Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2019 31.10.1990 yildagi 136-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni , 31.10.1990 yildagi 136-XII-son
Date of entry into force
24.11.1990
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2019
Hujjat 24.11.1990 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MILITSIYA XODIMLARINI IJTIMOIY VA HUQUQIY JIHATDAN HIMOYA QILISHNI KUCHAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumhuriyatning yetilgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirishni, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash yuzasidan kechiktirmay chora-tadbirlar koʻrish zarurligini taqozo etadi. Bunday sharoitlarda militsiya xodimlari xavfsizligini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Militsiya xodimlarini oʻldirish, qurolini olib qoʻyish maqsadida ularga hujum qilish, ularning xizmat faoliyatiga aralashish hollari oz emas. Bu esa mehnatkashlarning adolatli noroziligini keltirib chiqarmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimlarining huquqiy va ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. 1. Militsiya xodimlari davlat hokimiyatining vakili ekanligi, davlatning alohida himoyasida boʻlishi belgilab qoʻyilsin. Militsiya xodimining qonuniy talablarini barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar bajarishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimi qonuniy talabini bajarmaslik, shuningdek, uni haqoratlash, unga qarshilik koʻrsatish, doʻq-poʻpisa qilish, zoʻrlik ishlatish va uning hayotiga tajovuz qilish, shuningdek, militsiya xodimining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa xatti-harakatlarni qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Militsiya xodimining koʻrsatmalari fuqarolarning, u huquqbuzar, jabrlanuvchi yoki guvoh boʻlishidan qatʼiy nazar, koʻrsatmalari bilan teng ravishda daliliy ahamiyatga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur mudofaa, oʻta zarurat boʻlgan holatda yoki kasbiga koʻra oʻrinli tavakkalchilik qilish holatda militsiya xodimi tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar garchand Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida koʻzda tutilgan jinoiy harakatlar koʻrinishida boʻlsa ham, jinoyat deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Militsiya xodimi turar-joy maydoni taqsimlashda, uyga telefon oʻrnatishda, maktabgacha bolalar tarbiya muassasalaridan oʻrin berishda imtiyozlardan, transportning barcha turlariga navbatsiz bilet sotib olish, mehmonxonaga joylashish huquqidan foydalanadi, shuningdek, ijtimoiy-maishiy taʼminotning boshqa masalalarini hal etishda xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlarida koʻzda tutilgan tartibda imtiyozlardan foydalanadi. Militsiya xodimining hayoti tegishli budjet mablagʻlari hisobidan davlat ijtimoiy sugʻurtasidan albatta oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimi oʻz xizmat vazifasini yoki ijtimoiy burchini bajarayotganligi munosabati bilan uning mulkiga yetkazilgan zarar tegishli budjet mablagʻlari hisobidan toʻla hajmda toʻlanadi, soʻngra sud orqali bu zarar aybdordan undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Militsiya xodimi tartibni saqlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganida qasddan oʻldirilganda uning oilasiga tegishli budjet mablagʻlari hisobidan uning ellik oylik daromadi miqdorida bir yoʻla nafaqa berilib, soʻngra bu pul aybdorlardan undirib olinishi belgilab qoʻyilsin. Oʻz boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan halok boʻlganning oilasiga qonunda koʻrsatilganiga muvofiq pensiya belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimiga u oʻzining professional faoliyati bilan shugʻullana olmaydigan darajada ogʻir tan jarohatlari yetkazilganda tegishli budjet mablagʻlaridan 25 oylik daromadi miqdorida pul toʻlanib, soʻngra bu pul aybdorlardan undirib olinishi, shuningdek, uning mansab okladi bilan pensiyasi oʻrtasidagi farq toʻlanishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengilroq tan jarohatlari yetkazilganda tegishli budjet mablagʻlari hisobidan 5 oylik daromadi miqdorida pul toʻlanib, soʻngra bu pul aybdorlardan undirib olinishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻzbekiston SSRning 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSRning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga (Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 187-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“187-modda. