24.04.1997 yildagi 400-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 24.04.1997 yildagi 400-I-son
Date of entry into force
26.04.1997
Hujjat 30.12.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida axborot olish kafolatlari va erkinligi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Axborot olish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari axborotning oshkoraligi, hamma olishi mumkinligi, ochiqligi va haqqoniyligidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Axborot olishga doir soʻrov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har kim axborot olishni soʻrab bevosita oʻzi yoxud qonuniy vakillari orqali murojaat etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Soʻrovning shakllari va uni qarab chiqish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot olishga doir soʻrov yozma yoki ogʻzaki shaklda ifodalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma soʻrovda murojaat etuvchining ismi, otasiniig ismi, familiyasi, manzili, soʻralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma soʻrovlar roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, soʻrov olingan sanadan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻzaki soʻrovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar soʻrov tushgan organ yoki mansabdor shaxs soʻralayotgan axborotga ega boʻlmasa, murojaat etuvchiga bu haqda soʻrov olingan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmay maʼlum qilishi, shuningdek, imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega boʻlgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Axborot olishni taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga oʻzining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Axborot berish va unga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat etuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning soʻroviga binoan tekinga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa axborotni berganlik uchun tomonlarning kelishuviga muvofiq haq olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Taqdim etilishi mumkin boʻlmagan axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirdan iborat axborotni berishlari mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini va taxallusini qoʻygan muallifning kimligini uning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallifning kimligi faqat sud qarori bilan oshkor etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Axborotning toʻgʻriligi uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy axborot vositalari eʼlon qilinayotgan axborotning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning toʻgʻriligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Shikoyat qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Axborot olish huquqini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot olish xuquqining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi sohasidagi xalqaro shartnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 24-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
400-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 108-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)