Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2013 06.12.2007 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.12.2007 yildagi 249-son
Date of entry into force
06.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XORIJIY INVESTORLAR TOMONIDAN O‘Z IShLAB ChIQARISh EHTIYoJLARI UChUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRILADIGAN MOL-MULKKA NISBATAN BOJXONA IMTIYoZLARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasi birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshiga va “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi oltinchi qismiga muvofiq xorijiy investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga ko‘ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yo‘li bilan amalga oshirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xorijiy investorlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk bojxona boji solishdan ozod etilishi bo‘yicha imtiyozlar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ham joriy etilganligi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy investorlar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkni bojxona boji solishdan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar 2008-yil 1-yanvardan boshlab ustav sarmoyasida xorijiy investorning ulushi kamida 33 foiz bo‘lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 6-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
249-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 486-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda)