Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.01.2024 12.03.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 313
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yoʻriqnomasi, 12.03.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 313
Date of entry into force
12.03.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.01.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vaziri
A.Komilov
1997-yil 14-fevral
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KONSULLIK LEGALLAShTIRISh TOʻGʻRISIDAGI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻriqnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 12-martda 313-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2023-yil 12-dekabrdagi 37-sonli “Konsullik legallashtirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 313-3, 03.01.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Konsullik legallashtirish hujjatlar va aktlardagi imzolarning haqiqiyligini va ularni qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik legallashtirish hujjatlar va aktlarning xalqaro muomalada vakolatli ekanligini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsullik legallashtirish funksiyasini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xorijiy davlatlarda — Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti bajaradi.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 29.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavining XI bobiga muvofiq hujjatlar va aktlarni legallashtirish funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi konsullariga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsulning topshirigʻiga binoan Konsullik legallashtirish boshqa mansabdor shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsul konsullik okrugidagi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan yoki ular tomonidan berilgan hujjatlar va aktlarni legallashtirish uchun qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi va hujjat hamda aktlarni chiqargan tashkilot va muassasalar davlati aʼzosi boʻlgan xalqaro shartnomada boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi tashkilot va muassasalari xorijiy davlat tashkilot va muassasalari tomonidan chiqayotgan hujjatlar va aktlarni ular konsullik legallashtirilganidan keyingina koʻrib chiqish uchun qabul qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xorijda har qanday harakatni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi tashkilot va muassasalari tomonidan bunday harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnomalarni hamda ushbu tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni legallashtirish Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 29.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlgan yoki oʻz mazmuniga koʻra davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki chet elda foydalanishga moʻljallangan hujjatlarni rasmiylashtirishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalarga rioya etmagan holda notoʻgʻri toʻldirilgan yoki fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ifodalangan hujjatlar va aktlar legallashtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, quyidagi hujjatlarning asli va nusxalari legallashtirilmaydi: pasport, partiyaga mansublik haqidagi hujjatlar, kasaba uyushmasi biletlari, mehnat daftarchalari, harbiy biletlar, milliy namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning asli, haydovchilik guvohnomalari, toifa yoki diniy eʼtiqodga mansublik haqidagi hamda fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk hujjatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va aktlarni legallashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hujjatlar va aktlarni legallashtirish uchun konsulda konsullik okrugidagi joylashgan davlat tashkilot va muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar va aktlarni tasdiqlash vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarning imzo va muhrlari namunalari mavjud boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Legallashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlar va aktlar muassasa joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq ekanligiga shubha paydo boʻlgan taqdirda, konsul konsullik okrugidagi hokimiyat organlariga rasmiy tushuntirish berishni soʻrab murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsulga Oʻzbekiston Respublikasidan hujjatlar talab qilish tartibi doirasida Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan legallashtirilmagan hujjatlar va aktlar kelib tushgan taqdirda, muassasa joylashgan davlat qonunlariga muvofiq bunday hujjatlar va aktlar legallashtirilishi talab etilsa, konsul ularni legallashtiradi va manfaatdor shaxslar, tashkilot hamda muassasalarga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan legallashtirilmagan hujjatlar va aktlar legallashtirish uchun alohida shaxslar, tashkilotlar va muassasalardan kelib tushgan taqdirda konsul ularning haqiqiyligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborishi lozim. Ijobiy javob olingan taqdirda konsul bunday hujjatlar va aktlarni umumiy tartibda legallashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Zarur hollarda konsul uchinchi davlat hududida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar va aktlarni legallashtirishi mumkin. Bunday hujjat yoki akt uchinchi davlat hududida haqiqiy hisoblanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsulxonasi joylashgan davlatdagi uchinchi davlat konsulxonasi tomonidan ham legallashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, tashkilotlari va muassasalari uchun, ular joylashgan davlatda talab qilinayotgan hujjatlar va aktlarni konsul mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibga muvofiq legallashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 22-moddasiga muvofiq, konsullik mansabdor shaxslarining hamda konsullik muassasalari xodimlarining hujjatlar va aktlarni legallashtirish masalalari boʻyicha xatti-harakatlari ustidan qilingan shikoyatlar boʻysunish tartibida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Hujjatlar va aktlarni Oʻzbekiston Respublikasida legallashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijiy davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan chiqayotgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida akkreditatsiya qilingan xorijiy diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalari tomonidan legallashtirilgan hujjatlar va aktlarni, ushbu diplomatik vakolatxonalar masʼul xodimlarining imzolari va muhrlarining namunalari mavjud boʻlgan taqdirda legallashtiradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 29.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xorijiy davlat tashkiloti yoki muassasasi tomonidan berilgan hujjat yoki aktni mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda legallashtirishning imkoni boʻlmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik-huquqiy departamenti hujjat yoki aktda Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy muassasalari mazkur hujjatni koʻrib chiqish uchun qabul qilishlariga hech qanday qarshilik yoʻqligi haqida maxsus belgi qoʻyishi mumkin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 29.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatda ishning toʻliq holatidan kelib chiqqan holda ushbu hujjatlarning yuridik kuchini tan olish toʻliq ravishda hujjatlarni qabul qilib olayotgan organlarning zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalarda hujjatlar va aktlarni legallashtirish vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxslarning imzo va muhr namunalari mavjud boʻlishi kerak.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 29.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlat konsullik muassasasi uchun belgilangan konsullik okrugi hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarida muassasa joylashgan hududda akkreditatsiya qilingan boshqa davlatlar konsullik muassasalari hamda qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligining hujjatlar va aktlarni legallashtirish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarining imzo va muhr namunalari mavjud boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi tashkilot va muassasalari tomonidan xorijiy davlatlarga taqdim etish uchun moʻljallangan hujjatlarni ham legallashtiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 29.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida legallashtirilishi lozim boʻlgan hujjatlarni tasdiqlash vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimlarining imzo va muhr namunalari mavjud boʻlishi kerak.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 29.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik-huquqiy departamenti notarius imzosini tasdiqlagan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimining imzosini tasdiqlaydi. Imzolarni tasdiqlash mazkur tartibi FHDYning respublika hududida amal qilishga belgilangan hujjatlari nusxalarini, hamda boshqa hujjatlar nusxalarini xorijiy davlatga taqdim etish uchun tasdiqlash maqsadida joriy qilingan.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 29.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Legallashtiriladigan hujjatlar va aktlarga qoʻyiladigan talablar. Legallashtirish yozuvini kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Legallashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlar aniq va ravshan yozilgan, hujjat yoki aktda qayd etilgan summa va sana, raqam va muddat yozuv bilan ifodalangan boʻlishi zarur. Mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhrlari yozuvi aniq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatdagi va aktdagi boʻsh joylar chizib chiqilishi kerak. Tuzatish va qoʻshimchalarni hujjatni tasdiqlagan shaxsning imzosi oldidan koʻrsatish va legallashtirish yozuvida takrorlash zarur. Ushbu qoʻshimcha va tuzatishlar shunday kiritilishi kerakki, barcha xato yozilgan, keyin tuzatilgan va oʻchirilganlarni dastlabki koʻrinishida oʻqish mumkin boʻlishi lozim. Agar tuzatish va qoʻshimchalar legallashtirish yozuviga qilingan boʻlsa, ular faqatgina legallashtirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxs tomonidan izohlanadi hamda imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Legallashtirish yozuvlari uchun joy boʻlmagan taqdirda yozuv alohida qogʻozda qilinadi va hujjat yoki aktga tikib qoʻyiladi hamda legallashtirishni amalga oshirayotgan shaxsning imzosi va muhri bilan unga biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mansabdor shaxs hujjat yoki akt mazkur Yoʻriqnoma talablariga muvofiq legallashtirilishi mumkinligiga ishonch hosil qilganidan soʻng unga belgilangan shaklda yozuv kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Konsullik muassasalari tasdiqlangan shaklga muvofiq hujjatlar va aktlarni legallashtirish reyestrlarini hamda legallashtirilgan hujjatlarni hisobga olish jurnalini yuritadilar. Fuqarolar va tashkilotlarning arizalari konsullik muassasasida saqlanadi va xronologik ketma-ketlikda tikib boriladi. Legallashtirilishi lozim boʻlgan har bir hujjatga legallashtirish tartib raqami berilib, sanasi koʻrsatiladi, ushbu raqam va sana ariza raqami va sanasi bilan mos boʻlishi lozim. Konsullik muassasasi tasdiqlangan EHM dasturiga muvofiq legallashtirilgan hujjatlarning elektron hisobini ham yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hujjat va aktlarni legallashtirish boʻyicha harakatni amalga oshirganlik uchun manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslardan Konsullik yigʻimlari tarifida belgilangan konsullik yigʻimi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi
‎konsullik muassasasiga
‎‎

