1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AVTOMOBIL YOʻLLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi OʻRQ-1162-sonli “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi (bundan buyon matnda avtomobil yoʻllari sohasidagi deb yuritiladi) munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haq toʻlanadigan avtomobil yoʻllari sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻli — transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan, ularning belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi boʻshliq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar — yoʻl harakatining ishtirokchilari boʻlgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yoʻl boʻyi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mintaqa — avtomobil yoʻli, uning tegishli konstruktiv elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil yoʻlidan foydalanish uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl boʻyi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari — qishloq joylardan oʻtadigan va xoʻjaliklarni oʻzaro bogʻlaydigan avtomobil yoʻllari. Xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Avtomobil yoʻllari sohasini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Avtomobil yoʻllari sohasida davlat boshqaruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllari sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari sohasidagi maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtomobil yoʻllari sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

avtomobil yoʻllari sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yoʻllari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllari sohasida yagona texnika siyosatini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari davlat kadastrini yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yoʻllari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxati boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllari sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yoʻllari sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va boshqa aholi punktlarining transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarini loyihalash sohasidagi normalar hamda standartlarga rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda saqlashni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarining hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari davlat mulki boʻlib, avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari aholi ehtiyojlarini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shaharlar hamda boshqa aholi punktlari oʻrtasida yuklar va yoʻlovchilar tashishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllariga boʻlinadi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.07.00 Avtomobil, temir yoʻl va truboprovod transporti boʻyicha xalqaro hamkorlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobil yoʻllari tarmogʻiga kiradigan yoʻllar xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari va tumanlarining maʼmuriy markazlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar, madaniyat hamda sanoat markazlari oʻrtasida transport qatnovini taʼminlaydigan, mazkur markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga molik yoʻllar bilan, aeroportlar, temir yoʻl stansiyalari, portlar va kema toʻxtash joylari, shuningdek qoʻshni davlatlar bilan bogʻlaydigan yoʻllar davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlarning maʼmuriy markazlarini shaharchalar, qishloqlar va ovullar bilan, shuningdek davlat ahamiyatiga molik yoʻllar bilan bogʻlaydigan yoʻllar mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari maxsus vakolatli organ ixtiyorida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxati belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar doirasida oʻtadi, mazkur koʻchalarning Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatiga belgilangan tartibda kiritilgan uchastkalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari davlat mulki boʻlib, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Xoʻjalik avtomobil yoʻllari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik avtomobil yoʻllari davlat yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulkidir. Texnologik maqsadlarga xizmat qiladigan yoʻllar, shoxobcha, xizmat, patrul va boshqa shunga oʻxshash avtomobil yoʻllari xoʻjalik avtomobil yoʻllari jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Avtomobil yoʻllarining toifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllari texnik vazifasiga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toifalarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish, qurish va saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini moliyalashtirishga ajratilgan mablagʻlar belgilangan maqsadga ega boʻladi va tegishli avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, saqlash hamda rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilmaydi yoki sarflanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻli bilan tutashadigan yoxud kesishadigan avtomobil yoʻlini qurish uchun ruxsatnoma belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi tomonidan beriladi. Agar yoʻlning tutashgan yoxud kesishgan joyi tegishli ruxsatnomasiz yoki shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda qurilgan boʻlsa, maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi ularni rekonstruksiya qilish haqida yoxud hududni dastlabki holatiga keltirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajratilgan mintaqada muhandislik kommunikatsiyalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish loyihalari avtomobil yoʻli qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻlini qurish yoki rekonstruksiya qilish chogʻida muhandislik kommunikatsiyalarini koʻchirish boʻyicha olib boriladigan ishlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash mazkur yoʻllar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tashkil etadigan yoki jalb qiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (bundan buyon matnda yoʻl tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarini, osma koʻpriklarni, parom kechuvlarini, tramvay yoʻllarini hamda avtomobil yoʻllaridagi boshqa inshootlarni taʼmirlash va saqlash mazkur inshootlar qaysi yuridik shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Yoʻl tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noqulay ob-havo-iqlim sharoitlarida, tabiiy ofatlar, yongʻinlar yuz berganda, avtomobil yoʻli koʻtarish qobiliyatini yoʻqotganda va boshqa shunga oʻxshash hollarda, shuningdek taʼmirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda yoʻl tashkilotlari mahalliy davlat hokimiyati organlariga bu haqda bildirgan, avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish bilan xabardor qilgan hamda tegishli belgilar oʻrnatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari bilan birgalikda transport vositalari harakatini cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl tashkilotlari avtomobil yoʻllarining soz holatda boʻlishini, ulardan transport vositalari muttasil va xavfsiz oʻtishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalaridan, shuningdek boshqa shaxslar foydalanishi uchun ochiq boʻlgan xoʻjalik avtomobil yoʻllaridan oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlanishning yoʻl sharoitlari toʻgʻrisida tezkor axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻlidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning javobgarligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.11.00 Transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻlining elementlari shikastlanishiga yoʻl qoʻygan avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda koʻrsatilgan elementlarning va ularni tiklash ishlari qiymatining oʻrnini qoplaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 147, 148-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 269-moddasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalaridan, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi mazkur avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllaridan oʻqiga tushadigan yuk va ogʻirligi belgilangan normalardan ortiq boʻlmagan transport vositalari, oʻziyurar mashinalar hamda mexanizmlarning oʻtishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqiga tushadigan yuk va oʻlchamlari muayyan avtomobil yoʻli uchun belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarining oʻtishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi. Avtomobil yoʻli elementlari shikastlangan taqdirda, avtomobil yoʻlidan foydalanish uchun ruxsat berilganligi bunday transport vositalari egalarini javobgarlikdan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlatlar transport vositalarining avtomobil yoʻllaridan oʻtishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 3-bobi (“Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-sonli “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Avtomobil yoʻllaridan ularning asosiy vazifasi bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllaridan ularning asosiy vazifasi bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda foydalanish avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishmasdan turib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mintaqada yoʻl axborotiga aloqasi boʻlmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, eʼlonlar oʻrnatish va joylashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport musobaqalari va jamoatchilik tadbirlari oʻtkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mintaqa doirasida koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kanallar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, quvurlar, temir yoʻllar hamda boshqa kommunikatsiyalarning avtomobil yoʻllarini kesib oʻtishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tutashadigan va ajralib chiqadigan yoʻllar qurishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻpriklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning oʻzanlarini chuqurlashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻliga qoʻshilib ketgan shlyuzlar, toʻgʻonlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini taʼmirlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllari chetlarida hamda yoʻl koʻtarmalari yoki oʻyimlarining qiyaliklarida joylashgan, foydalanilayotgan aloqa va elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Ajratilgan mintaqadan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ajratilgan mintaqadan unda ishlar bajarish uchun avtomobil yoʻli qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, faqat oʻsha yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsati bilan foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajratilgan mintaqaning uchastkalari atrof muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini taʼminlash sharti bilan servis obyektlarini joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Avtomobil yoʻllarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda avtomobil yoʻllarida harakatlanish cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar ajratilgan mintaqada ish olib borilayotganda ham, agar bunday ishlar transport vositalari hamda piyodalarning harakat xavfsizligiga tahdid qilsa, avtomobil yoʻllaridagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoxud taqiqlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar olib borish uchun avtomobil yoʻllaridagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoshilinch, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda avtomobil yoʻllarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash ishlar olib borish uchun oldindan ruxsatnoma olmagan holda joriy etilishi mumkin, biroq bunda avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari bu haqda xabardor qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻliga qoʻshiladigan va shoxobcha yoʻllarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga koʻmaklashishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻliga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar avtomobil yoʻli oʻqidan ellik metrdan kam boʻlgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar toʻplanishiga yoʻl qoʻymasliklari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibiga rioya qilmaganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.11.00 Transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarga avtomobil yoʻlidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda qoplashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻlidan oʻtish sharoitlarining yomonlashishiga sabab boʻladigan ishlarni bajarayotgan yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik, shuningdek avtomobil yoʻlining tegishli uchastkalarida va aylanib oʻtish joylarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi 653-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 353-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 3-oktabrdagi 195 (4348)-sonida eʼlon qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 2-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-117-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 40-son, 410-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)