20.02.2008 yildagi PF-3968-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.02.2008 yildagi PF-3968-son
Date of entry into force
20.02.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TIJORAT BANKLARIDA AHOLI OMONATLARI ShARTLARINI LIBERALLAShTIRISh HAMDA KAFOLATLARINI TA’MINLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish uchun investitsiya resurslarining g‘oyat muhim manbai sifatida aholining erkin pul mablag‘larini tijorat banklari omonatlariga jalb etishni yanada rag‘batlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2008-yil 1-aprel — 2009-yil 1-aprel oralig‘idagi davrda banklar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslardan depozit hisobvaraqlarga, jumladan, taqdim etuvchining depozitlariga naqd pul shaklida qo‘yilgan yoki o‘zlarining xorijiy banklardagi shaxsiy hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini omonatlarning miqdorini cheklamagan va ularning kelib chiqish manbalarini tasdiqlaydigan hujjatlarni talab etmagan holda qabul qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslar tomonidan banklardagi depozit hisobvaraqlarga qo‘yiladigan mablag‘lar manbalari deklaratsiya qilinmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 1-aprel — 2009-yil 1-aprel oralig‘idagi davrda jismoniy shaxslar tomonidan banklardagi depozit hisobvaraqlarga qo‘yiladigan pul mablag‘lari soliqlardan va boshqa majburiy to‘lovlardan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PF-4148-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, qonun hujjatlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul qo‘yuvchi jismoniy shaxslar banklardagi depozit hisobvaraqlariga qo‘yilgan pul mablag‘larini o‘zlarining xohishlariga ko‘ra va cheklovlarsiz tasarruf etishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va pul qo‘yilmalari borasida, shuningdek, ular bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar xususida bank siri saqlanishini kafolatlashlari shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy oshkor etgani yoki uchinchi shaxslarga bergani uchun aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish, soliq va boshqa nazorat organlari, banklar, mansabdor shaxslar tomonidan bank siri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 20-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3968-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 8-9-son, 35-modda)