Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOBILDA XORIJIY YuK TAShUVChILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRIShLARI, BOʻLIShLARI, YuK OLIB OʻTIShLARI VA UNDAN ChIQIB KETIShLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1995 YIL 11 YaNVARDAGI 11-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 14-noyabrdagi PQ-511-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “hududiy yoʻl qurilishi shuʼba tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-yanvar,
6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 12-modda)