatsiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jismoniy va yuridik shaxslarga keng doiradagi yuqori sifatli bank xizmatlari va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan shaxslardan pul mablagʻlarini omonatga jalb qilish, kredit-hisob-kitob va boshqa xil bank operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek oʻz faoliyatidan foyda olish Bank faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omonatlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan oʻz nomidan kreditlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ egasi yoki mablagʻni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablagʻlarini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el valyutasini naqd pul va naqd boʻlmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklar, toʻlov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish, shu jumladan oʻzining inkassatsiya xizmati orqali mijozlarning pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi poʻlat sandiqlarni ijaraga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy lizing;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro bank amaliyotiga muvofiq litsenziyada maxsus koʻrsatilgan boshqa operatsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bankning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bank quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarida mustaqil ravishda yoki yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filiallar, shuningdek uning tashqarisida shoʻba banklar, filiallar va vakolatxonalar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻz manfaatlarini himoya qilish va qoʻshma dasturlarni amalga oshirish uchun ittifoqlarda, uyushmalarda va boshqa birlashmalarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning filiallari va boshqa boʻlinmalari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish shartlari va tartiblarini tasdiqlash, depozitlar va beriladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini, jismoniy va yuridik shaxslarga Bank muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun vositachilik haqi miqdorini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida depozitlar va kreditlar shaklida boshqa banklarning mablagʻlarini jalb etish va mablagʻlarni boshqa banklarda joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va korrespondentlik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Bank tasarrufida qoladigan sof foyda hisobidan zaxiralar va fondlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya va xoʻjalik organlarida korxonalar va tashkilotlar manfaatlarini ularning ishonchnomalari boʻyicha ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari bilan, shu jumladan ulush qoʻshish asosida korxonalar, tashkilotlar va boshqa tijorat tuzilmalarini, shu jumladan xoldinglarni tashkil etishda va ularning xoʻjalik faoliyatida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyada va ushbu Ustavda nazarda tutilgan, oʻz moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa xatti-harakatlar va operatsiyalarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bank quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarni Markaziy bankda zaxiraga qoʻyish va belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilish boʻyicha Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit va lizing operatsiyalari boʻyicha ehtimol tutilgan zararlarni qoplash uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda zaxiralar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garovning (shu jumladan mol-mulk shaklidagi garovning), beriladigan kafolatlar, kafilliklar va majburiyatlarning yetarliligini hisobga oladigan beriladigan kreditlar taʼminlanishining ichki normativ tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankda ichki audit xizmati mavjud boʻlishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq bank sirini yoki boshqa sirni tashkil etadigan maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi ijrosini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Bank jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida qatnashadigan fuqarolarni hisobga qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining zarur tarzdagi faoliyatini taʼminlash Bankning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, Bank ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish uchun jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini omonatga qoʻyuvchilardan zarur maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini investitsiya qilishdan olingan daromaddan marja olish. Marja miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining faoliyatini taʼminlash boʻyicha yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badallarning va hisoblangan foizlarning shaxsiy hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarib boriladigan pensiya badallari va foizlar yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari miqdorlari oʻz vaqtida va toʻgʻri aniqlanishini, shuningdek ularning oluvchilarga toʻliq berilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning saqlanishini, koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni moliyaviy vositalarga joylashtirish va ulardan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish yoʻli bilan ularning koʻpaytirilishini hamda inflatsiyadan himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni ularning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarining holati toʻgʻrisida har yili va ularning murojaatiga koʻra xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tegishli boʻlgan hujjatlar va yozuvlar saqlanishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Bank boshqa huquqlarga ega boʻlishi va boshqa majburiyatlar olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bank jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarining alohida hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari Bank tomonidan jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Koʻpaytirish va inflatsiyadan himoya qilish maqsadida jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan Bank tomonidan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliya vositalariga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tomonidan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini moliya vositalariga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Bank mablagʻlari, mol-mulki va kredit resurslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bankning oʻz mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav sarmoyasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira fondidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqsimlanmagan foydadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kengashi qaroriga koʻra shakllantiriladigan boshqa fondlardan hosil boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bankning ustav sarmoyasi miqdori 200 000 000 000 (ikki yuz milliard) soʻm miqdorida belgilangan. Ushbu summa nominal qiymati 500 000 (besh yuz ming) soʻm boʻlgan 400 000 (toʻrt yuz ming) ta egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarga boʻlinadi va 2013-yil 1-yanvargacha shakllantiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank aksiyalarining 51 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, 49 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tegishlidir.