Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 28.08.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1706
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qarori, 28.08.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1706
Date of entry into force
07.09.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 07.09.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

INNOVATSIYA ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-avgustda 1706-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 31-32-son, 311-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E. ZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2007-yil 25-aprel,

3-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 25-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-son

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. QOSIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 25-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80-son

Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 25-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-3-6/3-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 25-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2/3-son

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2007-yil 25-apreldagi 3, 43, 80, 5-3-6/3, 2/3-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 311-modda) muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari asosida yangi texnologiyalarni amaliyotda keng qoʻllash, mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etish, mavjud ilmiy-texnologik salohiyatdan samarali foydalanishga yoʻnaltirilgan innovatsiya faoliyatini, amaliy, ilmiy-texnik, tajriba-konstruktorlik, texnologik va boshqa turdosh ishlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirliklari (keyingi oʻrinlarda “vazirliklar”) tegishli sohalardagi mavjud ilmiy-texnologik muammolardan kelib chiqib, vazirliklarning innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini (keyingi oʻrinlarda “vazirliklarning dasturlari”) shakllantiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik ilmiy-texnologik muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsiya ilmiy-texnika dasturi (keyingi oʻrinlarda “Dastur”) Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Qoʻmita”) tomonidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklarning dasturlarini va Dasturni moliyalashtirish Innovatsiya fan-texnika faoliyatini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma”)ga davlat budjetining “Fan” 202 boʻlimi boʻyicha ajratiladigan mablagʻlari va innovatsiya faoliyatidan manfaatdor xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari hisobidan hissadorlik asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Budjet mablagʻlarining Dasturlar boʻyicha moliyaviy taqsimoti Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarmaning xarajatlari va daromadlari smetasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar, Qoʻmita va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalarini hissadorlik asosida moliyalashtirishda ishtirok etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Dasturlarning buyurtmachilari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Innovatsiya ilmiy-texnik faoliyat obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Innovatsiya ilmiy-texnik faoliyat obyektlari quyidagilardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ixtirolar, nou-xau, ilmiy-texnik ishlanmalar asosida yangi, ilmiy hajmdor mahsulotlarning tajriba-sanoat namunalarini yaratish, sanoat sinovlaridan oʻtkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ularni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mavjud texnologiyalarning raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan, tijorat nuqtai nazaridan samarali boʻlgan, mahalliy xomashyo asosida yangi, ilmiy hajmdor mahsulotlarni bozorga olib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) inson va hayvonlar kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini oʻzlashtirish, yangi turdagi dori-darmonlar, ularning substansiyalari va tibbiy-texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini yaratish, ularning seleksiyasi va urugʻchiligi sohasi, himoya preparatlarini ishlab chiqarishda samarali texnologiyalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sanoat chiqindilari hamda ikkilamchi resurslarni qayta ishlash texnologiyalarini oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yangi axborot texnologiyalari va dasturiy vositalarni yaratish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlik bilan bogʻliq huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy va boshqaruv masalalarini hal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ilm-fanning zamonaviy natijalarini yorituvchi original monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash, chop etish va oʻquv jarayoniga joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) innovatsiya faoliyatini kengaytirish, intellektual faoliyat obyektlarini amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan respublika va xalqaro miqyosdagi seminar, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 §. Tanlovni tashkil etish bosqichlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tanlovni tashkil etish bosqichlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov topshiriqlari roʻyxatini aniqlash (Dasturlarni shakllantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin bir oy muddatda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov eʼlon qilish (topshiriqlar roʻyxati aniqlangandan keyin oʻn kunlik muddatda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovga innovatsiya loyihalarini qabul qilish (tanlov eʼlon qilingandan keyin 1,5 oylik muddatda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish (loyihalar qabuli tugagandan keyin 2 oylik muddatda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturlarni shakllantirish va tasdiqlash (ilmiy-texnika ekspertizasi yakunlangandan soʻng bir oylik muddatda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 §. Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mos holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar oʻz sohalari oldida turgan dolzarb masalalarni yechishga yoʻnaltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari roʻyxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari roʻyxatini tuzish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va iqtisodiyot tarmoqlaridan takliflar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Innovatsiya loyihalari tanlovlari topshiriqlari roʻyxati tegishlicha vazirliklar hamda Qoʻmita tomonidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shakllantirilgan innovatsiya loyihalari tanlovlari topshiriqlari roʻyxati ustuvor yoʻnalishlarga muvofiqligi, oʻxshashlik va takrorlash holatlari mavjud emasligini tahlil qilish maqsadida Qoʻmitaning Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashlari (keyingi oʻrinlarda “Idoralararo kengashlar”) tomonidan koʻrib chiqiladi. Topshiriqlar roʻyxatlarida bunday nomuvofiqliklar mavjud boʻlgan holda Idoralararo kengashlar ularni bartaraf etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini vazirliklarga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari roʻyxatlari tegishlicha vazirliklar