Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026 09.01.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1652
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 09.01.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1652
Date of entry into force
19.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026
Hujjat 19.01.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHILARINI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH BILAN SHUGʻULLANUVCHI OʻQUV YURTLARINI BITIRGAN HAYDOVCHILIKKA NOMZODLARGA BERILADIGAN YAGONA NAMUNADAGI GUVOHNOMANI BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-yanvardagi 20-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-yanvardagi 5-q/q-son va Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1652-4, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi 156-son qarorini bajarish maqsadida, qaror qilamiz:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yagona namunadagi guvohnomalar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazi buyurtmasiga asosan, “Davlat belgisi” birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida, bosma usulda tayyorlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunidan 10 kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2006-yil 27-dekabr,

6-son

Vazirning birinchi oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori A. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48/QB-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi 156-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga yagona namunadagi guvohnoma berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Haydovchilikka nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanadigan oʻquv yurtlarining (keyingi oʻrinlarda matnda — oʻquv yurti) imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga oʻqishni bitirganliklari haqida yagona namunadagi guvohnoma beriladi (mazkur Nizomning 1-ilovasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Guvohnoma oʻquv yurtida tashkil etiladigan komissiya bayonnomasiga asosan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya oʻquv yurti rahbarining buyrugʻiga asosan, rais va ikki kishidan iborat tarkibda tuziladi. Qoʻshimcha ravishda komissiya aʼzolari tarkibiga muhandis-oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, agar haydovchilar tashkilotlar uchun tayyorlanayotgan boʻlsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra oʻquv yurti rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Guvohnoma blankalari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining (keyingi oʻrinlarda matnda — agentlik) “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazining buyurtmasi asosida tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Guvohnoma blankalari “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazining taqsimotiga asosan, oʻquv yurtlarga “maxsus hududiy kod”lar asosida agentlikning hududiy boʻlimlari tomonidan yetkazib beriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Guvohnomani tayyorlash, uning texnik tavsifi, saqlash va sarflash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Guvohnomalar oʻquv yurti buyurtmalariga asosan agentlikning “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazi tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazi buyurtmasiga asosan guvohnomalar “Davlat belgisi” birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida bosma usulda tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Guvohnomaning tashqi koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining himoyalangan gerbi ifodalanadi, ichki koʻrinishida esa, guvohnomaning hududiy kodi, seriyasi va roʻyxat raqami, oʻquv yurtining nomi, nomzodning familiyasi, ismi-sharifi, oʻqish muddati, oʻquv dasturining nomi, imtihon topshirgan fanlarning nomi, imtihon natijasiga koʻra olgan bahosi, oʻquv yurtining muhri hamda berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va roʻyxat raqami yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Guvohnomalarni kirim va chiqimlari oʻquv yurtining hisobot daftarlarida qayd qilib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari toifasiga kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Guvohnomani toʻldirish jarayonida tuzatishlar va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Toʻldirish jarayonida buzilgan guvohnomalarni qayta ishlatilmaslik uchun ularning kodi, seriyasi va roʻyxat raqami qirqib olinib, oʻquv yurtining maxsus komissiyasi tomonidan yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi. Oʻquv yurtining taftish komissiyasi bu haqda dalolatnoma tuzib, unga guvohnomaning qirqib olingan kodi, seriyasi va roʻyxat raqami yopishtirib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Guvohnoma yoʻqolib qolgan hollarda haydovchilikka nomzod oʻquv yurti rahbari nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi. Nomzodning arizasi va imtihon komissiyasining bayonnomasiga asosan, oʻquv yurti tomonidan guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda oʻquv yurtining qayd daftariga “Dublikat” deb yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

A) Tashqi koʻrinishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
B) Ichki koʻrinishi:

2-ILOVA

Maxsus Hududiy kodlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T.r.‎

Hududlar‎

Maxsus kodlar‎

1 2‎ 3‎
1‎. Toshkent shahar‎ 10‎
2‎. Toshkent viloyati‎ 11‎
3.‎ Sirdaryo viloyati‎ 12‎
4.‎ Jizzax viloyati‎ 13‎
5.‎ Samarqand viloyati‎ 14‎
6.‎ Fargʻona viloyati‎ 15‎
7.‎ Namangan viloyati‎ 16‎
8.‎ Andijon viloyati‎ 17‎
9.‎ Qashqadaryo viloyati‎ 18‎
10.‎ Surxondaryo viloyati‎ 19‎
11.‎ Buxoro viloyati‎ 20‎
12.‎ Navoiy viloyati‎ 21‎
13.‎ Xorazm viloyati‎ 22‎
14.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 23‎