Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020 03.07.2007 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.07.2007 yildagi 137-son
Date of entry into force
03.07.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Hujjat 03.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA FAOLIYAT KOʻRSATISh HUQUQI UChUN DAVLAT BOJI MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2001 YIL 24 OKTYABRDAGI 421-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2010 YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA XIZMAT KOʻRSATISh VA SERVIS SOHASINI RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 21 MAYDAGI PQ-640-SON QARORI)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2010-yilgacha boʻlgan davrda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 21-maydagi PQ-640-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 57-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 3-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 3-iyuldagi 137-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qarorga ilovaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish‎ 85‎
Loyihalash‎ 15‎
Qurish‎ 15‎
Foydalanish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) ‎ 30‎
Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish‎ 1‎
Xizmatlar koʻrsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)‎ 30‎
Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish ‎ 1‎
Shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish‎ 430‎
Loyihalash‎ 30‎
Qurish‎ 60‎
Foydalanish‎ 150‎
Xizmatlar koʻrsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)‎ 200‎
Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish ‎ 5‎
Xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish‎ 1900‎
Loyihalash‎ 200‎
Qurish‎ 400‎
Foydalanish‎ 500‎
Xizmatlar koʻrsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)‎ 800‎
Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish‎ 10‎
Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish (litsenziya amal qilishining barcha davriga) ‎ 200‎
Loyihalash‎ 10‎
Qurish‎ 20‎
Foydalanish‎ 30‎
Xizmatlar koʻrsatish:‎
operatorlar va provayderlar tomonidan‎ 150‎
umumiy foydalanish punktlari tomonidan (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)‎ 10‎
qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy foydalanish punktlari tomonidan ‎ 1”‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ilovaning izohiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq joylardagi aloqa va axborotlashtirish sohasi kichik tadbirkorlik subyektlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylardagi hajmi 2048 nomerdan ortiq boʻlgan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylarda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya davlat boji undirmasdan beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylarda xalqaro, shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar davlat boji undirmasdan beriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 286-modda)