Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2019 18.11.1991 yildagi 414-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 18.11.1991 yildagi 414-XII-son
Date of entry into force
18.11.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2019
Hujjat 09.07.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida oʻn yil Oʻzbekiston hududida muqim yashagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.
(1-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Fuqarolarning saylov huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabatiga, mashgʻulot turi va xususiyatiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash boʻyicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha ovoz berish yashirin boʻlib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Saylov komissiyalarining saylovni oʻtkazishi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyalarining aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari mahalliy hokimiyatlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik va uni oʻtkazishda oshkoralik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari fuqarolarni oʻz ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning roʻyxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyxati bilan tanishtiradilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususidagi maʼlumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, hokimiyat vakillik organlaridan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor tashkilotlar oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalariga saylovdan kamida oʻn besh kun oldin maʼlum qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan ariza olganidan keyin besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi mandatni kuzatuvchi uchun beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov uchastkasida hozir boʻlish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonlarini tuzishda hozir boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini soʻrash va ularni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
basharti saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asos boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida yuqori komissiyaga maʼlum qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda ovoz berish kabinasida boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilarga taʼsir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining moliyaviy taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni boshqa mablagʻlar hisobidan moliyaviy taʼminlash va oʻzga tarzda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari oʻz mablagʻlarini saylov oʻtkazish uchun ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablagʻlarni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash va Prezidentlikka saylanish huquqini erkin ravishda amalga oshirishiga, saylovoldi tashviqoti olib borishga zoʻrlik, aldov, tahdid etish va boshqa yoʻsinda toʻsqinlik qilgan shaxslar, shuningdek saylov hujjatlarini soxtalashtirgan, ovozlarni atayin notoʻgʻri hisoblagan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki ushbu Qonun boshqa yoʻsinda buzilishiga yoʻl qoʻygan saylov komissiyalarining aʼzolari, davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari qonunda belgilab qoʻyilgan yoʻsinda javobgar boʻladilar. Nomzodlarning shani va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan soxta maʼlumotlarni eʼlon qilgan yoki boshqa yoʻsinda tarqatgan, saylov komissiyalari aʼzolariga nisbatan haqoratomuz munosabatga yoʻl qoʻygan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINI TAYINLASh TARTIBI VA SAYLOV KOMISSIYALARINI TUZISh
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashiga kechi bilan uch oy qolganda Oliy Majlis tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan uch kun ichida saylov kuni toʻgʻrisida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida maʼlum qilinadi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Saylov okruglari tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov okruglarini Markaziy saylov komissiyasi viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi chegaralari doirasida tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning soni hamda okrug saylov komissiyasi qayerda joylashgani koʻrsatilgan saylov okruglari roʻyxatlarini Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlanganidan keyin 15 kun oʻtgach eʼlon qiladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Saylov uchastkalari tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qismlar joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, fuqarolarning olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi turar joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari oʻzlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. Oʻzbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini saylov okrugiga biriktirish toʻgʻrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Saylov uchastkalari tashkil etish tartibi va normasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov uchastkalari saylov tayinlanganidan keyin oʻttiz kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa saylovga kechi bilan besh kun qolganda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va koʻpi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan manzilini koʻrsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov komissiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni oʻtkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining majlislari komissiyaning majlis boʻladigan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi:
(14-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xilda qoʻllanilishini taʼminlaydi, saylovni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida yoʻriqnomalar chiqaradi va tushuntirishlar berib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) saylov komissiyalari faoliyatini yoʻlga solib turadi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining qarori ushbu Qonunga zid boʻlgan taqdirda bu qarorlarni bekor qiladi; saylov komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilab beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) saylov okruglari tuzadi; ularga nom va tartib raqami beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi chegaralaridan tashqarida tashkil etiluvchi saylov uchastkalarini saylov okrugiga biriktirish masalalarini hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida qatnashuvi uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) ommaviy axborot vositalarining saylov kampaniyasida qatnashuvi va ulardan ushbu Qonunga muvofiq foydalanish tartibini belgilab beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) pul mablagʻlarini saylov komissiyalari boʻyicha taqsimlaydi; saylov komissiyalarini bino, transport, aloqa bilan taʼminlash ishini nazorat qiladi va saylovning moddiy-texnika taʼminotiga doir boshqa masalalarni qarab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov byulletenlarining va varaqalarining, saylovchilar roʻyxatining, saylov komissiyalari bayonlarining, saylovga oid boshqa hujjatlarning koʻrinishlarini, saylov qutilari va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylov hujjatlarini saqlash tartibini belgilab beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, umuman respublika boʻyicha saylov yakunlarini chiqaradi, saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axborotlarni matbuotda eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101) saylangan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisida qonun hujjatlari bilan belgilanadigan namunadagi guvohnomani topshiradi;
