Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 27.07.2006 yildagi PQ-427-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.07.2006 yildagi PQ-427-son
Date of entry into force
27.07.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 27.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UMUMTAʼLIM MAKTABLARI BITIRUVChILARINI AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA OʻQITIShNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini izchil amalga oshirish, 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini maqbul ravishda rivojlantirish va joylashtirishni taʼminlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, Toshkent shahrining 2006-2007 oʻquv yilida 10-sinflarga qabul qilish saqlab qolingan umumtaʼlim maktablari roʻyxati ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, 2007-2008 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahri va mintaqalardagi 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq qamrab olingan joylarda oʻquvchilarni 10-sinflarga qabul qilish toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Isteʼdod” jamgʻarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda yuqori sinf oʻqituvchilarining keyinchalik oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlimi tizimida ishlashlari uchun qayta ixtisoslashuvini nazarda tutgan holda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha maqsadli kurslar tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablaridagi yuqori sinflarning tugatilishi munosabati bilan, ishidan boʻshaydigan oʻqituvchilarni, jumladan, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga eng malakali oʻqituvchilarni qabul qilish hisobiga ish bilan taʼminlash masalalarini hal etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda respublikaning oliy taʼlim muassasalari qoshida qoʻshimcha akademik litseylar tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asosli takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, hududlarning real talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga tegishli oʻzgartishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2007-yil va keyingi yillardagi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarorida belgilangan 9-sinflarni bitiruvchilarini keyinchalik akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishga qamrab olish koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda aholini ish bilan taʼminlash maqsadli hududiy dasturlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilarini toʻliq ravishda ishga joylashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda 2006-yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddatda yosh mutaxassislar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlaridagi real talablarni hisobga olgan holda lavozim va kasblar roʻyxatini ishlab chiqib tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 27-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-427-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 7-son, 407-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)