Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 25.11.2006 yildagi 244-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 25.11.2006 yildagi 244-son
Date of entry into force
25.11.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Hujjat 25.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAZIRLAR MAHKAMASINING “MAHSULOTLAR, XOM AShYo VA MATERIALLARNING YUQORI LIKVIDLI TURLARINI SOTIShNING BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETIShNI DAVOM ETTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 5 FEVRALDAGI 57-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birja savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnika resurslari olishlari uchun teng shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda polietilen, suyultirilgan gaz, sement va shiferni birja savdolariga qoʻyish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, polietilen, suyultirilgan gaz, sement va shiferni birja savdolariga qoʻyish va sotish tartibi tasdiqlangunga qadar mahsulotlarning ushbu turlari umumiy belgilangan tartibda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 25-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
244-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshiga “belgilangan tartibda tasdiqlanadigan” soʻzlaridan keyin “korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq” soʻzlari qoʻshilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“monopolist korxonalarning 1 va 2-ilovaga kiritilgan mahsulotlari ichki bozorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotilishi mumkin. Bunda mahsulotlar (davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxiralarini toʻldirish va yangilash, davlat buyurtmasi boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning ichki tarmoq ehtiyojlari uchun, limitlar boʻyicha isteʼmolchilarning alohida toifalariga sotiladigan mahsulotlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin bundan mustasno) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha oxirgi sanada eʼlon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha sotiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga moʻljallangan mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari oʻrtacha narxlari boʻyicha sotilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi va oltinchi xatboshi tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda birja bitishuvlari sotuvchi va xaridor tomonidan tegishli ravishda birja savdosiga qoʻyilgan tovar umumiy qiymatining va moʻljallanayotgan bitishuv hajmining 2 foizigacha miqdorda garov taʼminoti toʻlangan holda, hisob-kitoblarni hisob-kitob-kliring palatasi orqali oʻtkazib amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maxsus belgilanadigan tartib boʻyicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari roʻyxatiga (2-ilova) quyidagi bandlar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Polietilen
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Suyultirilgan gaz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sement
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Shifer”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (3-ilova) 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Monopolist korxonalarning mahsulotlari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotiladi. Bunda mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha oxirgi sanada eʼlon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha sotiladi, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq sotiladigan mahsulotlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga moʻljallangan mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari oʻrtacha narxlari boʻyicha sotilishi mumkin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48–50-son, 481-modda)