Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018 28.11.2006 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.11.2006 yildagi 245-son
Date of entry into force
28.11.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018
Hujjat 28.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

XORIJIY AVTOMOBILDA YuK TAShUVChILAR AVTOTRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA HARAKATLANISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishini tartibga solish va nazorat qilishni kuchaytirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish uchun ulardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlaridagi oʻzgartirishlar qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali xorijiy davlatlarning manfaatdor elchixonalari, konsulliklari va vakolatxonalarini xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish yuzasidan ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar tomonidan respublika hududida belgilangan harakatlanish yoʻnalishlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
245-son

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-noyabrdagi 245-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilarning avtotransport vositalarida tovarlar olib chiqishni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan hamda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga 1-ilovaga muvofiq ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit orqali oʻtib ketayotgan avtotransport vositalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk tashuvchilariga nisbatan ushbu Nizomga oʻxshash ruxsat berish tartibotini qoʻllamayotgan davlatlar xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilarning avtotransport vositalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — transport-ekspeditorlik tashkilotlari yoki transport tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda “ariza beruvchi” deb ataladi) xorijiy davlatning transport-ekspeditorlik tashkiloti bilan unga tegishli avtotransport vositalaridan foydalanish yuzasidan shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi yuk joʻnatuvchi — eksport qiluvchi bilan eksport qilinadigan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanilishi toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi eksport qilinadigan mahsulotni olib chiqish uchun xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirgan holda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanishni moʻljallayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga yozma ravishda murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanilishi toʻgʻrisida shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasini ariza beruvchining eksport qilinadigan mahsulotni olib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirgan holda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanishni moʻljallayotganligi hamda ariza beruvchi muayyan xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish toʻgʻrisida murojaat qilgan taqdirda bir martalik ruxsatnoma berish haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda bojxona organiga murojaat qiladi, ushbu organ tovar-yoʻl hujjatlariga muvofiq uning Oʻzbekiston Respublikasidagi borish joyigacha boʻlgan harakatlanish yoʻnalishini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi borish joyiga yetib kelgandan keyin ariza beruvchini aloqa vositalari orqali import qilingan yuk tushirilganligi hamda eksport qilinadigan yuk mavjud boʻlsa eksport qilinadigan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga tayyorligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ruxsatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish uchun ariza beruvchi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga yozma ravishda murojaat qiladi. Yozma murojaatnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining amalda joylashgan joyi (pochta manzili) va bank rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi haydovchisining familiyasi, ismi va pasportiga oid maʼlumotlar, kirish vizasining amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasining rusumi va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining rejalashtirilayotgan harakatlanish yoʻnalishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yukni joʻnatuvchining nomi va manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib chiqiladigan tovarning nomi va miqdori (hajmi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni olib chiqish moʻljallanayotgan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma olish vakolati berilgan shaxs (ariza beruvchining vakili yoki haydovchi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchining murojaatnomasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan, murojaatnoma berilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Faqat quyidagi hollarda ariza beruvchiga harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yozma murojaatnomada mazkur Nizomning 2 va 7-bandlariga muvofiq maʼlumotlar koʻrsatilmagan va hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) murojaatnomada koʻrsatilgan xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalari tomonidan bojxonaga oid qonun hujjatlari va harakatlanish yoʻnalishlari bir necha marta buzilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xorijiy avtotransport vositasi haydovchisi kirish vizasining amal qilish muddati tovarni olib chiqish rejalashtirilayotgan muddatga muvofiq boʻlmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi ariza beruvchining vakolatli shaxsiga belgilangan shakl boʻyicha ruxsatnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda bildirishnomada ham rad etishning sabablari koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish ushbu Nizomning 9-bandi “a” va “v” kichik bandlariga muvofiq rad etilgan taqdirda ariza beruvchi 15 kun mobaynida, rad etish sabablarini bartaraf etgan holda, Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma olish uchun yozma ravishda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish rad etilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingandan keyin belgilangan muddat oʻtgandan soʻng berilgan yozma murojaatnoma yangidan berilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ariza beruvchi yoxud uning vakolatli shaxsi harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga olingan ruxsatnomani xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi tomonidan olib kelingan tovarlarning tushirilishini nazorat qilgan bojxona maskaniga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tovarlarning tushirilishini nazorat qilgan bojxona maskanining vakolatli xodimi ruxsatnoma asosida xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining harakatlanish yoʻnalishi varaqasiga tegishli oʻzgartirish kiritadi, unda ruxsatnomaning tartib raqamini va berilgan sanasini koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzgartirish boriladigan joy harakatlanish yoʻnalishi varaqasining oʻng tomondagi pastki burchagida olib chiqiladigan tovarning yuklangan joyi va sanasini hamda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi tovarni olib chiqadigan, bojxona maskani vakolatli xodimining imzosi va tartib raqamli shaxsiy muhri bilan tasdiqlangan yangi harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma oʻzgartirilgan harakatlanish yoʻnalishi varaqasi bilan birga xorijiy avtomobilda yuk tashuvchiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Harakatlanish yoʻnalishi oʻzgartirilgandan keyin ruxsatnomaning toʻldirilgan yirtma koreshogi bojxona maskani tomonidan ruxsatnomani bergan Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga hisobga olish va nazorat qilish uchun joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketayotganda harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi tomonidan chiqib ketish joyidagi bojxona maskaniga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma hisobga olish va nazorat qilish uchun tegishli bojxona maskanining hujjatlar yigʻmajildida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ariza beruvchi har oyda Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi oʻzgartirilgan holda eksport qilinadigan tovarlarni olib ketishni amalga oshirgan xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi Davlat bojxona qoʻmitasiga harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirgan holda eksport qilinadigan tovarlarni olib ketishni amalga oshirgan xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish masalasi boʻyicha transport-ekspeditorlik va transport tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining oʻzaro hamkorligi sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

3-ILOVA

___________________________________ harakatlanish yoʻnalishi varaqasi
(avtotransport kompaniyasining nomi)

‎ oʻzgartirilgan holda eksport qilinadigan tovarlarni olib chiqish uchun foydalanilgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida
‎ MAʼLUMOTLAR

T/r‎ Avtotransport
‎ vositasining
‎‎davlat raqami‎
Avtomashina
‎roʻyxatdan
‎oʻtkazilgan
‎mamlakat‎
Chiqib
‎ ketishda
‎chegara kesib
‎oʻtiladigan
‎ punkt‎
Yuklash
‎punkti,
‎eksport
‎ qilinadigan
‎tovarni
‎joʻnatuvchi‎
Yukni‎
‎oluvchi‎
YuTD
‎‎ raqami
Tovarning
‎nomi‎
Brutto
‎ vazni (kg)‎
Qiymati
‎‎(AQSh dollari)‎
Yuk
‎olib
‎ ketilgan
‎sana‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11��
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48–50-son, 482-modda; 2007-y., 40-son, 416-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)