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq 101-band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) saylov komissiyalarining qarorlari va ishi ustidan ariza hamda shikoyatlarni qarab chiqadi va ular yuzasidan uzil-kesil qarorlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi Qonun jinoiy javobgarlikka tortiladigan tarzda buzilganligi haqidagi materiallarni prokuratura idoralariga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) Ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyasi saylov tayinlanganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yigirma kundan kechikmay rais, rais oʻrinbosari, kotib va kamida 6-8 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) butun okrug hududida ushbu Qonunning bajarilishini nazorat qiladi va uning bir xilda tatbiq etilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) saylov uchastkalari tuzadi, okrug boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatini eʼlon qiladi, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
(16-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida qatnashishlari uchun teng shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) saylovga tayyorgarlik va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan saylov okrugi hududida joylashgan siyosiy partiyalar vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) saylovchilarning roʻyxati tuzilishini va ularning hamma tanishishi uchun taqdim etilishini kuzatib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) pul mablagʻlarini uchastka saylov komissiyalari boʻyicha taqsimlaydi, saylov komissiyalari binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi hamda saylovlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni qarab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) okrug boʻyicha saylov yakunlarini chiqaradi va maʼlumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni muhokama qilib, ular yuzasidan qaror chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Uchastka saylov komissiyalarini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi saylov tayinlanganidan keyin okrug saylov komissiyasi tomonidan ellik kundan kechikmay 5—19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Basharti komissiya 7 nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining soni zarur hollarda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyasi raisining vazifasini vakolatxona rahbarlari amalga oshiradi.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) saylovchilarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatdagi noaniqliklar haqidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda tegishli oʻzgartishlar kiritish masalasini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati boʻlmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) saylov oʻtkaziladigan kun va ovoz beriladigan joy haqida aholini xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) ovoz beriladigan binolar va saylov qutilari tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni uyushtirish masalalariga doir ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining majlislarida komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda ular qonuniy hisoblanadi. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish orqali hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul etiladi. Komissiya qaroriga qoʻshilmagan komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini aytishga haqlidirlar, bu fikrlar yozma tarzda majlis bayoniga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul etgan qarorlari barcha davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ijro etishi uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining qarori va ishidan norozi boʻlib yuqori saylov komissiyasiga, ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollarda esa sudga ariza berish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining aʼzosi komissiyaning qaroriga muvofiq saylov oʻtkazishga ajratilgan mablagʻ hisobidan oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining aʼzosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining aʼzosini vakolatlaridan mahrum etish huquqiga komissiyani tuzgan organ ega boʻlib, komissiya aʼzosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki oʻz vazifasini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda oʻz vakolatlaridan mahrum etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalarining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari saylov komissiyalariga aʼzo boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug va uchastka saylov komissiyalari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yakunlari chiqarilganidan soʻng toʻxtatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Saylov komissiyalarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishlarida koʻmaklashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va jamoat idoralari, siyosiy partiyalar idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishlariga koʻmaklashishga, ularning ishi uchun zarur maʼlumot va materiallarni taqdim etishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat va jamoat idoralariga, siyosiy partiyalarning idoralariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat etish huquqiga egadir, ular esa oʻrtaga qoʻyilgan masalani koʻrib chiqib, uch kunlik muddatdan kechiktirmay saylov komissiyasiga javob qaytarishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatiga kiritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy istiqomat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchi boshqa saylov uchastkalarida saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Saylovchilarning roʻyxati va uni tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar roʻyxatini har bir saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi tuzadi hamda uning raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi jamoatchilik vakillarini roʻyxat tuzish ishida qatnashishga jalb etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman va shahar hokimliklari saylovchilar hisobga olinishini taʼminlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda yashaydigan saylovchilar toʻgʻrisida saylovchilarning roʻyxatini tuzish uchun zarur maʼlumotlarni beradilar.