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimining huquqbuzarlikni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish toʻgʻrisidagi, militsiyaga borish, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik, yoxud militsiya xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, shuningdek, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini taʼminlash boʻyicha oʻz vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga ellik soʻmdan ikki yuz soʻmgacha miqdorda jarima solinishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shu xatti-harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllangach, bir yil davomida takror sodir etilsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga va mansabdor shaxslarga besh yuz soʻmgacha miqdorda jarima solinishiga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy hibsga olishga olib keladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Kodeks quyidagi mazmunda boʻlgan 187-1, 187-2, 187-3, 187-4- moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“187-1-modda. Militsiya xodimini haqoratlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimi, tergovchi, surishtiruvchi ishlarini amalga oshirayotgan shaxsni yoki jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza etish yuzasidan oʻz vazifalarini ado etayotgan boshqa shaxslarni xatti-harakat bilan, ogʻzaki yoki yozma tarzda haqoratlash yoxud ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa harakatlarni atayin sodir etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch yuz soʻmdan besh yuz soʻmgacha miqdorda jarima solinishiga yoxud ish haqining yigirma foizini ushlab qolgan holda ikki oy muddatgacha axloq tuzatish ishlariga jalb etishga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187-2-modda. Militsiya xodimlarining xizmat burchini ado etishiga qarshilik koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimlari oʻz xizmat vazifalari yoki xizmat burchlarini ado etayotganlarida ularning qonuniy farmoyishlarini yoki talablarini bajarmaslikka istalgan koʻrinishda oshkora daʼvat qilish, shuningdek, militsiya xodimlariga ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida boʻhton uydirmalarni tarqatish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch yuz soʻmdan ming soʻmgacha miqdorda jarima solinishiga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy hibsga olishga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187-3-modda. Militsiyaga nisbatan hurmatsizlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiyaga koʻrsatilgan vaqtda uzrli sababsiz kelmaslik, militsiya xodimini atayin yolgʻon xabar bilan chaqirish, uning xizmat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qonuniy topshirigʻini bajarmaslik yoki oʻz vaqtida bajarmaslik shaklida militsiyaga hurmatsizlik qilish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch yuz soʻmgacha miqdorda jarima solinishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187-4-modda. Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan militsiyaning yozma takliflarini bajarish chora-tadbirlarini koʻrmaslik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari huquqbuzarlik sodir etishga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan militsiyaning yozma takliflarini bajarish chora-tadbirlarini koʻrmasligi, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
besh yuz soʻmgacha miqdorda jarima solinishiga olib keladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 187-1, 187-2, 187-3, 187-4-moddalarda nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar xalq sudyasi tomonidan yolgʻiz oʻzi, material tushgan kundan boshlab uch kun davomida koʻrib chiqilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Kodeksning 232-moddasi “187” raqamidan soʻng “187-1, 187-2, 187-3, 187-4” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 273-moddaning uchinchi qismidagi “Mayda xuliganlik qilgan, jamoat tartibiga va fuqarolarning xavfsizligiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlagan va tarqatgan, shuningdek xuddi shu maqsadlarda mish-mishlar va uydirmalarni tarqatgan, yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar uyushtirish hamda oʻtkazish tartibini buzgan, mollar yoki boshqa buyumlarni qonunsiz sotgan yoxud mayda spekulyatsiya qilgan shaxslar” degan soʻzlar “170, 171, 177, 177-1, 187, 187-1, 187-2, 187-3, 187-4, 188-1- moddalarda nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻzbekiston SSRning 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 192-1,193-1,194-1-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“192-1-modda. Militsiya xodimiga qarshilik koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimi yoki boshqa shaxslar jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularga qarshilik koʻrsatish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki ikki ming soʻmgacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi.

Zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish xavfini solib qilingan xuddi shu harakatlar, shuningdek, bu shaxslarning xizmat vazifasini yoki ijtimoiy burchini bajarishdan bosh tortishga yoki ochiq-oydin gʻayriqonuniy xatti-harakatlar qilishga istalgan shaklda majbur qilish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yildan besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193-1-modda. Militsiya xodimini haqoratlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimini, tergovchini, surishtiruv ishlarini olib borayotgan shaxsni yoki jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza etish sohasidagi vazifalarini bajarayotgan boshqa shaxslarni ogʻzaki yoki yozma tarzda haqorat qilish, yoxud ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish, xuddi shu harakatlar uchun maʼmuriy javobgarlik qoʻllangach bir yil davomida takror sodir qilingan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki ming soʻmgacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194-1-modda. Militsiya xodimining hayotiga tajovuz qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimi, surishtiruv ishlarini olib borayotgan shaxs, tergovchi hayotiga, shuningdek, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha oʻz xizmat vazifasi yoki ijtimoiy burchini bajarayotgan boshqa shaxslar hayotiga tajovuz qilish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
besh yildan oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shu harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoxud qurol yoki boshqa predmetlarni qoʻllash orqali sodir etilsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yildan oʻn besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Kodeks quyidagi mazmunda boʻlgan 194-2, 194-3, 194-4, 194-5, 194-6-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194-2 - modda. Militsiya xodimiga tan jarohatlar yetkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimiga yoki boshqa shaxslarga ular oʻz xizmat vazifasini yoki ijtimoiy burchini ado etayotganda qasddan yengil tan jarohatlari yetkazish, uni doʻpposlash, shuningdek, jamoat tartibini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan shunday xatti-harakatlarni sodir etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki ikki ming soʻmgacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimiga u oʻz xizmat vazifasini yoki xizmat burchini ado etayotganda ogʻirroq va ogʻir tan jarohati yetkazish, shuningdek jamoat tartibini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan shunday harakatlarni sodir etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194-3-modda. Militsiya xodimini qoʻrqitish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimi oʻz xizmat vazifasini yoki ijtimoiy burchini bajarayotganda uni oʻldirish, tan jarohatlari yetkazish, mol-mulkini yoʻq qilish bilan qoʻrqitish yoki boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etish bilan qoʻrqitish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki ikki ming soʻmgacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194-4-modda. Militsiya xodimini ataylab oʻldirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimi oʻz xizmat vazifasi yoki ijtimoiy burchini bajarayotganda uni ataylab oʻldirish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yildan oʻn besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194-5-modda. Militsiya xodimining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimi, surishtiruv ishlarini amalga oshirayotgan yoki dastlabki tergov olib borayotgan shaxsning faoliyatiga ularning oʻz xizmat vazifalarini oʻz vaqtida, toʻliq bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida qonunga xilof ravishda aralashish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki xuddi shu muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb etish yoxud uch yuz soʻmdan ming soʻmgacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194-6-modda. Militsiya xodimining mol-mulkiga qasddan shikast yetkazish yoki uni yoʻq qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini saqlash vazifalarini oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirishga toʻsqinlik qilish maqsadida militsiya xodimining mol-mulkiga qasddan shikast yetkazish yoki uni yoʻq qilish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch yildan besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻt qoʻyish yoki boshqa koʻpchilik uchun xavfli usul bilan sodir etilgan yoki odamlarning nobud boʻlishiga yoxud oʻzga ogʻir oqibatlarga olib kelgan bunday harakatlar, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkiz yildan oʻn besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 7-1-moddaning ikkinchi qismidagi “militsiya xodimi yoki xalq drujinachisining hayotiga tajovuz qilish (194-1-modda)” soʻzlari “militsiya xodimining hayotiga tajovuz qilish (194-1-modda); militsiya xodimini ataylab oʻldirish (194-4-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-1-moddaning birinchi qismi birinchi va ikkinchi bandlaridagi “jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat yoki jamoat faoliyatini bajarayotganda militsiya xodimi yoki xalq drujinachisi hayotiga tajovuz qilish (194-1-modda)”, degan soʻzlar “militsiya xodimining hayotiga tajovuz qilish (194-1-modda)”, militsiya xodimini ataylab oʻldirish (194-4-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻzbekiston SSRning 1959-yil 28-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSRning Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining Vedomostlari, № 6, 3-modda) 108-moddasining uchinchi qismidagi “192—194-1” raqamlari “192—194-6” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1990-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 31-33-son, 355-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)