15.05.2007 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.05.2007 yildagi 97-son
Date of entry into force
15.05.2007
Hujjat 13.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN CHET ELLARGA KETAYOTGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI HISOBGA OLISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslarni hisobga olishni takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimiz tashqarisida boʻlgan davrda ularning muhofazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish boʻyicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar toʻgʻrisida ularning borish maqsadlari, mamlakatlar, yoshi va mintaqalar boʻyicha har choraklik statistika hisoboti yuritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining maʼlumotlari ketgan va kelgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/814/0099-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/814/0099-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda mehnat emigratsiyasini har chorakda oʻrganish boʻyicha savolnoma ishlab chiqsin va uni 2007-yilning uchinchi choragidan boshlab uy xoʻjaliklarini aholi bandligi masalalari boʻyicha oʻrganish dasturiga belgilangan tartibda kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yildan boshlab har yili, maʼlumotlarning respublika, mintaqa va tuman darajalarida muvofiqligini taʼminlagan holda, Oʻzbekiston fuqarolarining mehnat emigratsiyasi masalalari boʻyicha chuqurlashtirilgan maxsus sotsiologik oʻrganishlar oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat emigratsiyasi masalalari boʻyicha oʻrganishlarni oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari orqali mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish munosabati bilan chet ellarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining monitoringini olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda fuqarolarga chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibotlarini soddalashtirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsinlar, ularda koʻrsatib oʻtilgan ruxsatnomani olish uchun toʻlov miqdorini ancha kamaytirishni va uni olish tartibini nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 15-maydagi 97-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish boʻyicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora‎ Axborot olish manbai‎ Axborot mazmuni‎ Taqdim etishning muddati va davriyligi‎ Qayerga taqdim etiladi‎
1.‎‏ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Uy xoʻjaliklarini aholi bandligi masalalari boʻyicha har chorakda oʻrganish‎ Chet ellarda mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning hududlar, yoshi, jinsi va ketgan mamlakatlari boʻyicha soni‎ Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha‎ Davlat statistika qoʻmitasi‎
Mehnat emigratsiyasi masalalari boʻyicha har yillik chuqurlashtirilgan maxsus sotsiologik oʻrganishlar‎ Hududlar boʻyicha mehnat emigratsiyasi omillari, sabablari, asoslari, yoʻnalishlari va shakllari. Mehnat migrantlari mehnat faoliyatini amalga oshirish sharoitlari‎ Har yili, 15-dekabrgacha ‎ Davlat statistika qoʻmitasi‎
2.‎ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ‎ Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar‎ Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalarning hududlar va ketgan mamlakatlar boʻyicha soni‎ Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha‎ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi‎
3.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi personallashtirish Davlat markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi personallashtirish Davlat markazi maʼlumoti

Safar maqsadi, davlati, yoshi va hududi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidan ketayotgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan fuqarolarining soni

Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.‎
Tashqi ishlar vazirligi ‎ Chet ellardagi konsullik muassasalaridan axborotlar‎‏ Borgan mamlakatida mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan konsullik muassasalarida hisobda turgan shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎ Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha‎ Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolari soni toʻgʻrisida borilgan mamlakat vakolatli organlari taqdim etadigan maʼlumotlar‎ Tashqi ishlar vazirligi orqali erishilgan kelishuvlarga muvofiq‎ Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
5.‎ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ‎ Integratsiyalashgan axborotlar‎ Chet ellarga mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun ketayotgan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yigʻma tahliliy axborotlar‎ Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 30 (31)-kunigacha‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/814/0099-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 197-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09/17/814/0099-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)