Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2024 19.11.1991 yildagi 425-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 19.11.1991 yildagi 425-XII-son
Date of entry into force
19.12.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2024
Hujjat 19.12.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun samarali, ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini oʻzgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk boʻlmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish — fuqarolarning va davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan, mazkur hujjatlarda koʻzda tutilgan hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan ham iborat boʻladi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi korxonalarni va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining respublika hududidan tashqaridagi mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ushbu Qonun va davlatlararo shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qoʻshib olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning huquqlari tengligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yoʻlga qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi qonunlar talablariga rioya etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki obyektlari toʻliq ravishda yoki qisman davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi obyektlar: er, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat boyliklari va tarixiy boyliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar va mol-mulklarning turlari hamda guruhlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qishloq xoʻjaligida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisida”gi Qonunidan kelib chiqadigan xususiyatlarni hisobga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida mulkni oluvchi subyektlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish chogʻida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga taalluqli boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etgan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SSSRdan tashqaridagi ajnabiy yuridik shaxslar, fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mulkni oluvchi subyektlar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslar davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarni sotib olishlari, tanlov va kim oshdi savdosida xaridor sifatida qatnashishlari, xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini sotib olishlari mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonasini jamoa korxonasiga, aksiyali jamiyatga, boshqa yoʻsindagi xoʻjalik jamiyati yoki shirkatiga aylantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan mulkni kelgusida haq toʻlab sotib olish ehtimoli bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mol-mulkini tanlov yoʻli bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish shaklida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoalarining mustaqil aniqlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat jamoalarining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— boshqa respublikalar va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilayotgan obyektlarni, ularning aksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakil qilgan idora tomonidan belgilanadigan kvotalar boʻyicha sotib oladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning toʻla oshkoraligi hamda bu haqda axborot eʼlon qilish, korxonalar xodimlari tomonidan, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar hamda xalq deputatlari Sovetlari tomonidan nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan idoralar hamda xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari oʻz huquq doiralarida haqiqiy sharoitni hisobga olib ishlab chiqadilar va bu dasturlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki xalq deputatlari mahalliy Sovetlari tasdiqlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan qaror qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi yoki vakil qilgan idoralarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday qarorlarni qabul qilishga huquq berilgan idoralar matnda bundan keyin davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar deb yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika mulkiga va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (kommunal mulkka) ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroriga binoan u vakolat bergan idora amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga fuqarolar, davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslar, mehnat jamoalari, davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid boʻlsa, mulk egasi boʻlgan xalq deputatlari tegishli mahalliy Soveti ijroqoʻmiga beriladi. Buyurtmaning shakli va davlat bojining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oʻrnatadigan tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi davlat mol-mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha xaridorlardan buyurtma va mehnat jamoasining qarori bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, xususiylashtirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat tasarrufidan chiqarishni, xususiylashtirishni oʻtkazish yoki unday qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab ikki oy ichida qabul qiladi, hamda uni buyurtma berganga va davlat tassarufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
basharti, korxona davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
basharti, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan xususiyatlari hisobga olinmayotgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
basharti, rad etish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻlsa, rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin boʻlgan shartlar va muddatlarni koʻrsatmogʻi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash ishi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlashni, uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni, korxonaning aktivlari va passivlarini baholashni, mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borishni, boshqa masalalarni hal etishni, shu jumladan yakkahokimlikka qarshi qonunlar talablarini inobatga olgan holda hal etishni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar komissiyalar tuzadi, bu komissiyalar barcha zarur ishlarni olib boradilar. Komissiya tarkibiga davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilarning, maʼmuriyatning, korxona mehnat jamoasining, uning kasaba uyushmasi tashkilotining yoki oʻzga jamoa tashkilotlarining, moliya idorasining, bankning, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining vakillari, boshqa mutaxassislar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish komissiyasi davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona mablagʻi hisobidan pul toʻlash sharti bilan ishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar guruhlarini tuzishlari, maslahat beruvchi, auditor va boshqa tashkilotlarni bu ishga jalb qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya korxona maʼmuriyati bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona toʻgʻrisida davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishda qatnashayotgan subyektlar uchun, shuningdek jamoatchilik uchun belgilangan nusxada zarur axborot tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchiga tasdiqlash uchun taqdim etadi, bu reja:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarishni yoki xususiylashtirishni oʻtkazish muddatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning qiymatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonani qayta tashkil etishning zarurat boʻlganda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan foydalanishning mavjud tartibi va shartlarini saqlab qolishni ham nazarda tutuvchi loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitoblarning tavsiya etiladigan shakl va muddatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozlar berish, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish qismini bepul berish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish rejasiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Bu narx obyekt qiymatining komissiya chiqargan dastlabki bahosidan kam boʻlishi mumkin emas va unda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilayotgan paytda qaror topgan haqiqiy bozor bahosi hisobga olingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat mulki obyekti qiymatining dastlabki bahosini komissiya haq toʻlab sotib olinadigan, sotiladigan, aksiyali jamiyatga va masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylantiriladigan davlat korxonalari va tashkilotlarining mol-mulki qiymatini baholash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizom asosida chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat korxonasi jamoa korxonasiga aylantirilayotganida