hamda Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi va Davlat buyurtmasi maqomiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoʻmita va vazirliklar mustaqil ravishda ommaviy axborot vositalarida innovatsiya loyihalari tanlovini eʼlon qiladi, shuningdek, innovatsiya faoliyati ishtirokchilarini tanlov muddatlari, talablari va loyihalarni tanlovga topshirish tartibi bilan tanishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Innovatsiya faoliyati ishtirokchilari tanlovda qatnashish uchun mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan talablarga mos holda tayyorlangan hujjatlarini vazirliklar va Qoʻmitaga ikki nusxada topshiradilar. Loyihalarni amalga oshirish davri 2 yildan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirliklarning innovatsiya loyihalari tanloviga taqdim etilgan hujjatlar vazirliklarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari va Qoʻmitaning innovatsiya loyihalari tanloviga taqdim etilgan hujjatlar Qoʻmitaning Innovatsiya ishlari hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishni muvofiqlashtirish va tahlil etish boʻlimi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirliklar va Qoʻmita tanlovga taqdim etilgan loyihalarning, tanlov shartlari, maqsadlari va talablariga mosligini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Innovatsiya loyihasi ikki qismdan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha tasnifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik-iqtisodiy asosnoma (loyiha budjeti va uning asosnomasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Innovatsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish, uning natijalariga koʻra vazirliklarning dasturlarini shakllantirish uchun vazirliklarda dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Dasturga kiritishga tavsiya etilgan loyihalar ekspertizasi Idoralararo kengashlar tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert sifatida tegishli sohada yetarli darajada bilim va malakaga ega boʻlgan, ekspertiza qilinayotgan ishga xolis yondasha oladigan mutaxassislar jalb qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Har bir loyiha ikki mustaqil ekspert tomonidan koʻrib chiqiladi. Ekspertlarning biri innovatsiya loyihalarini bajarilishidan manfaatdor boʻlgan vazirlik, idora, tashkilotlarning mutaxassisi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ekspertiza jarayoni ochiq-oydin muhokama tarzida oʻtkaziladi. Ekspertlarning har bir loyihaga bergan xulosalari vazirliklarda hamda Qoʻmitada ochiq muhokamadan oʻtkaziladi. Muhokamaga loyihaning ilmiy rahbari va ijrochilari hamda sohaning yetakchi olim va mutaxassislari taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini koʻrib chiqish vazirliklarda va Qoʻmitada innovatsiya faoliyatidan manfaatdor boʻlgan, ularni hissadorlik asosida moliyalashtiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, Moliya vazirligi, Idoralararo kengashlar va boshqa tashkilotlarning iqtisodchi mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi va xulosalar koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vazirliklar hamda Qoʻmita ekspertiza xulosalari asosida innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Dasturlarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vazirliklarning dasturlari Qoʻmita bilan kelishilgandan keyin vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi. Dastur Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Dasturlar yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan topshiriqlarni bajarishga, hamda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan innovatsiya loyihalari bilan toʻldirilib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tanlovga taqdim etilgan loyihalar va materiallar qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Dasturlarni amalga oshirish va innovatsiya loyihalarini hissadorlik asosida moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vazirliklar va Qoʻmita innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ijrochi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ustama xarajatlar miqdori loyihaga ajratilgan mablagʻning 20 foizidan ortmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Hissador tashkilotning mablagʻi pul koʻrinishida yoki loyihani amalga oshirish uchun zarur qurilmalar, ishlab chiqarish bazasi, xomashyo, energiya, mashina va mexanizmlar koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Innovatsiya loyihalarini hamkorlikda moliyalashtirish shartlari Qoʻmita, vazirliklar va manfaatdor tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomada koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Dasturlarning bajarilish monitoringi va ularni muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarining bajarilishi bilan tanishish va nazorat qilish maqsadida vazirliklar va Qoʻmita tomonidan monitoring olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Monitoring Qoʻmita va vazirliklarning buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan monitoring guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring guruhlariga innovatsiya loyihalari natijalaridan manfaatdor vazirlik, idora, hokimliklar va Moliya vazirligi vakillari hamda Idoralararo kengashlar aʼzolari jalb qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Monitoring guruhlari aʼzolari yilning birinchi yarmida innovatsiya ishlarini loyiha bajarilayotgan obyektga borib koʻradi. Yil yakunida oraliq nazoratni taʼminlash maqsadida loyiha rahbarlarining ishlarning borishi toʻgʻrisidagi axborotlari Idoralararo kengashlarning yigʻilishlarida muhokama qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Zaruriyat tugʻilgan hollarda monitoring guruhlarining taklifi asosida shartnomalarga qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Barcha qoʻshimchalar kelishuvga muvofiq yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Qoʻmita va vazirliklar monitoring guruhlari xulosalarini tahlil qilib, loyihalarni davom ettirish yoki oraliq nazorat natijalari boʻyicha bajarilishi qoniqarsiz deb topilgan innovatsiya loyihalarini toʻxtatish va Dasturdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan moliyaviy mablagʻlar Qoʻmita va vazirliklarning qaroriga koʻra boshqa samarador innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Dasturlar yakunigacha sarflanmay qolgan mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yakunlangan loyihalar boʻyicha hisobotlar manfaatdor tomonlarning xulosasi bilan birga Qoʻmita va vazirliklarning ekspert guruhlari tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Ekspertiza xulosasiga asosan loyiha tugallangan deb hisoblanadi va ishlar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Innovatsiya loyihalarining moliyaviy hajmlari boʻyicha oʻzgarishlar yuz bergan holda, bu haqda Moliya vazirligiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Innovatsiya loyihalarining ilmiy-texnik hisobotlari tegishli ravishda vazirliklarga va Qoʻmitaga topshiriladi. Vazirliklar Jamgʻarmaning budjet mablagʻlari xarajatlari toʻgʻrisida moliyaviy hisobotlarni hamda tegishli dasturlarning natijalari toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnomalarni Qoʻmitaga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mazkur Nizom Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 24-iyul

Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 24-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV

Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy va texnika fanlari sohasida loyiha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎____________________
‎Loyiha raqami
‎TOʻLDIRILMASIN

‎Loyiha nomi ________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Dastur nomi ________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________

2.1. Loyiha tasnifi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.1. Kalit soʻzlar: 15 tadan ortmasin, kichik harflar bilan yozilsin va vergullar bilan ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.2. Yechilishi lozim boʻlgan muammo 0,5 varaqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.3. Loyihaning maqsadi va vazifalari: loyiha qanday bajariladi, amalga oshirish uchun rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar — 2-varaqqacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.4. Innovatsiya obyektining ilmiy-texnik saviyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
;birinchi marta olingan natijalar asosida 1-varaqqacha asosnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda birinchi marta olingan natijalar asosida (1-varaqqacha asosnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa oʻxshash texnologiya va usullardan afzalligi 1-varaqqacha asosnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.5. Innovatsiya obyektining ilmiy-texnik hujjatlari: (patentlar, guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik reglament, texnik pasport, texnik shartlar, texnologiya yoki mahsulotning sinov dalolatnomalari va boshqalar) nusxalari ilova qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.6. Innovatsiya obyektining tayyorlik darajasi: (texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning sanoat yoki tajriba namunasi mavjud) chizmasi yoki surati ilova qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.7. Innovatsiya obyektining texnologik taʼminlanganligi: (ishlab chiqarish bazasining, texnologik tizimning, asbob-uskunalarning va zarur infratuzilmaning mavjudligi) xatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.8. Innovatsiya obyektining xomashyo bilan taʼminlanganligi: taʼminlovchi tashkilotlarning xatlari ilova qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.9. Loyihani amalga oshirish bosqichlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish bosqichlari‎ Muddat (chorak)‎ Kutilayotgan natija‎ Mablagʻ (jamgʻarma) ‎ Mablagʻ (hissadorlik)‎
1.‎