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan nohiyalarda yashovchi oila aʼzolari va boshqa saylovchilarning roʻyxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan maʼlumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar istiqomat joyidagi saylovchilarning roʻyxatiga umumiy asoslarda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyxati mazkur muassasalarning rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida tuziladi.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar roʻyxatida saylovchilarning familiyalari ovoz berishni uyushtirish uchun qulay tartibda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatlari bilan tanishtirish va saylovchilar roʻyxatidagi noaniqliklar xususida shikoyat qilish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning roʻyxatlari saylovdan oʻn besh kun oldin, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovdan ikki kun oldin hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Uchastka saylov komissiyasi roʻyxat bilan qayerda va qachon tanishish mumkinligi haqida saylovchilarga xabar beradi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar roʻyxati bilan tanishish va uning toʻgʻri tuzilganligini tekshirish imkoni taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir fuqaroga roʻyxatga kiritilmaganlik, notoʻgʻri kiritilganlik yoki roʻyxatdan chiqarilganlik yuzasidan, shuningdek roʻyxatda saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilganlik xususida shikoyat qilish huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uchastka saylov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, arizani uchastka saylov komissiyasi kechi bilan ikki kunlik muddat ichida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol koʻrib chiqib, roʻyxatga zarur tuzatishlar kiritishi yoki arizachiga uning talabi inobatga olinmaganligi toʻgʻrisidagi dalil-isbotli qarorning bir nusxasini berishi shart. Komissiya qarori ustidan tuman (shahar) sudiga saylovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat qilinishi mumkin, tuman (shahar) sudi shikoyatni ikki kunlik muddat ichida koʻrib chiqishga majbur. Tuman (shahar) sudining qarori qatʼiydir. Uchastka saylov komissiyasi sudning qaroriga muvofiq saylovchilarning roʻyxatiga darhol tuzatish kiritadi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR KOʻRSATISh, ULARNI ROʻYXATGA OLISh VA SAYLOV BYuLLETENLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar va hokimiyat vakillik organlari egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan taqdirdagina u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylov tayinlanganidan keyin yigirma kun ichida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim: saylovda qatnashish toʻgʻrisida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza; Adliya vazirligining siyosiy partiya roʻyxatga olinganligi koʻrsatilgan maʼlumotnomasi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida aytib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiya vakiliga sanasi qayd etilgan maʼlumotnoma va belgilangan namunadagi imzo varaqalari blankalarini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
242-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish saylov kuni tayinlanganidan keyin yigirma beshinchi kundan eʼtiboran boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning yuqori organi, hokimiyat vakillik organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga bitta nomzod koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat oʻz partiyasi aʼzolarini yoki partiyasizlarni nomzod etib koʻrsatishga huquqlidir, hokimiyat vakillik organi esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni, uning u yoki bu partiyaga mansubligidan qatʼi nazar, koʻrsatishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida bayon tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning, hokimiyat vakillik organining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni roʻyxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya yuqori organining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya yuqori organi majlisining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayoni, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning oʻz nomzodi ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalarini ham taqdim etadi. Imzo varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi jami saylovchilarining kamida bir foizi imzosini qamrab olgan boʻlishi kerak. Maʼmuriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining koʻpi bilan sakkiz foizini toʻplashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar faqat bitta nomzodni qoʻllab-quvvatlab bir martagina imzo qoʻyishga haqlidirlar. Bunda saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tugʻilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qoʻygan sanani koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo varaqasini imzo toʻplagan shaxs oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini koʻrsatgan holda, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar imzosini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri boʻyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiya taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyadan u koʻrsatgan nomzodni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida tegishli siyosiy partiyalarning va hokimiyat vakillik organlarining rahbarlariga belgilangan tartibda maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganda toʻxtatadi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni asosida 24, 241 va 242-moddalari bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni Markaziy saylov komissiyasi roʻyxati ushbu Qonunning 242-moddasida belgilab qoʻyilgan hujjatlar asosida roʻyxatga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olingan shaxsga roʻyxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib koʻrsatgan organning nomini koʻrsatgan holda roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlariga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi munosabati bilan qonun tomonidan taʼqib etilayotgan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlikdan voz kechish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi u yoki bu shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida taklif kiritishi mumkin.