Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
VATAN HIMOYAChILARI KUNINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yoʻlidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilishdagi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini, shuningdek Oʻzbekiston hududida joylashgan harbiy tuzilmalarning 1992-yil 14-yanvardan respublika yurisdiksiyasiga oʻtkazilganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
1018-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 27-modda)