korxona balansida boʻlgan ijtimoiy infrastruktura va atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati obyektning savdo bahosiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Ijaraga olingan davlat korxonasi mol-mulkini sotib olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ijarachi davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi roziligi bilan oʻzi ijaraga olgan mol-mulkni haq toʻlab (toʻliq yoki qisman) sotib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ijaraga olingan mol-mulkning bahosi haqini toʻlab olinadigan, sotiladigan, aksiyali jamiyatlarga va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladigan davlat korxonalari va tashkilotlari mol-mulkining qiymatini baholash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlab beradigan Nizomga muvofiq chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mol-mulkni jamoa mulki uchun sotib olishda jamoa korxonasining Ustavida har bir xodimning mol-mulkdagi hamda foydadagi ulushi uning ish stajini, ish haqi miqdori va boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish davlat mulkini mehnat jamoasi aʼzolari tomonidan (bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib haq toʻlab) sotib olish orqali yoki bu mulkni ularga tekinga berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mol-mulk jamoasi tomonidan tasdiqlanadigan jamoa korxonasining Ustavida haq toʻlab sotib olingan mol-mulkning qiymatini xodimlar oʻrtasida taqsimlash tartibi koʻzda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat korxonasini aksiyali jamiyatga, oʻzga xoʻjalik jamiyatiga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar davlat aksiyali jamiyatlarning muassislari boʻladilar, ular aksiyalarni tarqatish tartibi va shartlarini belgilaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar aksiyalar egasi boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, oʻzga suveren davlatlarning fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvining respublika va mahalliy idoralari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Davlat mulki obyektini tanlov boʻyicha sotib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat mulki obyektlari tanlov boʻyicha sotilishi mumkin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tanlovni oʻtkazish shartlari, tartibi va muddatini davlat mulki obyektlarini tegishli tasarruf etuvchi tayinlaydigan tanlov komissiyasi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Davlat mulki obyektini kim oshdi savdosida sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalarni kim oshdi savdosida sotishga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni davlat mulki obyektini tasarruf etuvchi qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarning kim oshdi savdosini oʻtkazish uchun davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar kim oshdi savdosi xizmatlarini tashkil etadilar, bu xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ish koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt respublika (kommunal) mulk boʻlib turadi. Bunday hollarda davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi korxonani tugatib, uning mol-mulkini boʻlak-boʻlak qilib sotib borish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Bitimlarni rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi mol-mulkni yangi mulkdorga topshirayotganda unga mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order beradi. Orderning nusxasi, davlat bojining miqdori va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat korxonalari haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan taqdirda mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order haqning birinchi badali toʻlangach beriladi. Korxonaning qiymati butunlay toʻlab boʻlingunga qadar davlat mulki obyektini tasarruf etuvchi mol-mulkni tasarruf etish huquqini cheklab qoʻyishi, shu jumladan davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchining roziligisiz bu mulkni sotishni va tekinga berishni taqiqlab qoʻyishi mumkin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mablagʻlar manbai
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi mablagʻlar mol-mulkni sotib olish uchun manba boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning shaxsiy mablagʻlari, davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning oʻz mablagʻlari, kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan usullar bilan olingan boshqa moliyaviy mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat korxonasi mehnat jamoasining aʼzolari korxonani quyidagi manbalar hisobiga sotib olishlari mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sof foydaning mehnat jamoasi aʼzolari mulki boʻlgan qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amortizatsiya ajratmalari hamda mehnat jamoasining mulki boʻlgan va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar chiqarib jalb etilgan mablagʻ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kreditlari va oʻzga qarz mablagʻlari,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoasi aʼzolarining shaxsiy mablagʻlari,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlardan davlat mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasining va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarning davlat mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus fondlarida jamlanadi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish fondlarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlarining oʻzaro majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi bilan yangi mulkdor oʻrtasida oʻzaro majburiyatlar hamda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan obyekt faoliyatining shartlari haqida, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan davrgacha korxona ixtisosini, ishlab chiqarish hajmini saqlab qolish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joylarini saqlab qolish yoki oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni maʼlum isteʼmolchilarga yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-maishiy obyektlarni saqlash, ularning ishlash sharoitlarini saqlab qolish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni ijtimoiy-maishiy taʼminlashning oʻziga xos jihatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzga majburiyatlar haqida muayyan davrga moʻljallangan bitim tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bitimning shartlari korxonani davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga tayyorlash davrida belgilanadi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlariga sotilajak narx bilan birga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalarning xodimlariga beriladigan yengilliklar va kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilayotganda va xususiylashtirilayotganda shu erdan pensiyaga ketgan mehnat faxriylariga hamda korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat jamoasining aʼzolariga aksiyalar va boshqa mulk boʻlib-boʻlib haq toʻlash orqali sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat korxonalarining mol-mulkini sotib olish chogʻida mehnat jamoasining aʼzolari, ular tomonidan tuzilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar boshqa sharoitlari teng boʻlganida oʻzga fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari esa boshqa xaridorlarga nisbatan ustuvor huquqqa ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oqibatida qayta tuzilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliq toʻlashda yengilliklar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat jamoalarining aʼzolariga quyidagi kafolatlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirilayotgan davrda korxona maʼmuriyati ilgari tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburdir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
egalik huquqi yangi mulkdorga oʻtgan kundan boshlab olti oy davomida mulkdor bilan korxona mehnat jamoasi oʻrtasida yangi jamoa shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Boʻshatilayotgan xodimlarni ishga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi hamda ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar jamoatchilik bilan hamda davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida foydalaniladigan pul mablagʻlarining kelib chiqishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlat va jamoat nazorati oʻrnatilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslar sud tartibida hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 19-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
425-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 43-modda; 1993-y., 5-son, 236-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1998-y., 3-son, 38-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 109-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2011-y., 15-son, 147-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)