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 256-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 48-son, 476-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bankning ustav sarmoyasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Bank sof foydadan yillik har yilgi majburiy ajratmalar yoʻli bilan, u koʻrsatilgan miqdorga yetgungacha ustav sarmoyasi miqdorining 20 foizi miqdorida zaxira fondini tashkil etadi. Bank qonun hujjatlariga muvofiq boshqa fondlarni shakllantirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Bank fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar Bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bankning mol-mulki oʻziga tegishli boʻlgan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa boyliklardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bankning kredit resurslari quyidagilar hisobiga shakllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning oʻz mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning depozit hisobvaraqlardagi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa banklar kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar chiqarish natijasida olingan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb qilingan boshqa mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Bankning aksiyalari, Bank aksiyadorlarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bankning barcha aksiyalari egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar hisoblanadi va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar shaklida naqd boʻlmagan shaklda chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bankning aksiyadorlari qonun hujjatlarida, shuningdek ushbu Ustavda nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bankning har bir oddiy aksiyasi aksiyadorga bir xil hajmdagi huquqlarni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Aksiyalarga haq toʻlash qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bankning tasarrufiga oʻtgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi. Bunday aksiyalar ular Bank tasarrufiga oʻtgan paytdan boshlab bir yildan kechikmay sotilishi kerak, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi belgilangan tartibda ustav sarmoyasini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ochiq va yopiq yozilish yoʻli bilan qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bank aksiyadorlari reyestrini saqlash Bank tomonidan amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 256-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 48-son, 476-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Bank aksiyalari bilan bitimlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Bank foydasini taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Bankning balansdagi va sof foydasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Balansdagi foydadan tegishli soliqlar, budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Bankning sof foydasi Bankning tasarrufida qoladi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan Bankning zaxira fondi va boshqa fondlarini shakllantirishga yoʻnaltiriladi, aksiyadorlar oʻrtasida dividendlar shaklida taqsimlanadi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Bankni boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Quyidagilar Bankni boshqarish organlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kengashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank boshqaruvi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi (keyingi oʻrinlarda “Umumiy yigʻilish” deb ataladi) Bankni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Bank ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi Bank ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Bankni qayta tashkil etish yoki tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mazkur ustav talablariga muvofiq Bank kengashining aʼzolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) eʼlon qilingan aksiyalarning miqdorini, nominal qiymatini, toifasini (tipini) va ushbu aksiyalar bilan beriladigan huquqlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Bank ustav sarmoyasini koʻpaytirish yoki kamaytirish, shuningdek ustav sarmoyasini koʻpaytirish yoki kamaytirish usullarini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oʻz aksiyalarini sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Bankning oraliq va uzil-kesil tugatish balanslarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Bankning Taftish komissiyasi aʼzolarini (taftishchini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) auditorlik tekshirishlari oʻtkazish, auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga haq toʻlashning cheklangan miqdorini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) Bankning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlar hisobvaragʻini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) Bank xarajatlarini tasdiqlash va ularni Bankni rivojlantirish biznes-rejasi bilan solishtirish, Bank kengashi aʼzolariga beriladigan mukofotlar va ularning Bank kengashi aʼzosi funksiyalarini bajarishlari bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish miqdorini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) Umumiy yigʻilish reglamentini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) aksiyalarni maydalashtirish va jamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) Bankning kredit berish, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish va bank mijozlariga yangi turdagi xizmatlar koʻrsatish sohasidagi siyosati asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) Bank kengashi va Taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada bank