20.07.2007 yildagi O‘RQ-103-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 20.07.2007 yildagi O‘RQ-103-son
Date of entry into force
21.07.2007
Hujjat 21.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“SUDLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA, HARBIY SUDLAR FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA, SUDYALARNING MALAKA HAYʼATLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 21-dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi 924-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umumiy yurisdiksiya sudlari va xoʻjalik sudlari faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi prinsiplariga qatʼiy rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi vakolatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibi mazkur komissiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan nizomi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yurisdiksiya sudlarini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash, ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarorlarini ijro etish ishlarini tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudlari faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 35-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼati qarori bilan sudyalardan biri zimmasiga yuklatilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 40-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼati lavozim boʻyicha Harbiy hayʼat raisi hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosaridan, Harbiy hayʼat raisining oʻrinbosari va sudyalardan iborat boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn uchinchi xatboshisidagi “hamda Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tarkibi va raisi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari sudyalarining konferensiyasiga taqdimnomalar kiritadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 59-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat, Toshkent shahar xoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati qarori bilan sudyalardan biri zimmasiga yuklatilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi. Mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlarning, viloyatlar hamda Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 71-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umumiy yurisdiksiya sudlari va xoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori bilan quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin, agar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 72-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan; viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 74-moddaning ikkinchi qismidagi “Oliy xoʻjalik sudi Plenumi tomonidan” degan soʻzlar “xoʻjalik sudlari sudyalarining konferensiyasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 12-modda) 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼati lavozim boʻyicha Harbiy hayʼat raisi hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosaridan, Harbiy hayʼat raisining oʻrinbosari va sudyalardan iborat boʻladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 323-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 23-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudyalar oliy malaka hayʼati raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati raisi Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari sudyalarining konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalari orasidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari lavozimlariga koʻra sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari raislari hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 8-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati raisi sudyalarning malaka hayʼati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda sudyalarning malaka hayʼati zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Hayʼat raisi yoʻqligida uning vazifasini sudyalarning tegishli malaka hayʼati raisi oʻrinbosari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi sudyalar malaka hayʼatlari raislarining sudya kadrlar bilan olib borilayotgan ishlarning ahvoli haqidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatida sudya kadrlarning zaxirasini shakllantirish va ularni tanlashda oshna-ogʻaynigarchilik, mahalliychilik, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish hamda boshqa yoʻsindagi qoidabuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi sudyalarning tegishli malaka hayʼati raisini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnoma kiritishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatini tashkiliy-texnika jihatidan taʼminlashni, arizalarni qabul qilish va roʻyxatga olishni, hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirishni tegishli sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan sudyalar malaka hayʼati kotibi amalga oshiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 11-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalik lavozimlariga zaxirada turgan shaxslarni belgilangan tartibda oʻqitishni ham tashkil etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 12-modda quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“81) sudyalik lavozimlariga zaxirada turgan shaxslarni belgilangan tartibda oʻqitishni tashkil etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“24. Vakolat muddati tugayotgan sudyalarga nisbatan ularning nomzodini yangi muddatga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudyalar malaka hayʼatlarining mazkur shaxslarning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi xususidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi qarori ularning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 47-modda birinchi qismining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar” degan soʻzlar “tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 48-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“48. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi umumiy yurisdiksiya sudlari va xoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomani sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga kiritish huquqiga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) VII boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“VII. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun nomzodlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali yuristlar — sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari orasidan sudlarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan lavozimlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyaligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Sudyalar oliy malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, okrug va hududiy harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining, viloyatlar hamda Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyaligiga (xoʻjalik sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodi koʻrsatilayotgan shaxslar bundan mustasno) nomzodlar zaxirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari oʻzini sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki boʻshab qolgan muayyan sudyalik lavozimiga qoʻyilish istagini bildirgan shaxslardan arizalar qabul qiladi. Mazkur sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaxirasiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, mutaxassisligi boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin. Sudlangan shaxslar sudyalikka nomzodlar zaxirasiga qabul qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining sudyaligiga, xoʻjalik sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaxirasini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 61-moddasi talablariga rioya qilingan holda sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisidagi arizaga kadrlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqa, tarjimai hol, oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasidan koʻchirma, oxirgi ish joyidan tavsifnoma ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisida ushbu Nizomning 52-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilganligi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish va roʻyxatga olishni, hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirishni sudyalar malaka hayʼati kotibi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarning kasbiy, maʼnaviy-axloqiy va shaxsiy fazilatlari oʻrganilishini tashkil etadi hamda materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay malaka imtihonlari oʻtkazadi, mazkur imtihonlarning natijalariga koʻra sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki zaxiraga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning malaka hayʼatlari majlislarida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga nomzodlarning har biri xususida oʻz fikrini bildirishga, sudyalar malaka hayʼatining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda esa oʻz fikrini yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuborishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarga taalluqli maʼlumotlar sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishi rad etilgan shaxs bir yil muddat oʻtganidan soʻng tegishli ariza bilan takror murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Sudyalarning malaka hayʼatlari sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan hamda fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining va viloyatlar hamda Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga nomzodi birinchi marta koʻrsatilayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarda oʻqitishni tashkil etadi. Maxsus kurslarni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kunidan eʼtiboran uch yil mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Sudyalik lavozimi boʻshab qolgan taqdirda, sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar bu haqda sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan xabardor qilinadi. Bunda ushbu Nizomning 57-moddasida nazarda tutilgan sudyalik lavozimiga nomzodi birinchi marta koʻrsatilayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan taqdirdagina xabardor qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻshab qolgan sudyalik lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar malaka imtihoni topshiradilar, mazkur imtihon natijalariga koʻra sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari ularning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan shaxslarning sudyalik lavozimiga layoqatliligi darajasini sudlarning ixtisoslashuvini inobatga olgan holda, imtihon qabul qilish yoʻli bilan baholaydi. Bunda ularning mehnat faoliyati, shaxsi va dunyoqarashi eʼtiborga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning malaka hayʼati boʻsh boʻlgan sudyalik lavozimiga tavsiya etilgan kamida ikki nafar nomzodga doir materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
591. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalik lavozimlariga saylash yoki tayinlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun kiritiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-103-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 296-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)