Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘zbekiston” davlat tennis klubini tashkil etish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasida tennis va suv sportini yanada rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbeksavdo” AJ, “O‘zoziqovqattaminot” davlat aksiyadorlik jamiyatining 2001-yil 1-yanvardan “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubining ochiq tennis korti negizida mazkur ochiq tennis kortini “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubi tarkibidan chiqargan holda “O‘zbekiston” davlat tennis klubini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubi hududidagi ochiq suzish havzasi qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng, yangi tashkil etilgan “O‘zbekiston” davlat tennis klubi balansiga o‘tkazilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 29-dekabr,
512-son