Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.03.2004 yildagi 116-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.03.2004 yildagi 116-son
Date of entry into force
10.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUDDATLI HARBIY, MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI OʻTAB BOʻLGAN FUQAROLARNI BOʻShATISh HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA NAVBATDAGI ChAQIRUV TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar — rezervga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar — zaxiraga boʻshatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1977—1986-yillarda tugʻilgan, chaqirilish muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 2004-yilning aprel-may oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda, Qurolli Kuchlarning chaqiriluvchilar bilan sifatli butlanishini taʼminlash maqsadida, joylardagi chaqiruv komissiyalarining samarali ishlashini, shuningdek Qurolli Kuchlarga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni qoʻshinlarga tantanali kuzatib qoʻyishni tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Gʻ. Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) bilan birgalikda chaqiruv uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan taʼminlasin, chaqiriluvchilarning zarur laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilishini, ularning turli ixtisoslikdagi yuqori malakali vrachlar tomonidan sifatli va har tomonlama tibbiy tekshirib koʻrilishini tashkil etsin. Chaqiriluvchilarni tibbiy tekshirishning xolisligi muqobil tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini tashkil etish orqali taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.R. Inoyatov), harbiy okruglar qoʻshinlari qoʻmondonlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qoʻshilmalarga va qismlarga qabul qilishda yuksak uyushqoqlikni, harbiy intizomni, qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligini, muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy mutaxassisliklarga oʻqitish jarayonida xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya etilishini, harbiy xizmatchilarni milliy-maʼnaviy qadriyatlar va zamonaviy harbiy anʼanalar asosida maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan chaqirilgan shaxsiy tarkib uchun zarur uy-joy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishi va jihozlanishini, ularning belgilangan talablarga va taʼminot normalariga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli moddiy taʼminlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalla qoʻmitalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtagan fuqarolarni tantanali kutib olish tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (O.O. Obidov) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Qurolli Kuchlardan boʻshatilgan fuqarolarni ularning egallagan harbiy va fuqarolik mutaxassisliklarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalariga ishga qabul qilishda mardlik va vatanparvarlik tarbiyasining armiya maktabini oʻtagan, harbiy tayyorgarlik koʻrgan va hayotiy tajriba orttirgan, mamlakatning eng faol va tayyorgarlik koʻrgan kadrlar zaxirasi hisoblangan shaxslar sifatida boshqa teng sharoitlarda (taʼlim, kasb malakasi va boshqalar) ustunlik huquqidan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S.S. Gʻulomov) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (B.M. Ismoilov), aloqador vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolardan boʻlgan shaxslarni oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish uchun sifatli tayyorlash maqsadida zarur shart-sharoitlar yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari oʻtkazishda muddatli harbiy xizmat davomida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan hamda harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalarini olgan fuqarolar uchun eng yuqori toʻplanadigan ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzidagi qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni hisobga olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 10-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 119-modda)