Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarori bilan tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi iqtisodiyotning suv isteʼmol qiladigan va suvdan foydalanadigan oʻzaro bogʻliq tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda suv resurslari keskin tanqis boʻlgan va vujudga kelgan noqulay ekologik vaziyat sharoitlarida, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha chet el ijobiy tajribasidan foydalangan holda yagona iqtisodiy, ilmiy-texnik suv xoʻjaligi va meliorativ siyosatni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan kollegial organ hisoblanadi, uning tarkibiga turli vazirliklar va idoralar rahbarlaridan, irrigatsiya, drenaj va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat boʻlgan aʼzolar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining joʻnatiladigan xat-xabarlari Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi ramzidan foydalangan holda maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining yuridik manzili: 700004, Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 4-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublika suv xoʻjaligini rivojlantirishga, suv resurslaridan samarali, ehtiyotlab foydalanishga, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yagona iqtisodiy va ilmiy-texnik suv xoʻjaligi siyosatini hayotga tatbiq etishga eng yuqori darajada koʻmaklashish, Oʻzbekistonning tarixiy tajribasini hamda boshqa mamlakatlarning ijobiy tajribasini chuqur oʻrganish va umumlashtirish asosida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va tabiiy muhitni ekologik sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqqan va amalga oshirgan holda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni taʼminlaydigan sugʻorishning ilgʻor texnikasi va texnologiyalarini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi va uning doimiy ishchi guruhlari ishida ularning tarkibiga yetakchi mutaxassislar va olimlarni kiritish yoʻli bilan qatnashish, xalqaro kongresslar va mintaqaviy konferensiyalarni, shuningdek Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining seminarlari, simpoziumlari va boshqa anjumanlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligini rivojlantirish sxemalarini tuzishni tashkil etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligining, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari va tizimlarini modernizatsiya qilishning muammoli masalalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya, drenaj sohasidagi oʻzaro bogʻliq tarmoqlarning umumiy manfaatlarini muvofiqlashtirish, suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi boshqa milliy qoʻmitalari va xalqaro tashkilotlar tajribasini hisobga olgan holda suvlarning atrof muhit ekologiyasiga va shu kabilarga salbiy taʼsirini kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlarning samarali loyihalari natijalari boʻyicha, suv resurslarini boshqarish, yerlarni irrigatsiyalash va melioratsiyalash sohasida respublikada bajarilayotgan qoʻshma loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bankini tashkil etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa mamlakatlarning milliy qoʻmitalari bilan ilmiy, texnik va boshqa axborotlarni almashish yoʻli bilan boshqa mamlakatlarning sugʻoriladigan dehqonchilik borasidagi ilgʻor tajribasini targʻib qilish, eng yangi ilmiy va amaliy axborotlarni ommalashtirish, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi bosma nashrlarida eʼlon qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining rejadagi majlislarini tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarini oqilona boshqarish, irrigatsiya va drenaj tizimlarini takomillashtirish, sugʻoriladigan yerlarni melioratsiyalashni yaxshilash, daryolar oʻzanlarini tartibga solish, suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, shuningdek suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish muammolari boʻyicha davriy majlislar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish va oʻtkazishda yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar potensialini va tashkiliy potensialni rivojlantirish maqsadida irrigatsiya, drenaj, suv resurslari, suv toshqinlarini tartibga solish sohasidagi mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari va vakillarining Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining irrigatsiya va drenaj boʻyicha ishchi organlarida samarali ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining bosma nashrlarini (ilmiy jurnal, oylik va choraklik axborot nashrlarini) ommalashtirish, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga aʼzo mamlakatlarning milliy qoʻmitalari oʻrtasida ilmiy-texnik axborotlarni oʻzaro almashishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda irrigatsiya va drenaj muammolari boʻyicha ilmiy maqolalar va axborot tusidagi materiallarni Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining va Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan nashrlarida eʼlon qilishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya, drenaj, suv resurslari, shuningdek suv resurslariga nisbatan tejamli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish boʻyicha jamoatchilik fikrini shakllantirish tadbirlarida qatnashish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi huzurida tashkil etilgan yosh mutaxassislar guruhlari ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tarkibiga jamoa va yakka tartibdagi aʼzolarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga aʼzolik badallarining oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining har yilgi hisobotlarini tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatiga uning raisi — lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi raisi rahbar organ — Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining Xalqaro Doimiy Kengashi aʼzosi hisoblanadi va Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining hisobot yilidagi faoliyati yakunlari boʻyicha Xalqaro Doimiy Kengashning har yilgi majlislarida qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoʻyilgan vazifalarning tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasida 7—9 kishidan iborat tarkibda Ishchi prezidium faoliyat koʻrsatadi. Ishchi prezidium aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolaridan, har ikki yilda ular tarkibiy sonining uchdan bir qismini almashtirish yoʻli bilan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlislarini joriy yilgi ish rejasiga muvofiq har chorakda bir marta tashkil qiladi va oʻtkazadi. Zaruriyatga koʻra, Ishchi prezidium qarori boʻyicha ish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ish rejasiga kiritiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Ishchi prezidiumi va tegishli tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar va shu kabilar) tomonidan tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisiga materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisi kun tartibiga kiritish uchun masalalarni tavsiya qilgan vazirliklar va idoralarning tegishli boshqarmalari, boʻlimlari tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Suv va yer resurslaridan foydalanish, yerlarni melioratsiyalashni yaxshilash va shu kabilar sohasidagi ayrim muhim va kompleks vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlarning unumdorligini oshirish muammolarini hal etish kengashining qoʻshma majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Majlislar oraligʻida zudlik bilan hal etishni talab qiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Ishchi prezidiumi tomonidan, tegishli qaror qabul qilgan holda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining tashkiliy-funksional vazifalari va majburiyatlarini bajarish rais oʻrinbosari (bosh kotib), ilmiy kotib, tarjimon va kotib-referentdan iborat tarkibdagi ishchi guruh tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlislari qarori majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashganda, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais va Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik boʻlganda rais paydo boʻlgan kelishmovchilik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda oʻz qarorini hayotga tatbiq qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz mulohazalarini yozma ravishda taqdim etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini moliyalashtirish va hisobot berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishchi guruhi faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi tomonidan Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga har yilgi aʼzolik badallarini toʻlash budjet mablagʻlari hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining umumiy smetasi doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishchi guruhi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishchi prezidium har yilgi ish rejasini ishlab chiqadi va yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi. Hisobot va ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisida koʻrib chiqilgandan keyin rais tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining hisobot yilidagi faoliyati toʻgʻrisida axborot joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyati belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari – Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi — Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi raisi
Muxamednazarov L.X.
—
Rais oʻrinbosari (Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi bosh kotibi)
Alixonov B.B.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi
lavozimi boʻyicha
—
Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi
Kamolov T.K.
—
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi
Abdurahmonov B.A.
—
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
Toʻychiyev I.T.
—
Moliya vazirligi Agrosanoat kompleksini moliyalashtirish boshqarmasi boshligʻi
Azimov U.A.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari
Primov Sh.O.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Yerlarni melioratsiyalash boshqarmasining boshligʻi
Toshev A.X.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Suv resurslari balansi va suvni tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasining boshligʻi
Myagkov S.V.
—
“Oʻzgidromet” markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari
Abdullayev U.V.
—
“UZGIP” masʼuliyati cheklangan jamiyat raisi
Mahmudov E.J.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari institutining direktori
Yusupov Sh.T.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi markazi direktori
Raximov Sh.X.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori
Srajitdinov R.Z.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasi boshligʻi
Jigarev S.D.
—
“GIDROPROEKT” ochiq aksiyadorlik jamiyatining direktori
Liskov Y.N.
—
“Energiya” birlashgan dispetcherlik markazi boshligʻi (kelishuv boʻyicha)
Boʻronov U.K.
—
Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining GEF agentligi rahbari vazifasini bajaruvchi (kelishuv boʻyicha)
Antonov V.I.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Suvloyiha” ishlab chiqarish birlashmasi texnik direktori
Umarov U.U.
—
Oʻzbekiston Milliy universitetining professori
Fatxulloyev A.M.
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti gidromelioratsiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi
Xudoyberganov Y.X.
—
“Amudaryo” havza suv xoʻjaligi birlashmasining boshligʻi (kelishuv boʻyicha)
Rahmatov N.R.
—
“Sirdaryo” havza suv xoʻjaligi birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda qoʻmita tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaning 23-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 281-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 va 3a-ilovalarning “Vazirning birinchi oʻrinbosari — Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi” blokidagi, shuningdek 5-ilova 18-bandining birinchi xatboshidagi “birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻrinbosar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 65-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovadagi “Irrigatsiya va drenaj boʻyicha respublika qoʻmitasi” soʻzlari “Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “oʻrinbosari” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Irrigatsiya va drenaj boʻyicha respublika qoʻmitasi” soʻzlari “Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qaroriga asosan oʻz kuchinin yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)