aktivlari balans qiymatining 50 foizidan koʻprogʻini tashkil qiladigan mulkni sotib olish yoki begonalashtirish bilan bogʻliq yirik bitimlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada bank aktivlari balans qiymatining 25 foizdan 50 foizgachasini tashkil qiladigan mulkni sotib olish yoki begonalashtirish bilan bogʻliq yirik bitimlarni amalga oshirish, agar bunday bitimni amalga oshirish masalasi yuzasidan Kengashda yakdillikka erishilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) qonun hujjatlariga muvofiq sodir etilishidan manfaatdorlik mavjud boʻlgan bitimlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u) qonun hujjatlarida va ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar Bank kengashiga hal etish uchun berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar Bank ijro etuvchi organiga hal etish uchun berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Umumiy yigʻilishda qarorlar Umumiy yigʻilishda qatnashgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Ustavning 41-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “j”, “k”, “l” va “o” kichik bandlarida nazarda tutilgan, ular boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq malakali koʻpchilik ovoz talab qilinadigan masalalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Umumiy yigʻilishlar yillik (hisobot) va navbatdan tashqari yigʻilishlar tarzida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Yillik umumiy yigʻilishlar har yili moliyaviy yil tamom boʻlgandan keyin kamida 2 oydan keyin va 6 oydan kechikmay chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Umumiy yigʻilishda Bank kengashining raisi raislik qiladi, u boʻlmaganda esa uning oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Aksiyadorlarning hisobot Umumiy yigʻilishida majburiy tartibda Bankning yillik biznes-rejasi, yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvaragʻi, foyda va zararlarni taqsimlash va belgilangan tartibda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar koʻrib chiqiladi. Umumiy yigʻilishni oʻtkazish sanasi va tartibi, uning oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish tartibi, Umumiy yigʻilishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chogʻida aksiyadorlarga beriladigan materiallar roʻyxati Bank kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Navbatdan tashqari umumiy yigʻilish Bank kengashining qarori boʻyicha uning oʻz tashabbusi, Bankning Taftish komissiyasi, auditori, shuningdek Bank aksiyadorlarining talabi asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Umumiy yigʻilish Umumiy yigʻilish tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Bank kengashi Bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Bank kengashi vakolatiga quyidagilar tegishlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank depozit va kredit siyosati prinsiplarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik va navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishlarni chaqirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxatini tuzish sanasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy yigʻilish kun tartibini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank ustaviga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish (yoki yangi tahrirdagi Ustavni tasdiqlash) toʻgʻrisida takliflarni koʻrib chiqish uchun Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv raisining taqdimnomasi boʻyicha Bank boshqaruvi aʼzolarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank nomidan Boshqaruv raisini yollash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning obligatsiyalari va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Bank tomonidan joylashtirilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv aʼzolariga toʻlanadigan mukofotlar miqdorini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank taftish komissiyasi aʼzolari (taftishchi)ga toʻlanadigan mukofotlar va kompensatsiyalar miqdori boʻyicha tavsiyalar berish hamda tashqi auditor xizmatlariga haq toʻlash miqdorini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish boʻyicha qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning ichki auditi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank boshqaruvi faoliyati tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning filiallarini va vakolatxonalarini tashkil etish (tugatish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik moliyaviy hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar boʻyicha dividendlar miqdori va ularni toʻlash tartibi boʻyicha tavsiyalarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya yili uchun daromadlar va xarajatlar prognozini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning begonalashtiriladigan mol-mulki qiymatini belgilash (shu jumladan mol-mulk garovga qoʻyilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning shoʻba va qaram boʻlgan korxonalarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har chorakda Bank boshqaruvi raisining bank faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi maʼruzalarini hamda bank ichki auditi xizmati rahbarining hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida mulkni sotib olish va begonalashtirish bilan bogʻliq yirik bitimlar (umumiy qiymati qarorlar qabul qilingan sanada bank aktivlari qiymatining 25 foizdan 50 foizgachasini tashkil qiladigan bitimlar yoki oʻzaro bogʻliq bir necha bitimlar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Ustavda Bank kengashi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Bank kengashi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar hal etish uchun Bank boshqaruviga berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Quyidagilar Bank kengashining majburiyatlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlarini bank aksiyadorlari manfaatlarini koʻzlab amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankka oʻz vakolatlariga mos ravishda rahbarlik qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank faoliyati, kreditlar berish va mablagʻlarni investitsiyalashning toʻgʻriligi ustidan joriy nazoratni amalga oshirish (omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning yetarli darajadagi kapitallashuvini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank faoliyati strategiyasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan biznes-rejalar ijrosini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning foyda koʻrishi monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmati faoliyat koʻrsatishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporativ boshqarish boʻyicha qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi hisobotni yillik Umumiy yigʻilishga taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Bank kengashi aʼzolari soni kamida besh kishidan iborat boʻlishi kerak. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham Bank kengashi aʼzolari boʻlishlari mumkin.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 256-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 48-son, 476-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Bank kengashi raisi Bank kengashi umumiy aʼzolari sonining koʻpchilik ovozi bilan Bank kengashi aʼzolari tomonidan saylanadi, keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Bank kengashi raisining oʻrinbosari Bank kengashi aʼzolari orasidan Bank kengashi raisi tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Bank boshqaruvi aʼzolari va Boshqaruv raisi Bank kengashiga saylanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Bank kengashi raisi davlatning ishonchli vakili hisoblanadi, unga davlatga tegishli aksiyalar paketini boshqarish yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Bank kengashi aʼzolari bir yil muddatga saylanadi va cheklanmagan marta qayta saylanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Bank kengashi raisi boʻlmaganda uning funksiyalarini oʻrinbosar amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Bank kengashi majlisi Bank kengashi raisi tomonidan uning oʻz tashabbusiga koʻra yoki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kengashi aʼzosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank boshqaruvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank ichki audit xizmati rahbari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning tashqi auditori talabi boʻyicha chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Bank kengashi majlislarini oʻtkazish, ovoz berish va qarorlar qabul qilish tartibi Umumiy yigʻilish tomonidan tasdiqlanadigan Bank kengashi toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Bank kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar koʻpchilik, ovozlarning kamida uchdan ikki qismi bilan qabul qilinadi. Bank kengashi majlisida masalalarni hal qilishda Bank kengashning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi. Bank kengashi majlisini oʻtkazish uchun kvorum Bank kengashi aʼzolari belgilangan sonining kamida 75 foizini tashkil qilish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Ovoz berish huquqi Bank kengashining bir aʼzosi tomonidan Bank kengashining boshqa aʼzosiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Bankning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish kollegial ijro etuvchi organ — rais rahbarligida ishlaydigan Boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Boshqaruv aʼzolari Bank kengashi tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Bank boshqaruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning joriy faoliyatiga tezkor rahbarlikni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari va filiallari rahbarlarining Bank faoliyatining aniq yoʻnalishlari boʻyicha tegishli davrlar va ishlar uchun faoliyat yakunlari toʻgʻrisidagi, shuningdek ular faoliyatini taftish qilish va tekshirish natijalari boʻyicha hisobotlarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank boʻlinmalari ish amaliyotiga eng ilgʻor bank texnologiyalari, bank ishlarini kompleks avtomatlashtirish loyihalari joriy etilishini tashkil etadi, zamonaviy bank infratuzilmasi yaratilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari tarmogʻini takomillashtirish boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank mijozlariga koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha foiz stavkalarini va vositachilik haqi miqdorini ishlab chiqadi va Bank kengashi bilan kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararlar miqdorini kamaytirish maqsadida bank aktivlarining diversifikatsiyalanishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tomonidan Markaziy bank belgilagan iqtisodiy normativlarga, Markaziy bankda majburiy zaxiralarni shakllantirish yuzasidan talablarga rioya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning sarmoyasi va likvidli resurslari yetarli darajada boʻlishini, shubhali va bekor turgan aktivlarga qarshi ularni klassifikatsiya qilish asosida zaxiralar yaratilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibga va xalqaro standartlarga muvofiq Bank buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlarini va filiallari boshqaruvchilarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan boʻshatadi, Bankning kadrlar tarkibi tayyorlanishini va qayta tayyorlanishini taʼminlaydi, eng oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish, shuningdek, zaruriyat boʻlganda, xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllash va ulardan intizomiy jazolarni olib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kengashining Boshqaruv vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kengashi va muassislarning birinchi talabi boʻyicha moliyaviy hisobotni va bank faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kengashi oldida bank faoliyatining moliyaviy natijalari uchun belgilangan tartibda hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kengashida koʻrib chiqish uchun bankni rivojlantirish strategiyasi, bankning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, Bank kengashi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning joriy faoliyati masalalarini tartibga soladigan ichki hujjatlarni tasdiqlaydi, tasdiqlanishi Umumiy yigʻilish va Bank kengashi vakolatiga tegishli boʻlgan ichki hujjatlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi organlarni, shu jumladan Bank qoʻmitalarini tuzadi, ularning vakolatlarini belgilaydi, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filialni boshqarish boʻyicha vaqtincha boshqaruvni yoki Bankning vakolatli vakilini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kengashi bilan kelishgan holda oʻz vakolatlari doirasida mol-mulk sotib olish va uni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yirik bitimlar, shu jumladan korxonalarga kredit berish boʻyicha yirik bitimlar (umumiy qiymati qaror qabul qilingan sanada bank sarmoyasining 15 foizdan koʻprogʻini tashkil qiladigan bitimlar yoki oʻzaro bogʻliq bir necha bitimlar) tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili bankning kredit rejasini shakllantirishda moliyalashtirish moʻljallanayotgan investitsiya loyihalarining puxta tanlab olinishini, samaradorligi kompleks baholanishini va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining oʻzini oʻzi qoplashi, qoʻyilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi hamda natijalari toʻgʻrisida har chorakda Bank kengashiga axborot beradi;
