Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.04.2004 yildagi 195-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.04.2004 yildagi 195-son
Date of entry into force
23.04.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ONA VA BOLA SKRININGI” DAVLAT TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sogʻligini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarining maqsadli dasturi bajarilishini taʼminlash, shuningdek “Ona va bola skriningi” chaqaloqlar va homilador ayollardagi tugʻma va avloddan avlodga oʻtuvchi patologiyani erta aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining “Pribori oy” firmasidan (Finlyandiya) skrining tadqiqotlari uchun diagnostika toʻplamlarini sotib olish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998—2001-yillar davrida “Ona va bola skriningi” dasturi doirasida tashkil etilgan skrining markazlari “Wallas Oy” kompaniyasining (Finlyandiya) diagnostika apparatlari, tashkiliy texnika va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yilda “Wallas Oy” kompaniyasining (Finlyandiya) rasmiy eksklyuziv vakili hisoblanadigan “Pribori oy” firmasi (Finlyandiya) bilan “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi oʻrtasida skrining tadqiqotlari oʻtkazish uchun reaktivlar yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pribori oy” firmasi bilan tuzilgan 1,1 mln. AQSH dollari summasi miqdoridagi kontraktni moliyalashtirish “Pribori oy” firmasi tomonidan 1 yil muddatga beriladigan foizsiz tovar krediti hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi yuqorida koʻrsatilgan kontraktni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining koʻrsatib oʻtilgan tovar krediti boʻyicha “Pribori oy” firmasi oldidagi majburiyatlari yuzasidan kafolatni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.T. Inomova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 23-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195-son