Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024 31.01.2007 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.01.2007 yildagi 23-son
Date of entry into force
31.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024
Hujjat 31.01.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FUTBOL BOʻYICHA BOLALAR-OʻSMIRLAR SPORT MAKTABLARINING FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH VA MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YAXSHILASH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrsida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtidorli yoshlarni sportga jalb etish, ishonchli zaxirani shakllantirish hamda bolalar-oʻsmirlar futbolini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, yosh futbolchilarning mahorati oshishini va sport sohasidagi yutuqlari koʻpayishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini, ularni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, oliy liganing ilovaga muvofiq 16 ta professional klublari ixtiyoriga bir oy muddatda, belgilangan tartibda oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, professional klub tugatilgan taqdirda bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, keyinchalik uni boshqa professional futbol klubiga bergan holda Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi ixtiyoriga belgilangan tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda muntazam ravishda oliy va birinchi liga oʻyinlaridan oldin bolalar va oʻsmirlar jamoalari oʻrtasida futbol uchrashuvlarini oʻtkazsin. Har yili har bir sport mavsumi yakunlariga koʻra eng yaxshi futbolchilarni va futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari bilan ishlaydigan eng yaxshi trenerlarni aniqlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda professional futbol klublari huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari faoliyatiga oid normativ hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari uchun Yagona oʻquv dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining moddiy-texnika bazasiga talablarni, ushbu maktablar jamoalari oʻrtasida respublika musobaqalarini oʻtkazish tizimini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha maqsadli dasturni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha sport bazalarida futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablariga oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari va musobaqalar oʻtkazish uchun sport inshootlarini imtiyozli asosda, ijara toʻlovi undirmasdan bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston futbolni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sportchilari va trenerlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida futbol grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Futbol boʻyicha eng yaxshi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi”, “Futbol boʻyicha yilning eng yaxshi bolalar treneri” va “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” nominatsiyalari boʻyicha har yilgi mukofot taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 31-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 31-yanvardagi 23-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oliy liga professional futbol klublariga berilayotgan futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/R‎ Futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari‎ Futbol klublari‎

‎‎Andijon viloyati

1.‎ Andijon shahridagi bolalar-oʻsmirlar futbol maktabi ‎ “Andijon OʻzDEU-avto” (Andijon shahri)‎

‎‎Buxoro viloyati

2.‎ Buxoro shahridagi bolalar-oʻsmirlar futbol maktabi‎ “Buxoro” (Buxoro shahri)‎
3.‎ 28-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi‎ “Vobkent” (Vobkent tumani)‎

‎‎Qashqadaryo viloyati

4.‎ Nishon tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi‎ “Nasaf” (Qarshi shahri) ‎
5.‎ Shahrisabz tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ‎ “Shoʻrtan” (Gʻuzor shahri)‎
6.‎ Kasbi tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi‎ “Mashʼal” (Muborak shahri) ‎

‎‎Navoiy viloyati

7.‎ Navoiy shahridagi 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi‎ “Qizilqum” (Zarafshon shahri) ‎

‎‎Namangan viloyati

8.‎ Namangan shahridagi 17-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi‎ “Navbahor-Namangan” (Namangan shahri)‎

‎‎Samarqand viloyati

9.‎ Samarqand shahridagi bolalar-oʻsmirlar futbol maktabi‎ “Samarqand-Dinamo” (Samarqand shahri) ‎

‎‎Surxondaryo viloyati

10.‎ Uzun tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi‎ “Sariosiyo” (Sariosiyo tumani) ‎

‎‎Toshkent viloyati

11.‎ Qibray tumanidagi bolalar-oʻsmirlar futbol maktabi‎ “Metallurg” (Bekobod shahri) ‎

‎‎Fargʻona viloyati‎

12.‎ Fargʻona shahridagi bolalar-oʻsmirlar futbol maktabi‎ “Neftchi” (Fargʻona shahri)‎

‎‎Toshkent shahri

13.‎ 16-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ‎ “Paxtakor” (Toshkent shahri ) ‎
14.‎ 24-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ‎ “Traktor” (Toshkent shahri) ‎
15.‎ 23-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ‎ “Lokomotiv” (Toshkent shahri ) ‎
16.‎ 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ‎ “Quruvchi” (Toshkent shahri) ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4 — 6-son, 44-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)