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 256-sonli qarori asosida yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 48-son, 476-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqadi va hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Bank boshqaruvi va Bankning tegishli boʻlinmalari rahbarlari Bank hisobotidagi axborotning ishonchliligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Boshqaruv Bank kengashiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Bank boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasini bank nomidan Bank kengashi raisi imzolaydi, Boshqaruv raisining oʻrinbosarlari, Boshqaruv aʼzolari va bank bosh buxgalteri bilan mehnat shartnomalarini Bank boshqaruvi raisi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Bankning filiallari rahbarlari Markaziy bank bilan kelishgan holda Bank boshqaruvi tomonidan tayinlanadi. Boshqaruv raisi Bank nomidan Bank filiallari rahbarlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Bank xodimlari mazkur Ustavga va qonun hujjatlariga muvofiq Bank boshqaruvi raisi yoki bank filiali rahbarlari bilan mehnat shartnomasi tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Bank boshqaruvi Bank kengashi qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Boshqaruv raisi Bank faoliyati uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Bank kengashi va Boshqaruvi aʼzolari oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda Bank manfaatlarini koʻzlab ish tutishlari lozim. Ular oʻz ishlarining natijalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq Bank oldida javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Bank boshqaruvi birinchi zaruriyat tugʻilishi bilan Bank muassislariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning yillik hisobotlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan budjet operatsiyalari boʻyicha hisobotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning moliya-xoʻjalik faoliyatiga taalluqli boshqa maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Bankning hisobi va hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Bank buxgalteriya hisobini yuritadi hamda davlat boshqaruvining tegishli organlariga moliyaviy hisobotni va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hisobotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Bank axborotning majburiy oshkor etilishini qonun hujjatlarida belgilangan hajmda, muddatlarda va tartibda amalga oshiradi, shuningdek oʻzi tomonidan emissiya qilinadigan qimmatli qogʻozlarga tegishli boʻlgan axborotni eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Bank faoliyati natijalari oylik, choraklik va yillik buxgalteriya balanslarida, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda, shuningdek Markaziy bankka u tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan yillik hisobotda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Bank qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya balansini, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotni, hisobotlarning Umumiy yigʻilish tomonidan tasdiqlangan boshqa shakllarini eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvaragʻidagi maʼlumotlarning ishonchliligi Taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Bankning moliyaviy yili 1-yanvardan boshlanadi va 31-dekabrda tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Bank Bank faoliyati davomida shakllanadigan hujjatlarning lozim darajada hisobga olinishi, saqlanishi va undan foydalanilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddat mobaynida hujjatlarning saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlash uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Bankning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Bankning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish Umumiy yigʻilish tomonidan 7 aʼzodan iborat etib saylanadigan Taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Taftish komissiyasi aʼzolari ayni bir vaqtda Bank kengashi aʼzolari boʻlishi, shuningdek Bank boshqaruvi organlarida boshqa lavozimlarni egallashi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Taftish komissiyasi aʼzolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzlariga yuklangan majburiyatlar halol bajarilishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Taftish komissiyasining ish tartibi va uning vakolatlari Umumiy yigʻilish tomonidan tasdiqlanadigan Bankning Taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Taftish komissiyasi oʻtkazilgan taftish toʻgʻrisidagi xulosani Umumiy yigʻilishga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Bankning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) uning moliyaviy yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha, shuningdek Taftish komissiyasining tashabbusi, Umumiy yigʻilish, Bank kengashining qarori yoki Bank aksiyadorlarining talabi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Moliyaviy (buxgalteriya) hisobotining ishonchliligini, uning moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqligini tekshirish va tasdiqlash uchun Bank shartnoma asosida qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotini jalb qiladi. Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga, ushbu ustavga va bankning ichki hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkilotlarini tanlash boʻyicha tanlov yakunlariga koʻra Umumiy yigʻilishga Bank kengashi tomonidan tavsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Bankda ichki nazorat xizmati funksiyalarini Bankning tegishli tarkibiy boʻlinmasi amalga oshiradi, tarkibiy boʻlinma haqidagi Nizom Bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Bankni qayta tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Bank qonun hujjatlariga muvofiq tugatilishi va qayta tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Bank ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Bank ustavi, shuningdek unga kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar belgilangan tartibda Markaziy bankda roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 61-modda, 48-son, 476-modda; 2015-y., 20-son, 259-modda)