A R I Z A‎

‎‎F.I.O.___________________________________________________________________________________________ Arizachining fuqaroligi ___________________________________________________________________________
‎Turar joyi, manzili_______________________________________________________________________________‎ ________________________________________________________________________________________________
‎Ish joyi________________________________________________________________________________________
‎Lavozimi________________________________________________________________________________________

Legallashtirilishi lozim boʻlgan hujjat nomi.
‎Hujjat seriyasi, raqami.
‎Kim tomonidan, qachon berilgan. ‎

Hujjat kimga berilgan

TIV roʻyxatga olish raqami

‎‎Hujjatning xususiyati — fuqarolik holati haqida, taʼlim haqida, tijorat xususiyatiga ega, moliyaviy va boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun, mol-mulkni boshqarish uchun (keraklisi chizilsin).

Hujjat nusxalarining soni_________________________________________________________________________
‎Hujjatni qabul qildi _______________________ (qabul qiluvchining imzosi)_______________________________
‎Toʻlangan konsullik yigʻimi summasi__________________________________________________________________ Gʻaznachi__________________________________(gʻaznachi imzosi)__________________________________________
‎Konsullik yigʻimi toʻlanganligi haqida kvitansiya raqami_________________________________________________
‎Konsullik yigʻimi toʻlangan sana_____________________________________________________________________
‎Imzosi tasdiqlanayotgan shaxsning F.I.O._______________________________________________________________
‎Hujjatni legallashtirgan shaxsning F.I.O._____________________________________________________________