2.1.10. Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy moliyaviy hajmi‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎

2.2. Texnik-iqtisodiy asosnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.1. Loyihaning bajarilish miqyosi: loyihaning bajarilishidan manfaatdor vazirlik, idora va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar koʻrsatilsin (xatlari ilova qilinsin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.2. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan ilmiy hajmdor mahsulot qancha miqdorda importni qisqartiradi (foizlarda), eksportga yoʻnaltirilgan yoki qanday muayyan soha talabini qondiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.3. Yakuniy natijalar tasnifi: loyihaning bajarilishi natijasida muayyan iqtisodiyot tarmogʻida qanday texnologiya, texnologik tizim, sanoat-tajriba qurilmasi oʻzlashtiriladi yoki mavjudining samaradorligi oshadi; qanday ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlanadi (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.4. Loyihaning bajarilishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik: ishlab chiqarish hajmi; texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning tannarxi; loyiha yakunlangandan soʻng 1-2-3 yil davomida erishiladigan iqtisodiy samaraning hisobi (loyihaga sarflangan mablagʻlarning qoplanish davri) (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.5. Loyihaning budjeti va uning asosnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar‎

Moliya yoʻnalishlari‎ Umumiy moliyaviy hajmi‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎
Oylik ish haqi
‎Asboblar va texnik vositalar
‎Xom ashyo
‎Xizmat safarlari
‎Ustama xarajatlar
‎Boshqa xarajatlar ‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.6. Rejalashtirilgan xarajatlar va ularning asoslanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oylik ish haqi

Loyiha ijrochilari‎ Oylik ish haqi‎ Ishning davomiyligi (oylarda)‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
Rahbar
‎Xodim
‎... ‎
Hammasi‎
Oylik chegirmalar (24%)‎
Jami (oylik + chegirmalar)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.7. Vaqtincha ijodiy jamoa tarkibi va ularning vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ismi-sharifi‎ Vazifasi (qisqacha faoliyat tarifi) ‎ Ish davri (oylarda)‎ Ish haqi (jami)‎
1. Rahbar
‎2. Xodim
‎3. Laborant
‎4. ... ... ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.8. Sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vositalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajat yoʻnalishlari‎ Miqdori (dona, kg, ...) ‎ Birlik tovar narxi ‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.9. Sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vositalarning asosnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajat yoʻnalishlari‎ Sotib olinishi rejalashtirilayotgan mahsulot nima uchun xizmat qiladi‎
1.
‎2.
‎3.
‎4. ‎

2.2.10. Xizmat safarlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzil (viloyat, shahar) ‎ Boruvchilar soni ‎ Yoʻl haqi ‎ Mehmonxona‎ Boshqa xarajatlar (qanday)‎ Jami‎
1.
‎2.
‎3.
‎4. ‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.11. Xizmat safarlarining asosnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzil (viloyat, shahar) ‎ Boruvchilar soni ‎ Xizmat safaridan maqsad‎
1.
‎2.‎

2.2.12. Boshqa xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajat yoʻnalishlari‎ Miqdori (dona, kg, ...) ‎ Birlik tovar narxi ‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1.
‎2.
‎3.
‎4. ‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani taqdim etayotgan ilmiy muassasa: toʻla nomi, manzili, telefon, faks, e-mail; _________________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎Ilmiy muassasa rahbari ___________________ ‎

(imzo, muhr)‎

‎‎
‎Loyiha rahbari*: ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, manzili, telefon, faks, e-mail; _________________________________________________

‎_____________________
‎(imzo)‎‎

Izoh: loyiha ijrochilari mazkur shaklda keltirilgan savollarning barcha bandlariga toʻla va aniq javob berishlari zarur. Belgilangan shakldan chetlashgan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

* Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi lozim.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida loyiha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎____________________
‎Loyiha raqami
‎TOʻLDIRILMASIN

