10.08.2006 yildagi PQ-442-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.08.2006 yildagi PQ-442-son
Date of entry into force
10.08.2006
Hujjat 10.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XONJIZA VA UCHQULOCH KONLARI POLIMETALL RUDALARI MINERAL-XOMASHYO BAZASIDAN SAMARALI FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonjiza va Uchquloch konlari polimetall rudalari mineral-xomashyo bazasidan samarali, oqilona va kompleks foydalanishni taʼminlash va shu asosda “Olmaliq KMK” OAJning ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻlaroq foydalanish, rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Olmaliq KMK” OAJning Xonjiza va Uchquloch konlari polimetall rudalari zaxirasi negizida tegishli ravishda yiliga 650 va 500 ming tonna ruda qazib chiqarish quvvatiga ega kon boyitish majmuasini qurish va 2009-yilning ikkinchi yarim yilligida sanoat koʻlamida ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi oʻn kun muddatda Xonjiza koni foydali qazilmalar zaxirasini belgilangan tartibda “Olmaliq KMK” OAJning balansiga topshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Olmaliq KMK” OAJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Xonjiza va Uchquloch konlari polimetall rudalarini birgalikda toʻliq qayta ishlash” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Unda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metallar eng kam chiqindiga chiqarilgan holda konlar zaxiralarini toʻliq qayta ishlash yoʻli bilan qimmatbaho komponentlarni maksimal ajratib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonjiza konidagi tarkibida metall koʻp boʻlgan polimetall rudalarni Uchquloch koni rudalari bilan qoʻshib qayta ishlash nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, import qilinadigan zarur texnologik uskunalarni xarid qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb etgan holda “Olmaliq KMK” OAJning maxsus hisob varagʻida mis sotishdan tushadigan ortiqcha foydadan jamlanadigan mablagʻlar mazkur loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hamda “Olmaliq KMK” OAJ loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlanganidan soʻng ikki oy muddatda asosiy texnologik uskunalarni yetkazib berishga tanlov hujjatlarini ishlab chiqsin va tender oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tanlov savdolari natijalariga koʻra, xarid qilinadigan import texnologik uskunalar qiymatining 35 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda mazkur loyihani amalga oshirishni 2007-yildan boshlab birgalikda moliyalashtirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi “Xonjiza va Uchquloch konlari polimetall rudalarini birgalikda toʻliq qayta ishlash” loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Olmaliq KMK” OAJga zarur hollarda mazkur loyihani amalga oshirishga Rossiya Federatsiyasining “Mexanobr-injiniring” YAJ, “RIVS” YAJ (Sankt-Peterburg shahri) va “Giprotsvetmet” FGUP (Moskva shahri) kabi bazaviy institutlari va boshqa yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni kontrakt asosida jalb etishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Olmaliq KMK” OAJ mazkur loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, Xonjiza va Uchquloch konlari polimetall rudalarini sanoat koʻlamida qazib olish va qayta ishlashni taʼminlash uchun “Olmaliq KMK” OAJ tomonidan import qilinadigan materiallar, uskunalar va ular uchun Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlar, olib kelinadigan texnik hujjatlar bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Xonjiza polimetall konini ochish toʻgʻrisida” 2002-yil 17-oktabrdagi 359-sonli qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-216-sonli qaroriga 6-ilovaning 42-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yil 28–30-mart kunlari boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Koreya sammiti davomida imzolangan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-apreldagi PQ–321-sonli qaroriga 2-ilovaning 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 10-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-442-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 471-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)