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻxtatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻz maqomidan mahrum etilishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovga qadar istagan vaqtida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Saylov byulleteni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov byulletenining shakli va matnini Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulleteniga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar alfavit tartibida familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgʻulot turi) va ish joyi koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenlari saylovga kamida yigirma kun qolganda Markaziy saylov komissiyasining farmoyishiga binoan davlat tilida nashr etiladi. Okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov byulletenlari saylov okrugi aholisining koʻpchiligi muomala qiladigan tillarda ham nashr etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan saylovga kamida uch kun qolganda oladi. Berilgan va olingan saylov byulletenlarining miqdorini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais oʻrinbosari yoxud kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Saylov byulletenining oʻng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
(27-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOB. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLARNING IShONChLI VAKILLARI
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Saylovoldi tashviqoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovoldi tashviqoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga oʻz saylovchilari bilan ham yigʻilishlarda, ham saylovchilar uchun qulay boʻlgan boshqa shaklda uchrashuvlar oʻtkazishda teng huquq beriladi. Saylovchilarning yigʻilishlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda tashkil etiladi. Saylov komissiyalari, tumanlar va shaharlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga yigʻilishlar oʻtkazish uchun jihozlangan binolar ajratadilar. Yigʻilishlar va uchrashuvlar oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa, tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishni tashkil etishda, zarur maʼlumot va axborot materiallari olishda yordam koʻrsatishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga oʻzining kelgusi faoliyat dasturi bilan chiqish huquqi beriladi. Nomzodlarning dasturlari respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan boʻlmasligi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilmasligi, unda urush, milliy adovat, irqiy va diniy xusumat targʻiboti, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga daʼvat boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni tashviqot yuritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
281-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar huquqlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olinganlarning hammasi teng huquqlarga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, saylovoldi yigʻilishlarida soʻzga chiqish, televideniye koʻrsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod roʻyxatga olinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yoʻlovchilar transportining barcha turlarida (shahar yoʻlovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yoʻnalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bunga rozilik bergan taqdirda Markaziy saylov komissiyasini darhol xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni majburiy keltirish, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joy va xizmat binolarini koʻrikdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(281-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega boʻlishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini oʻtkazishda yordam beradilar, uni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targʻibot olib boradilar. Davlat va jamoat tashkilotlari saylov komissiyalari bilan boʻladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning taqdimnomasiga koʻra ishonchli vakillarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga oladi. Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni asosida chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. OVOZ BERISh VA SAYLOV YAKUNLARINI ChIQARISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida oʻn kun oldin xabardor qiladi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, fuqarolarning olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi turar joylarida, shuningdek sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar hamda boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, basharti roʻyxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Ovoz berishni tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda oʻtkaziladi, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlari berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari oʻrnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ular yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali oʻtib keladigan qilib joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar oʻz xohish-istaklarini yashirin bildirishlarini taʼminlash, binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish uchun uchastka saylov komissiyasi javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan oldin uchastka saylov komissiyasining raisi komissiyaning barcha aʼzolari ishtirokida saylov qutilarini tekshiradi, plombalaydi yoki muhrlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Saylov byulletenlarini tegishli saylov komissiyasi saylov uchastkasi saylovchilarining roʻyxati asosida pasport yoki boshqa guvohnoma koʻrsatilgach beradi. Har bir saylovchi saylov byulleteni olgani haqida saylovchilar roʻyxatidagi oʻz familiyasi roʻparasiga imzo chekadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni istiqomat joyida boʻlish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz istiqomat joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqalarini talab qilib olishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususida qarorga kelishi hamda toʻldirilgan saylov varaqalarini konvertga yashirgan holda uchastka komissiyasiga qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar roʻyxatiga imzo chekadi. Saylov varaqasining nusxasini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim saylovchilar sogʻligʻi yomonligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish uchun ajratilgan binoga kela olmagan hollarda uchastka komissiyasi ularning iltimosiga koʻra komissiyaning kamida ikki aʼzosiga saylovchilar turgan joyda ovoz berishni tashkil etishni topshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biron-bir sabab bilan saylovchilar roʻyxatiga kiritilmay qolgan saylovchilar shaxsini va yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Ovoz berishni oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenlari ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish uchun ajratilgan kabina yoki xonada toʻldiriladi. Byulletenlarni toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining boʻlishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi kabina yoki xonaga oʻz xohishi boʻyicha saylov komissiyasining aʼzolaridan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini taklif qilishga haqlidir.