‎Loyiha nomi ________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Dastur nomi ________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Loyiha tasnifi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1.1. Kalit soʻzlar: 15 tadan ortmasin, kichik harflar bilan yozilsin va vergullar bilan ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1.2. Yechilishi lozim boʻlgan muammo 0,5 varaqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1.3. Loyihaning maqsadi va vazifalari: loyiha qanday bajariladi, amalga oshirish uchun rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar — 2 varaqqacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1.4. Jamoaning ilmiy saviyasi: chop etilgan ilmiy-oʻquv adabiyotlar va maqolalar roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1.5. Loyihani amalga oshirish bosqichlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish bosqichlari‎ Muddat (chorak)‎ Kutilayotgan natija‎ Mablagʻ (jamgʻarma) ‎ Mablagʻ (hissadorlik)‎
1.
‎2.
‎3.
‎4. ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1.6. Kutilayotgan yakuniy natijalar (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1.7. Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy moliyaviy hajmi‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Texnik-iqtisodiy asosnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.1 Loyihaning bajarilish miqyosi: loyihaning bajarilishidan manfaatdor vazirlik, idora va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar koʻrsatilsin (xatlari ilova qilinsin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.2. Yakuniy natijalar tasnifi: Loyihaning bajarilishi natijasida ilmiy yoki oʻquv adabiyoti nashrga tayyorlanadi, chop etiladi, ilmiy-amaliy anjuman va boshqalar (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.3. Loyihaning bajarilishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik: ishlab chiqarish hajmi; ilmiy hajmdor mahsulotning tannarxi; loyiha yakunlangandan soʻng 1-2-3 yil davomida erishiladigan iqtisodiy samaraning hisobi (loyihaga sarflangan mablagʻlarning qoplanish davri) (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.4. Loyiha budjeti va uning asosnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar‎‎

Moliya yoʻnalishlari‎ Umumiy moliyaviy hajmi‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎
1. Oylik ish haqi
‎2. Asboblar va texnik vositalar
‎3. Xizmat safarlari
‎4. Ustama xarajatlar
‎5. Boshqa xarajatlar‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.5. Rejalashtirilgan xarajatlar va ularning asoslanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oylik ish haqi

Loyiha ijrochilari‎ Oylik ish haqi‎ Ish davomiyligi (oylarda)‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1. Rahbar
‎2. Xodim
‎3. .... ‎
Hammasi‎
Oylik chegirmalar‎
Jami (oylik + chegirmalar)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.6. Vaqtincha ijodiy jamoa tarkibi va ularning vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ismi-sharifi Vazifasi (qisqacha faoliyat tarifi) ‎ Ish davri (oylarda)‎ Ish haqi (jami)‎
1. Rahbar
‎2. Xodim
‎3. … ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.7. Sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vositalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajat yoʻnalishlari‎ Miqdori (dona, kg, ...) ‎ Birlik tovar narxi ‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1.
‎… ‎

3.2.8. Sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vositalarning asosnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajat yoʻnalishlari‎ Sotib olinishi rejalashtirilayotgan mahsulot nima uchun xizmat qiladi‎
1.
‎… ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.9. Xizmat safarlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzil (viloyat, shahar) ‎ Boruvchilar soni ‎ Yoʻl haqi‎ Mehmonxona‎ Boshqa xarajatlar (qanday)‎ Jami‎
1.
‎… ‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.10. Xizmat safarlarining asosnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzil (viloyat, shahar) ‎ Boruvchilar soni ‎ Xizmat safaridan maqsad‎
1.
‎… ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.11. Nashriyot va boshqa xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajat yoʻnalishlari‎ Miqdori (dona, kg, ...) ‎ Birlik tovar narxi ‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1.
‎… ‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani taqdim etayotgan ilmiy muassasa: toʻla nomi, manzili, telefon, faks, e-mail; _________________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎Ilmiy muassasa rahbari ___________________ ‎

(imzo, muhr)‎

‎‎
‎Loyiha rahbari*: ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, manzili, telefon, faks, e-mail; _________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎_____________________
‎(imzo)‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: loyiha ijrochilari mazkur shaklda keltirilgan savollarning barcha bandlariga toʻla va aniq javob berishlari zarur. Belgilangan shakldan chetlashgan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi lozim.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 363-modda; 2009-y., 7-son, 74-modda; 2014-y., 31-son, 393-modda)