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchi byulletendagi oʻzi qarshi ovoz berayotgan nomzodlarning familiyalarini oʻchiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻldirilgan byulletenni ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni hisoblab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov uchastkasida ovozlarni uchastka saylov komissiyasi har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida hisoblab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish tugaganidan soʻng saylov qutilarini ochishdan oldin saylov varaqalari solib yopilgan konvertlar uchastka komissiyasi barcha aʼzolarining hozirligida qutilarga tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasi tomonidan komissiya raisi ovoz berish tugaganligini eʼlon qilganidan keyin komissiyaning barcha aʼzolari ishtirokida ochiladi. Ovoz berish tugashidan oldin saylov qutilarini ochish taqiqlanadi. Saylov qutilarini ochishdan oldin foydalanilmagan barcha saylov byulletenlarini uchastka saylov komissiyasi hisoblab chiqadi va bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning asosiy roʻyxati va unga ilova boʻyicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, shuningdek byulleten olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi. Saylov qutilarida boʻlgan byulletenlar va saylov varaqalari asosida komissiya ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning umumiy sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini va qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va saylov varaqalari sonini aniqlaydi. Saylovchilar byulletenlarga va varaqalarga qoʻshimcha yozib qoʻygan fuqarolarning familiyalari boʻyicha ovozlar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilanmagan nusxadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish vaqtida bittadan ortiq nomzodning familiyasi qoldirilgan byulletenlar, varaqalar haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligiga shubha tugʻilgan taqdirda masalani uchastka saylov komissiyasi ovoz berish yoʻli bilan hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasi majlisida koʻrib chiqiladi va majlis bayoniga yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlis bayoni komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi belgilab qoʻygan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalari majlisining bayonlari asosida okrugdagi saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda qatnashgan saylovchilar sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini va qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va varaqalar sonini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug boʻyicha saylov natijalari okrug saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va majlis bayoniga kiritib qoʻyiladi. Majlis bayoni komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalarini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi oʻziga kelib tushgan okrug saylov komissiyalari majlisining bayonlari va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalarining bayonlari asosida respublikadagi saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda qatnashgan saylovchilar sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini va qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovda ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan koʻpining ovozini olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmi ham qatnashmagan boʻlsa, saylov haqiqiy emas deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov vaqtida yoxud ovozlarni hisoblash chogʻida yoʻl qoʻyilgan ovoz berish yakunlariga taʼsir etgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim okruglar yoxud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Bu qaror ustidan bir oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga taalluqlidir.
(35-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov ayrim okruglar yoki uchastkalar boʻyicha haqiqiy emas deb topilgan hollarda Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan ana shu okruglar, uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalari, agar ularsiz saylov umuman boʻlib oʻtgan deb topilishi mumkin boʻlgan taqdirda, saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari toʻgʻrisidagi axborot saylovdan keyin koʻpi bilan oʻn kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Takroriy ovoz berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylash uchun ikkitadan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa va nomzodlardan hech biri talab qilingan miqdordagi ovozni olmagan boʻlsa, saylovchilarning ovozini eng koʻp olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy ichida, lekin kamida oʻn besh kun keyin takroriy ovoz berish kunini belgilaydi. Takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqidagi xabar matbuotda bosib chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod, basharti uni yoqlab berilgan ovozlar soni unga qarshi berilgan ovozlar sonidan koʻp boʻlgan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Takroriy saylov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilmagan yoki haqiqiy emas deb topilsa yoxud agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylash uchun ikkitadan koʻp nomzod qoʻyilmagan boʻlsa va ulardan hech biri saylovchilarning ovozini zarur miqdorda olmagan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Bunda komissiya saylovni yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari oʻtkazishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov oʻtkazilgan saylov uchastkalarida va saylovchilarning avval tuzilgan roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalar tuzish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish va ularni roʻyxatga olish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini takror oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy saylov asosiy saylov oʻtkazilganidan keyin 40 kun ichida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi lavozimiga kirishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis yigʻilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz lavozimiga kirishgunga qadar bajaradi.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 18-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
414-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 645-modda)